O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə193/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Nyeksiya uchun dori turlari (formae medicamentorum pro
Injectionibus)
Inyeksion dori turlariga: suvli va moyli eritmalar, suspen-ziyalar va emulsiyalar, shuningdek, Sterillangan kukunlar va tabletkalar, ya'ni ular Sterillangan erituvchilarda qo‘lla-nilishdan avval eritiladi. Ushbu suyuqliklar organizmga igna orqali butun teri va shilliq qatlamlar bilan kiritiladi. Suyuq­liklar kiritilishiga ko‘ra ikldga bo‘linadi: inyeksiya (injectio) va quyish (infusio). Inyeksiya usuli bilan suyuqliklar shpris orqali kiritiladi, quyish usuli bilan suyuqliklar Bobrov apparati va boshqa moslamalar yordamida quyiladi. Dori­xonada umumiy bitta termin — inyeksiya ishlatiladi. shikastlangan a-'zoning o‘ziga yuboriladi. Parenteral dorilar dozasi peros moddalarga qaraganda ancha kam bo‘ladi, chun-ki ular jigarda hech qanday ta'sirga uchramay, parchalan-may, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga shimiladi.
Teri ostiga dori yuborish (Injectiones subcutaneae). Bunda yuboriladigan eritma miqdori, odatda, 1—2 ml.dan oshmaydi.
Teri ichiga dori yuborish (Injectiones subcutaneae}. Bunda eritma terining ichiga, ya'ni ichki va tashqi qavatning ora-lig‘iga yuboriladi hamda miqdori 0,2—0,5 ml bo‘ladi.
Muskul orasiga dori yuborish (Injectiones tramuskulares). Kuchli ta'sir ko‘rsatishi tufayli teri ostiga yuborib bo‘l-maydigan preparatlar (masalan, penitsillin va boshqalar) yoki suspenziya holidagi dori moddalar muskul orasiga yu­boriladi. Ular miqdori, odatda, 1—2 ml bo‘lib, ko‘pincha bo‘ksaga inyeksiya qilinadi. Bunda ishlatiladigan shpris ignalari uzun, suspenziyalar uchun esa yo‘g‘on bo‘lishi kerak, Mus­kul orasiga yuborilgan dorilar tez shimiladi.
Venaga dori yuborish (Injectiones intravenosae). Venaga yuborilgan dorilar bevosita qonga tushib, ta'sirini juda tez ko‘rsatadi. Eritmalar ko‘pincha bilak venasiga yuboriladi. Bunda qon bilan aralashganda cho‘kma bermaydigan, qon-ni ivitmaydigan yoki gemoliz (qon tanachalari —eritrotsit-larning parchalanishi) vujudga keltirmaydigan dori mod­dalar eritmasi qo‘llaniladi. Bu usul bilan organizmga 1 ml.dan 500 ml.gacha, ba'zan undan ham ko‘proq eritma yuborish mumkin.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin