I nyeksion eritmalarning barqarorliginl aniqlash
Inyeksion eritmalarning barqarorligi, avvalo, bosh-lang‘ich dori moddalar va erituvchilarning sifatiga bog‘liq. Bu moddalar va erituvchilar to‘liq XI DF va DOST talab-lariga javob berishi kerak. Ayrim hollarda dori moddalar uchun alohida tozalik talab qilinadi, bunga geksametilentet-raminning inyeksiya uchun kukuni kiradi. Yuqori tozalik darajasiga ega bo‘lgan kukunlarga: glukoza, kalsiy glukonat, kofein-benzoat natriy, natriy benzoat, natriy gidrokarbo-nat, natriy sitrat, eufillin, magniy sulfat va ayrim dori moddalar, ularning tozaligi qancha yuqori bo‘lsa, ularning inyeksiyalar uchun eritmalari shuncha barqaror bo‘ladi.
Parenteral eritmalar tayyorlashda XI DF yoki retsept bo‘yicha stabilizator qo‘shish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ular dorilar eritilgandan keyin oxirgi qism suv qo‘shilishdan oldin solinadi. Shisha idishlar silikatlardan iborat bo‘lib, suvda eriydiganlari qisman gidrolizga uchrab, ishqor hosil qiladi. Bu jarayon sterilizatsiya davrida issiqlik ta'sirida yana ham kuchayadi. Ba'zi moddalar, masalan, alkaloid tuzlari, adrenalin va boshqalar ishqoriy sharoitda cho‘kmaga tez cho‘kadi. Shuning uchun idishlar neytral shishadan yasal-gan bo‘lishi kerak. O’z miqdorda ajralgan ishqorlik xususi-yatini neytrallash uchun eritmaga stabilizator qo‘shiladi. Masalan, atropin sulfatning 0,1 % li eritmasidan 1 1 tay-yorlash uchun 10 ml, 1% li morfin gidroxloridning 1 / uchun 10 ml, xuddi shunday lobelin eritmasi uchun 15 ml 0,1 н НС1 qo‘shish talab etiladi va hokazo. Yuqoridagilardan tashqari, ayrim moddalar ishqorli sharoitda barqarorligini yaxshi saqlaydi. Masalan, kofein natriy benzoatning 10 % li 1 litr eritmasi uchun 0,1 н NaOH dan 4 ml, 30 % li natriy tiosulfatning 1 litr uchun natriy gidrokarbonatdan 20 g solinadi va hokazo. Ayrim dori preparatlar (askorbin kislo-ta, novokainamid, aminozin va boshq.) tayyorlash jara-yonida, sterillash vaqtida, saqlash davrida tashqi muhit ta'sirida, hatto idish ichidagi havo ta'sirida buzilishi mum-kin. Ularni oksidlanishdan saqlash maqsadida antioksidant (masalan, natriy sulfat, rongalit, natriy tiosulfat, tiosor-bit, tiomochevina, gidroxinon, natriy metabisulfat) qo‘shish tavsiya etiladi. Eritmalar zaharli moddalardan tay-yorlanadigan bo‘lsa, ularni provizor-nazoratchi farmatsevt ishtirokida tortib beradi.
Dostları ilə paylaş: |