O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Inversion dori turlariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə190/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Inversion dori turlariga qo‘yiladigan talablar
Inyeksion eritmalarni tayyorlash jarayonida ularga qu-yidagi talablar qo‘yiladi: mexanik qoldiqlarning bo‘lmasligi, eritmalarning barqarorligi, sterilligi va apirogenligi, max­sus talablar.
Mexanik qoldiqlarning yo‘qligi
Tayyorlangan eritmalar juda toza bo‘lishi, oddiy ko‘z bilan qaraganda hech qanday zarracha va tanachalar ko‘rinmasligi ke­rak. Agar eritmalar suspenziya holida bo‘lsa, moyli eritmalar kabi faqat muskul orasiga yubo­riladi. Eritmalarni filtrlash uchun nihoyatda yaxshi navli filtr qo-g‘ozidan foydalaniladi va ishla-tishda ularning tagiga, voronka ostiga ozroq toza paxta qo‘yiladi. Filtr qog‘ozi va paxta ishlatish dan ojdin inyeksiya suvi bilan ho‘llanishi zarur. Filtrlash vaq-tida dastlabld bir necha ml filtrat bilan chayiladi. Filtratni ilgari-gi idishga qaytarib solib, filtrlash davom ettiriladi. Bunda filtr va paxtadan tushishi mumkin bo‘l­gan tolalar o‘tmaydi. Zarur bo‘l­sa, eritma toza bo‘lgunga qadar filtrlashni bir necha marta tak-rorlash lozim. Qayta filtrlashda, dastlab ishlatilgan voronka, filtr va paxtadan oxirigacha (shu erit­ma uchun) foydalanish tavsiya qilinadi.
Fenol xususiyati bo‘lgan pre-paratlar eritmalarini qoldiqsiz filtr orqali o‘tkazish kerak. Tay-yor eritmalarni filtrlashda va-kuum sharoitda shisha va boshqa filtrlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Agar erituvchi sifatida moylar qo‘llaniladigan bo‘lsa, moddalarning erishini tezlashtirish va filtrlashni osonlashtirish maqsadida ishlatil­gan moylardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Filtrlan-gan eritmalarni flakonga quyib sterilizatsiya qilingandan so‘ng, vizual tarzda UK-2 moslama yordamida mexanik iflos-lanishlari tekshiriladi (21.2-rasm.) UK-2 yorug‘lik korpu-si (1), yorituvchi manba (2), ekran (3) va tiragichdan (4) iborat. Ekran vertikal o‘qi bo‘ylab burilishi kerakh holatda turishi mumkin. Ekranning bir to‘loni qora, boshqa to‘lo-ni esa oq rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Yorituvchi manba bo‘lib, ikkita 40—60 Vt quvvatiga ega bo‘lgan elektr chiroq ishla-tiladi. Eritmalar oddiy ko‘z bilan tekshiriladi. Flakonni 25 sm masofada oddiy ko‘z bilan kuzatiladi. Tekshiruvchining ko‘rish o‘tkirligi 1 ga teng.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin