O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə187/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Sterilligi va apirogenligi
Inyeksion eritmalarning sterilligini belgilagan aseptika qoidalari, sterilizatsiya usullari, bajarish tartibi, sterilizat-siya vaqti va pH muhitlar ta'minlaydi. Sterilizatsiya usullari va sharoitlari ayrim dori moddalar uchun maxsus jadvalda keltirilgan bo‘lib, unda yana 100 dan ortiq inyeksion eritma­larning nomlari keltirilgan. Eritmalar sterilizatsiyasi tayyor-
langandan so‘ng 1 1 ~ soat ichida o‘tkazish zarur. 1 litrdan
ko‘p bo‘lgan hajmdagi eritmalarni sterilizatsiya qilish uchun ruxsat berilmaydi. Shuning uchun qayta sterilizatsiyaga ham ruxsat berilmaydi. Inyeksion eritmalarning apirogenligini ta'minlash uchun apirogen suv (Aqua pro injectionibus)ning olinishi va saqlanishi qat'iy qoidalarga javob berishi lozim.
Inyeksion eritmalarga qo‘yiladigan maxsus talablar
Ayrim inyeksion eritmalar alohida maxsus talablarga javob berib, ularga: izotonikligi, izoionligi, izogidrikligi, qovush-qoqligi va boshqa fizik-kimyoviy va biologik xossalari kiradi. Izotonik (yunoncha isos — bir xil, tonus — bosim) eritma­lar deb, osmotik bosimi qon zardobi osmotik bosimiga teng bo‘lgan eritmalarga aytiladi. Qon tarkibidagi turli moddalar atmosfera bosimi 7,4 ga teng. Shuning uchun qonga ko‘p miqdorda eritma yuboriladigan va u qonning osmotik bosimi-dan past konsentratsiyada bo‘lsa, qonning osmotik bosimi pasayishi va oqibatda ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi mum-kin. Shu boisdan vena to‘liriga va arteriya qon to‘lirlariga, orqa miya ham da bosh miya sisternasiga yuboriladigan erit­malar izotonik bo‘lishi shart.
Amalda, bemorning holatiga qarab, gipertonik va gipo-tonik eritmalar ham ishlatiladi. Gipertonik eritmalar os­motik bosimi izotonik eritmalarnikidan ortiq bo‘lsa, gipo-tonik eritmalarniki esa kam bo‘ladi. Ko‘z to‘lchilarning izotonik bo‘lmagan eritmalari ko‘zga to‘lizilganda ko‘pin cha og‘riq paydo qiladi va achishtiradi. Shuning uchun ham keyingi vaqtlarda ko‘z to‘lchilarini izotonik holda berish maqsadga muvofiq deb topilmoqda. XI DFga ko‘ra, ko‘z to‘lchilarining osmotik bosimi 0,9 % li natriy xlorid erit-masining osmotik bosimiga teng bo‘lishi kerak.
Dori moddalar eritmalarining izotonik konsentratsiya-sini turli usullar bilan hisoblash mumkin.' Bulardan eng oddiysi natriy xlorid ekvivalenti bo‘yicha hisoblash. Buning uchun 1 g kerakli modda bir xil sharoitda necha g natriy xlorid bilan bir xil osmotik bosim hosil qila olishini bilish kerak. Masalan, 1 g suvsiz glukoza 0,178, 1 g natriy bro-mid 0,62, 1 g geksametilentetramin 0,22, 1 g dikainga 0,18 natriy xloridga teng va hokazo. Masalan, dorixonaga 21.1- retsept kelib tushadi. Jadval bo‘yicha 1 g dikain 0,18 natriy xloridga teng. Natriy xlorid 0,9 % edi. 0,3 g dikain ekvivalenti 0,3 • 0,18 = 0,05 g natriy xlorid. Demak, natriy xloridni 0,9 - 0,05 = 0,85 g qo‘shish kerak.
21.1. Rp.: Solutionis Dicaini 0,3:100 ml
Natrii chloridi q.s.
Ut flat solutio isotonica D.S. 1 ml.dan 3 mahal kuniga, teri ostiga.
Fiziologik eritmalar deb, erigan moddalar tarkibi va xususiyati bo‘yicha to‘qimalarning yashashi uchun zarur sharoitlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan eritmalarga aytiladi. Fiziologik eritmalar izotonik bo‘libgina qolmay, izoionlik va izogidrik bo‘lishi ham zarur. Izoionlik eritmalar deb, tarkibida qon plazmasidagi ionlar taxminan baravar miqdorda bo‘ladigan eritmalarga aytiladi. Masalan, natriy, kaliy, kalsiy, magniy xloridlar. Eritmalar vodorod ionla-rining konsentratsiyasi qon plazmasidagi vodorod ionla-rining konsentratsiyasiga (pH = 7,34 — 7,36) teng bo‘lgan eritmalar izogidrik eritmalar deb ataladi. Qon plazmasining bu xususiyati qondagi vodorod ionlarining konsentratsiya­si doim bir me'yorda bo‘lishini ta'minlaydi. Buferlik hosil qilish bilan eritmalarga bunday xususiyat beriladi.
Buferlik deb, eritmaning o‘z tarkibidagi vodorod ion-lari konsentratsiyasini o‘zgartirma1^ turish xususiyatiga aytiladi. Masalan, Union kislota eritmasi bilan uning natriy tuzi aralashmasi, ammoniy gidroksid bilan ammoniy xlorid va boshqalar. Eritmalarga buferlik qilish maqsadida qo‘-shiladigan moddalar har to‘lonlama indifferent bo‘lishi kerak. Eritmalarning pH miqdori ularning barqaror bo‘-lishida muhim rol o‘ynaydi. Fiziologik eritmalar yelimshak-ligi jihatidan qon plazmasi eritmalariga yaqin bo‘lishi hamda hujayralarning oziqlanishini oksidlanish-qaytarili-shi jarayonini to‘la saqlash maqsadida ma'lum moddalar qo‘shish kerak. Bunday moddalarga o‘rik yelimi eritmasi (guazol), arab yelimi, kolloid eritma hosil qiladigan ayrim moddalar, shuningdek, glukoza kiradi. Tarkibi va xususi­yatiga ko‘ra qon plazmasiga yaqin bo‘lgan bunday eritma­lar va qon o‘rinbosarlari hujayraning oziqlanishini ta'-minlash uchun va kerakli oksidlanish — qaytarilish poten-sialini hosil qilish uchun glukoza saqlaydi. Uning qondagi normal miqdori 3,88 — 6,105 m mol/1.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin