O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə183/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Yordamchi moddalar
Hab dorilar massasini tayyorlash uchun ularga yopishqoq (plastik) va taranglik (elastik) xossasiga ega boigan bir qancha qo‘shimcha moddalar
qo‘shilishi zarur. Ular bir-biri va ta'sir etuvchi moddalar bilan rcaksiyaga kirishmasligi, hamda organizm uchun indifferent bo‘!ishi kerak.
X DFning tartibiga binoan hab dorilarda yordamchi moddalar sifatida: suv, spirt, glitscrin, qand sharbati, ckstraktlar, kraxmal, qand, o‘simlik kukunlari, yelimlar, oq gil, bentonit va boshqalar ishlatiladi.
Hab dori tayyorlash uchun ishlatiladigan yordamchi moddalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: suyuq va qattiq. Suyuq yordamchi modda- lar bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Qattiq yordamchi moddalar esa to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi.
Suyuq yordamchi moddalar
Suv (Aqua purificata) - asosiy dorivor moddani erituvchi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari suvda bo‘kish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar uchun bo‘ktiruvchi hisoblanadi. Hamda hab dorilarni og‘irli- gini, qattiqligini ta'minlaydi. Suv yordamida hab dori tayyorlash mumkin. Xulosa, yordamchi modda sifatida faqat suv ishlatiladi. Boshqa modda yordamida yuqori sifatli aralashma olish mumkin bo‘lgan taqdirdagina boshqa erituvchi va modda ishlatish mumkin.
Spirt (Spirutus aethyicus) - smola saqlovchi hab dorilarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Chunki smola spirtda eriydi. Shuni yodda saqlash kerakki, spirtning miqdori ko‘payib ketsa hab dori massasining plastik xossasi yo‘qoladi.
Glitscrin (Glycerinum) - amalda hab dori massasini tez qurishdan saqlash uchun qo‘shi!adi Bu maqsadda odatda, glitserinli suv (aqua glycerinata) qo‘llaniladi. Uni farmakopeya glitseriniga barobar miqdorida suv aralashtirib tayyorlanadi. Glitserinli suv beqaror, shu boisdan kerak bolganda, tayyorlash lozim.
GlitscrinII surtma dori (Unguentum glycerinum) - Yumshoq modda bo‘lib, hab dori massasini tayyorlashda yopishtiruvchi rolini bajaradi. Bu ham beqaror, shuning uchun kerak bo‘lganda tayyorlanishi lozim.
Qand sharbati (Sirupus simplex) - hab dori massasi yopishqoqligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Tayyorlash 64 qism qandni 36 qism suvda eritib, aralashtirib turgan holda qaynaguncha qizitiladi va 100 qismgacha suv qo‘shib, issiqligicha filtrlanadi .
Qandli suv (Aqua saccharta) - qand sharbati bilan suvning baro- bar miqdordagi aralashmasi bo‘lib, hab dori massasini suyultirishda ishlatiladi.
Asal (Melli) - hab dori massasining plastikliligini oshirish, hamda uni qurib qolishdan saqlash maqsadida ishlatiladi.
Ekstraktlar (Extracta) - ko‘pincha chuchukmiya, qoqi o‘t ildizi, erbahosi, uchyaproq, valcrianalarning quyuq ekstraktlari bog‘lovchi moddalari sifatida ishlatiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin