O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə180/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Quyish usuli
Quyish usuli bo‘yicha shamcha, sharcha va tayoqchalar tayyorlanadi (87, 88, 89-rasmlar), bunda hamma turdagi asoslar qo‘laniladi. Quyish maxsus qoliplar yordamida olib boriladi. Agar shamcha, sharcha va
tayoqcha tarkibiga kiruvchi moddalar asosida eritilsa, bunda bu jarayonda quyiladigan moddalar oz-moz isitilgan holda quyiladi va oxirida sovitiladi.
Tarkibga kiruvchi moddalar asosda erimasa solishtirma og‘irligi har xil bo‘lishi natijasida yaxshi aralashmaydi, unda modda taqsimlanishi har xil bo‘lib ta'sir doirasi ham buzilish xavfi tug‘iladi. Bunday hollarni oldini olish maqsadida quyidagilarga e'tibor berish kerak:
1. Eritilgan asosni konsistensiyasi quyuq bo‘lishi kerak.
2. Massani qoliplarga quyishni tezlik bilan bajarish kerak.
3. Quyilgan formalar tez sovitilishi kerak.
Quyish usulida gidrofob asoslarda shamchalar tayyorlash uchun kerakli miqdordagi dori modda va asos tortib olinadi. Shamcha asosini maxsus cho‘michda yoki chinni kosachada suv hammo‘ida 40-45°C haroratda eritib olinadi. Erigan asosga yaxshi maydalangan dori modda qo‘shib shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Ko‘pincha aralashtirish jarayonida ko‘plab havo pufakchalari kirib qoladi. Shunday paytda aralashtirishni to‘xtatib, qorishmani suv hammo‘ida biroz qizdirib olish kerak boiadi. Idishdagi qorishma biroz sovigach, quyuqlasha boradi va harorat 37-40°C boiganda uni qoliplarga quyish mumkin. Qoliplar
albatta, sovitgichda kamida bir soat tutib turilgan bo‘lishi kcrak. Maxsus voronka yordamida qorishma qolipga quyiladi. Shamchalar qolipdan yaxshi ajralishi uchun qolip uyalarini oldindan vazelin moyi yoki sovunli spirt bilan artish kerak. Shamchalar to‘liq qotguncha sovitgichda (taxminan 20-30 daqiqa) saqlanadi. Tayyor shamchalar yuqorida aytib o‘tilgan tartibda jihozlanadi.
Shamchalarni quyish usulida tayyorlashda kerakli asos miqdorini oldindan hisoblab topish kerak. Ma'lumki, qolip uyasining hajmi kakao moyi sig‘imini ko‘rsatadi. Masalan, qolip uyasining hajmi 3 g bo‘lsa, u holda shu qolipda kakao moyidan quyib tayyorlangan shamchalar og‘irligi 3 g bo‘ladi deb tushuniladi. Dori modda ma'lum bir hajmni egallashini hisobga olgan holda, asos miqdorini biroz kamaytirib olishga to‘g‘ri keladi. Aks holda qolipga qorishmani quyish vaqtida uning bir qismi ortib qoladi va natijada shamchalar tarkibidagi dori modda miqdori kam bo‘lib qoladi (dozasi kamayadi). Demak, asosning kerakli miqdorini aniq bilish uchun dori modda qancha u hajmni egallashini topish kerak. Runing uchun o‘rin olish koeffitsiyenti (KJ yoki teskari o‘rin olish koeffitsiyenti (1/Ku) foydalaniladi.
0‘rin olish koeffitsiyenti 1 g kakao moyi cgallagan hajmga qancha miqdor modda sig‘ishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir. Teskari o‘rin olish koeffitsiyenti esa, 1 g dori modda cgallagan hajmga qancha miqdor kakao moyi to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Kcrakli asos miqdorini hisoblab topishda teskari o‘rin olish koeffitsiyentidan foydalanish ancha osonroqdir. Amaliyotda keng qo‘lanilayotgan dori moddalar uchun Kt va 1/Kutajriba yo‘li bilan hisoblab topilgan va maxsus jadvallarda keltirilgan. Masalan, kseroform uchun 1/Ku = 0,21. Bu dcgani lg kseroform egallagan hajmiga 0,21 kakao moyi to‘g‘ri kcladi. Agar shamcha tarkibidagi dori modda miqdori umumiy og‘irlikning 5% idan kam bo‘lsa, u holda Ku va l/Ku dan foydalanilmasa ham bo‘ladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin