O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə181/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Shamchalarni quyish
Rp: Dermatoli lchthyoli 3,0.
Olcacao q.s Ut fiat suppos N 20.
D.S. Kuniga I shamchadan ishlatilsin.
Agar shamchani og‘irligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, hajmi 3 g kakao moyiga teng bo‘lgan qolipni tayyorlash kerak. Bunda 54,0 kakao moyidan olib 3,0 ixtiol va 3,0 dermatolnj aralashtirib massa hosil qilib qoliplarga quyish - umumiy og‘irlik 60,0 bo‘lishiga qaramay, to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki ixtiol bilan dermatolga nisbatan kakao moyining o‘rin olish koeffitsiycnti hisobga olinishi kerak va unga nisbatan 3,0 ixtiol va 3,0 dermatol qanday hajmdagi kakao moyining o‘rnini cgallashi mumkinligi hisoblab chiqarilib, so‘ng moyni gramm miqdori hisoblanishi kerak.
Bunday vaqtda kakao moyidan 60,0 - (1,15 + 2,73) = 56,12 gramm olish kerak.
Pasporti:
Dermatoldan 3,0 Ixtioldan 3,0 Kakao moyidan 56,12.
Shamchalarni tayyorlash uchun metall cho‘michga yoki chinni kosachaga kerakli miqdordagi kakao moyini solib, ehtiyotkorlik bilan suv hammo‘ida critiladi va unga yaxshilab maydalangan dcrmatol solib, suspenziya tayyorlanadi, so‘ng ixtiol qo‘shib yaxshlab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massani qoliplarga quyib, sovitgichga shamchalar to‘liq qotguncha qo‘yiladi. Tayyor shamchalar yuqorida aytib o‘tilgan tartibda jihozlanadi.
Gidrofil asosdan tayyorlanuvchi shamchalar
Suvda eruvchan asoslarda faqat shamcba va sharchalar tayyorlanadi Shamchalar sovun-glitserinli asosda, sharchalar esa jclatin-glitserinli asosda tayyorlanadi. Tayyoriangan shamchalar va sharchalar o‘z qovush- qoqligi jihatidan xona haroratida bcrilgan shaklini yo‘qotmaydi, lekin tana haroratida (37°C) crish xususiyatiga egadir. Ular quyish usulida tayyorlanadi.
Jelatin-glitserinli asos. Ushbu asosning X DFda berilgan tarkibi quyidagichadir: jelatina - 1 qism, tozalangan suv - 2 qism, glitserin - 3 qism. Bu asos ko‘pincha qin shamchalarini tayyoriashda ishlatiladi va quyidagicha tayyorlanadi: jelatinning mayda bo‘laklarini chinni kosachada kerakli miqdordagi suvda 3-4 soat davo‘ida bo‘ktiriladi. So‘ngra glitscrin qo‘shib aralashtiriladi va bir xil ko‘rinishga kelguncha suv hammo‘ida isitiladi. Shamchalar tayyorlashda jelatin-glitserinli asos miqdori ham, xuddi kakao moyi kabi topiladi. Faqat bu asosning zichligi 1,15 g/sm3 ekanligini hisobga olish kerak (kakao moyining zichligi - 0,95 g/sm3 edi). Demak, jelatin-glitserinli asosning zichligi kakao moyining zichligidan 1,21 marta ortiq ekan (1,15:0,95 = 1,21). Ana shu 1,21 soni suvda eriydigan asoslardan moyli asoslarga o‘tish moduli deb ataladi. Moyli asoslardan suvda criydigan asoslarga o‘tish moduli esa 0,826 (0,95:1,15=0,826) ga tengdir.
Rp: Acidi borici 0,2
Massae gelatinosae q.s. ut fiat suppos.
D.t.d. Jfs 20
S. Kuniga ikki mahal bitta shamchadan to‘g‘ri ichakka yuboriladi.
Retscptda shamcha og‘irligi ko‘rsatilmaganligi uchun qoidaga ko‘ra 3 g li qilib tayyorlanishi kerak. Asos miqdorini hisoblash, xuddi kakao moyi kabi bo‘ladi. 3,0*20 = 60 g kakao moyi faraz qilinadi. 0,2 x 20=4 g retsept bo‘yicha borat kislotasi olinishi kerak. Borat kislotasi uchun 1/Ku = 625 bo‘lgani uchun uning cgallaydigan hajmi 4,0u u 0,625 = 2,5 kakao moyiga teng. 60,0-2,5 = 57,5 g kakao moyi olinadi. Moyli asosdan jelatin-glitserinli asosga o‘tish uchun o‘tish modulidan foydalaniladi: 57,5x 1,21 =70g yoki 57,5*0,826 = 70g. Demak, 20 ta shamcha tayyor- lash uchun 70 g jelatin-glitserinli asos kerak ekan. Asos tarkibiga kiruvchi moddalar nisbatini (1:2:5) hisobga olgan holda jelatindan 8,75 g, suvdan 17,5 g va glitserindan 43,75 g olinadi.
Pasport:
Borat kislotasi 4,0
Jclatin 8,75
Tozalangan suv 17,5
Glitserin 43,75.
Avval asos tayyorlab olinadi va issiqligida unga yaxshi maydalangan borat kislotasi vazetin moyi bilan aralashtiriladi. Qorishma biroz sovigach, qoliplarga quyiladi va yuqoridagi kabi jihozlanadi.



Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin