Qattiq yordamchi moddalar Qand (Saccharum) - gidrofilh plastifikator sifatida pudra turida ishlatiladi. Sut qandi suvni shimmaydi, lekin hab dorini bo‘linib (uvalanib) ketishini oshiradi. Asosan hab dorini massasini hosil qilishda to‘diruvchi vazifasini, oshqozon va ichakda parchalanishini tezlashtiradi.
Kraxmal (Amylum) - asosan ekstraktlardan va yuqori yopish- qoqlikka ega bo‘lgan suyuqliklardan hab dori tayyorlashda ishlatiladi. Tana haroratida kraxmal bo‘kadi, natijada hab dorilarni parchalanishi osonlashadi. Kraxmal glukoza va qand lavlagi bilan yaxshi qo‘shiladi. Tuproqli minerallar (oq gel, bentonit) va boshqa yordamchi moddalardan suyuqlikni shimib olish xossasi bilan ajralib turadi. Hab dori massasiga qurituvchi modda sifatida qo‘shilih, qurigandan so‘ng qattiqlik beradi. Alkaloid saqlagan moddalar bilan hab dori tayyorlaganda kraxmal- qand aralashmasi (kraxmal - 1 qism, qand - 3 qism, glukoza - 3 qism) ishlatiladi.
Dekstrin - 10-20% suvli eritmasi yuqori yopishqoqlikka ega, shuning uchun dekstrindan yaxshi hab dori massasini tayyorlash mumkin. Shu bilan bir vaqtda suv bilan aralashmaydigan suyuq dorivor moddalarni emulgirlash uchun emulgator sifatida ham ishlatiladi.
Yelim - Astragal va o‘rik yelimi hab dori tayyorlashda biriktiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Dekstringa nisbatan yopishqoqlikning liofilli xossasi ancha kuchli. Yelim qurigandan keyin hab dori massasi ancha qattiq bo‘lib qoladi. Har doim yelimlar eritma ko‘rinishida ishlatiladi. Shuningdek, suv bilan birga aralashmaydigan suyuq dorivor moddalar uchun emulgator sifatida ishlatiladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, yelimlar hab dorilarni parchalanish vaqtini uzaytiradi.
Quruq ekstraktdan foydalanib hab dori tayyorlash Quruq ckstraktlar juda yaxshi plastik modda hisoblanadi. Hab dori massasi umumiy og‘irligining 1/5—1/6 qismini quruq ckstrakt tashkil etadi.
Rp.: Acidi arsenicosi anhydrici 0,05 Ferri lactatis 3,0
Extracti et pulveris radicis Glycyrrhizae q.s.
Misce, ut fiat pilulae X°30.
Da. Signa. Rir dona hab doridan kuniga 2 mahal ichilsin.
Margimush angidridi («A» ro‘yxat) miqdorining to‘g‘riligi tekshi- riladi. Hab dori massasining umumiy og‘irligi taxminan 6 g (0,2 * 30). Bu retsept bo‘yicha dori moddasi 3 g bo‘lishi kerak.
Hovonchaga 0,5 g (1:10) margimush angidridi triturati solinadi va 3 g temir laktat bilan aralashtiriladi. Keyin 1 g chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti qo‘shilib yaxshilab aralshtiriladi va bir necha to‘lchi glitserinli suv quruq ekstrakt og‘irligiga nisbatan 10-30% miqdorda qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan qovushqoq massaga chuchukmiya ildizi kukuni qo‘shilib, toki hab dori massasi hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor hab dorilarga likopodiy sepiladi va surg‘uchlab, muhr qo‘yiladi, so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi. «Ehtiyot!ik bilan ishlatilsin».
Quyuq ekstraktlar (chuchukmiya, Achchiqtoron, qoqi o‘t) keng tar- qalgan boglovchi moddalar hisoblanib, hab dori massalarini tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Quyuq ekstrakt miqdori, hab dori massasi umumiy og‘irligining A qismini tashkil etadi.
Agarda rctseptda ekstrakt ko‘rsatilmasa, unda chuchukmiya ildizi ekstrakti olinadi. Valeriana ekstrakti retscptda ko‘rsatilgan miqdorda olinadi.
Rp: Jodi 0,02
Kalii jodidi 0,2
Phenobarbitali 0,3
Extracti Valerianae 2,0
Pulveris radicis
Glycyrrhizae q.s.
Misce fia pilulae N 30.
Da Signa l ta hab doridan kuniga 3 mahal ichilsin.
Yod va fenobarbitalning («B» ro‘yxat) miqdori to‘g‘riligi tekshiriladi. Hovonchada 0,2 g kaliy yodid bir necha to‘lchi suv bilan eritiladi,
0,3 g fenobarbital, 2 g valeriana quyuq ekstrakti va chuchukmiya ildi- zining kukuni qo‘shib bir xildagi hab dori massasi hosil bo‘lguncha aralashtiriladi Tayyorlangan hab doriga likopodiy kukuni scpilib, idishga solinib so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi. «Qorong‘i va salqin joyda saqlansin».
Vaqtni tejash, hamda tayyorlashni tezlashtirish maqsadida, yod va kaliy yodid critmasini oldindan tayyorlab foydalanish muinkin. Eritma tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 0,5 g yod, 5 g kaliy yodid va 10 ml gacha tozalangan suv.