O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə192/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Inversion dori turlarini berish
Inyeksion eritmalar tarkibidagi zaharli moddalarni provizor-nazoratchi o‘zi farmatsevt ishtirokida tortib bera-di, so‘ngra undan tezda eritma tayyorlanadi. Eritmalarni sterillash uchun suyuqlik solingan idishning og‘zi ho‘llangan pergament qog‘ozi bilan o‘rab bog‘lanadi, unga oddiy qalam bilan preparatlar nomi va konsentratsiyasi yozilib, preparat nomi ko‘rsatilgan metall yorliq biriktirib qo‘yiladi. Yorliqlar har xil shaklda bo‘lib, uchburchakli — «A» ro‘yxatidagi, to‘rtburchakligi — «B» ro‘yxatidagi va dumalog‘i — umu-miy ro‘yxatdagi moddalar uchun qo‘llaniladi. Sterilizatsi-yadan so‘ng farmatsevt flakonga raqam yopishtiradi, shifo-xona dorixonalarida esa, flakonning yorlig‘i bilan tekshirish uchun provizor-texnologga beriladi, so‘ngra yorliq yopish-tiriladi. Hamma inyeksion eritmalar sterilizatsiyadan keyin mexanik ifloslanishlarning bor-yo‘qligini bilish uchun tek-shiriladi va to‘liq kimyoviy tahlil o‘tkaziladi. Alohida retsept-lar va talabnomalar bo‘yicha tayyorlangan inyeksiya uchun eritmalarni tanlab kimyoviy usulda tekshiriladi. Inyeksion eritmani tayyor.lab bo‘lgan zahotiyoq, farmatsevtni og‘zaki so‘rov tarzida tekshiriladi. Tayyor dorini retsept bo‘yicha tekshirish-va bemorga berishga tayyorlash uchun provizor-texnologga beriladi. Provizor-texnolog esa ko‘k rangli tegishli signature va po‘kak ustidagi yozuvlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgandan keyin yorliqni idishdan oladi.


Mavzu: In’eksion dori turlari ( fiziologik, infuzion eritmalar)
Reja:
1.Sterillangan va aseptik sharoitda tayyorlangan dorilar haqida tushuncha.
2.Dorilarni in’eksiya usuli bilan organizmga kiritish yo‘llari.
3.In’eksion eritmalarni turg‘unlashtirish uchun ishlatiladigan stabilizatorlar va ularni hisoblash.
4.Eritmaning hajmiga qarab avtoklavda sterillash vaqti va qoidalari.
Aseptika
Aseptikaning mohiyati. Inycksion dori turlarini tayyorlash davo‘ida maxsus sharoit - ascptik muhit yaratish lozim. Bu aseptik muhit dori turlarini tayyorlashda unga tushadigan mikroorganizmlardan saqlaydi. Aseptik sharoitga amal qilinmay tayyorlangan dori turlari mikroflora bilan ifloslanadi va bu dorilar termik sterilizatsiya paytida o‘lgan mikroorganizmlar, ular ajratgan toksinlarni o‘zida saqlab qoladi. 0‘z tarkibida o‘lik mikroorganizm qoldiqlari yoki ulardan ajralib chiqqan toksinlarni saqlovchi dori turlari organizm uchun juda xavflidir. Bunday dori turlari bcmorda haroratning ko‘tarilishi (pirogen rcaksiyajga yoki nojo‘ya ta'sirga olib kelishi mumkin. Ammo ba'zi dori turlari termik stcrilizatsiyaga chidamsizdir. Bunday dori turlari termolabil bo‘ladi. Termik sterilizatsiya qilingan paytda ularda rekristallanish, flokulatsiya (suspenziyalarda) va koalessensiya (emulsiyalarda) hodisasi tezlashadi. Shuning uchun tcrmolabil dori turlarini tayyorlashda boshqacha usuldan foydalanish kerak. Bu maqsadda erituvchi yoki malhamlar uchun asoslar, ish asboblari va idishlar alohida sterillanadi, yuqori haroratga chidamsiz bo‘lgan dori moddalari csa aseptik sharoitda o‘chab olinadi va sterillangan erituvchida eritiladi (ba'zan konservant qo‘shiladi) yoki sterillangan asboblar yordamida sterillangan asoslar bilan aralashtiriladi hamda steril idishlarga solinadi. Dori turlarining termolabil bo‘lmagan ko‘poncntlari ham stcrilizatsiyalanadi. Barcha inyeksion dori turlari ascptik bloklarda tayyorlanadi.
Inyeksion dori turlari alohida guruhni tashkil qilib, davolash-profl- laktika muassasalari qaramog‘dagi dorixonalar retsepturasining deyarli 60% ni tashkil ctadi.
Inyeksion dori turlariga XI DFsi to‘onidan qo‘yilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
I) sterillik;
2) ko‘zga ko‘rinadigan mexanik qo‘shilmalardan amalda xoli bo‘lishlik;
3) apirogenlik;
4) turg‘unlik;
5) xususiy maqola talabiga ko‘ra izotoniklik, izoioniklik va izo- gidriklik.



Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin