O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Sterilizatsiyaga chidamli modda eritmalari



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə189/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Sterilizatsiyaga chidamli modda eritmalari. Ko‘pgina inyeksion eritmalar termik sterilizatsiyani qo‘llab tayyor­lanadi. Sterilizatsiyani tanlash dori moddaning issiqlikka chidamliligiga bog‘liq.
Mavzu: Steril va aseptik eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan dori vositalarga qo‘yilgan talablar.
Reja:
1.Dori turlarini aseptik sharoitlarda ishlab chiqarish
2. Steril va aseptik eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan dori vositalarga qo‘yilgan talablar.
3. Mexanik qoldiqlarning yo‘qligi


Dori turlarini aseptik sharoitlarda ishlab chiqarish
Sterillangan tayyor dori turlarini tashqi muhitdagi mik-roorganizmlardan.saqlash aseptika deb ataladi. Aseptika dori turlarini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega, chunki do-rilar ma'lurn sharoitda sterillanmasa, ular chidamliligini to‘liq ta'minlash mumkin emas. Dorixona sharoitida dori moddalardan yuqoridagi usullar bilan sterillab eritmalar tayyorlash imkoniyati bo‘lmaganda aseptik usuldan foy-dalanishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun eritma tayyorlashga kerakli hamma narsalar, masalan, suv, voronka, silindr, probka, shisha idishlar, filtr qog‘ozi, doka, paxta, tarozi pallasi va boshqalar Sterillangan bo‘lishi lozim. Aseptik sha- » roitda olinadigan dorilar maxsus sterillash xonasida yoki boksda tayyorlanadi. Dorixonalarda sterillash va aseptik usulda dori tayyorlash uchun alohida aseptik bloklar mav-jud. Blok 3 xonadan iborat: kirish shluzi (tambur), aspetik va sterilizatsiyalash xonasi. Aseptik xonada dori turi tay­yorlanadi, sterilizatsiya xonasiga esa avtoklav o‘rnatilgan. Sterilizatsiya xonasiga aspetik xonadan kiriladi. Ish bosh lashdan oldin xona tozalab yuvilgan va dezinfeksiya qilin-gan bo‘lishi kerak. Xona har doim ozoda turishi, yorug‘ va havo almashinishi uchun ventilatsiya o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Devorlari, shipi va poli moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi, elektr simlari devor ichidan o‘tkazilishi, stollar ustida oyna bo‘lishi va kerakli buyumlar shisha qopqoqlar bilan yopib qo‘yilishi zarur. Xona yorug‘ bo‘lishi uchun undagi inventar va asbob-uskunalar oq bo‘yoqqa bo‘yalishi lozim. Sterillash xonasi boshqa bo‘lmalardan alohida va mumkin qadar kirdi-chiqdi kam bo‘lishi shart. Unda faqat Sterillangan dori turlarini tayyorlash uchun zarur asbob-uskunalar va yordamchi materiallar turishi kerak. Agar dorixonada sterillash xonasi bo‘lmasa, assistent xonasida «stolga qo‘yiladigan boks» o‘rnatilishi lozim.
Ish boshlashdan 1—2 soat oldin shipti (ПВО) va devor-dagi (HBO) bakteritsid lampalar yoqib qo‘yilishi zarur. Tamburda va sterillash xonasida qo‘l yuvgich, issiq va so-vuq suv bo‘ladi. Tamburda yana javon bo‘ladi, unda in-ventarlar va maxsus kiyimlar saqlanadi. Steril dori turlarini tayyorlaydigan farmatsevtlar steril quloqqa berkitilgan jar-rohlik xalatlarda va maxsus oyoq kiyimi (baxillalar), og‘iz va burunga 4 qavatli steril doka bilan niqob tutish kerak, uni har 4 soatda almashtirish zarur. Sochni to‘liq bosh kiyim ichiga kirgiziladi, ish boshlashdan avval qo‘lni issiq suvda sovun bilan yaxshilab yuviladi va steril sochiqda artiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin