O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Quruq yordamchi modda qo‘shmasdan hab dori tayyorlash



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə185/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Quruq yordamchi modda qo‘shmasdan hab dori tayyorlash
Ayrim dori moddalari yuqori darajada gidrofillik xususiyatiga ega, bular suvli suyuqliklar bilan yumshoq massa hosil qiladi. Shuning uchun ularga qo‘shimcha yordamchi modda qo‘shish shart emas.
Rp: Strychnini nitratis 0,03 Calcii glycerophosphatis Phytini ana 5,0 Misce fiat pilulae N 30.
Da. Signa. 1 ta hab doridan kuniga 4 mahal ichilsin.
Strixnin nitrat («A» ro‘yxat) miqdorining to‘g‘riligi tekshiriladi. Hovoncha tcshiklari 0,3 g kalsiy glitserofosfat bilan berkitilib olinadi, so‘ng kalsiy glitscrofosfat qo‘shiladi. Tayyor aralashmaga glitscrinli suv qo‘shib yumshoq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. So‘ngra fitin qo‘shib hab dori massasi hosil bo‘lguncha qorishtiriladi va surg‘uchlab, muhr qo‘yiladi (489-sonli buyruq) «Ehtiyotkorlik bilan ishtating» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Alkaloid saqlovchi moddalar bilan hab dori
Tayyorlash
O‘simlik kukunlari alkaloid tuzlarini o‘ziga adsorbsiyalaydi, natija- da ularni ichaklarda desorbsiyaga uchrashi juda sekinlik bilan kechadi yoki bu jarayon umuman bo‘lmaydi. Shuning uchun alkaloid saqlovchi preparatlardan hab dori tayyorlashda kraxmal-qand aralashmasidan foy dalanish maqsadga muvofiqdir.
Oksidlovchi moddalar bilan hab dorilar tayyorlash
Organik moddalar ta'sirida parcbalanadigan dori prcparatlar kumush nitrat va kaliy permanganatdan hab dori tayyorlashda yordamchi modda sifatida o‘simlik kukuni va ekstraktlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Buning uchun yordamchi modda sifatida oq gil, bentoniy yoki oq gil bilan bentonit aralashmasi (2+1) ishlatiladi.
Rp: Argenti nitratis 0,1 Boli albi q.s.
Misce fiant pilulae JV«20
Da. Signa. 2 ta hab doridan kuniga 3 mahal ichilsin.
Kumush nitrat ko‘pincha organik moddalar ta'sirida yengil parcha- lanadi, natijada kumush oksidi va kumush metall hosil bo‘ladi.
Kumush nitrat («A» ro‘yxatga kiradi) miqdori tekshiriladi. Hovoncha dastasi suyultirilgan azot kislotasiga ho‘llangan paxta tamponi bilan artiladi.
Hovonchaga 0,1 g kumush nitrat solinadi va uni bir necha to‘lchi tozalangan suvda eritiladi. Eritmaga oz-ozdan 4 g oq gilning bentonit bilan (2+1) aralashmasi qo‘shiladi va xamirsimon massa hosil bo‘lguncha tozalangan suv qo‘shib aralashtiriladi. A.Sh.Xamzina taklifiga ko‘ra, massa yaxshi chiqishligi uchun o‘rik yclimi qo‘shish mumkin (30 ta hab dori uchun 0,1 g gacha o‘rik yelimi qo‘shiladi).
Hab dori qalamchasi plastmassa keskichda bo‘laklarga bo‘linadi. Tayyor hab dori oq rangda bo‘lishi kerak. Hab doriga oq gil sepiladi va plastmassa yoki qo‘ng‘ir rangli shisha idishga solinib, surg‘uchlab, muhr qo‘yiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. «Ehtiyolik bilan ishlatilsinw deb yozilgan ogohlantiruvchi yorliq yopishtiriladi.
Rp: Kalii permanganalis 1,0
Boli albi q.s.
Misce fiant pilulae
Da. Signa. 1 ta hab doridan kuniga 3 mahal ichilsin.
Toza yuvilgan va quritilgan hovonchada taxminan 2,34 g oq gil maydalanadi va uning 1 g mini hovonchada qoldirib, qolgani kapsulaga olib qo‘yiladi. Hovonchadagi oq gilning ustiga 1 g kaliy pcrmanganat va kapsulaga olib qo‘yi!gan oq gilni solib aralashtiriladi. Aralashmaga ozroq (0,66 g) suvsiz lanolin qo‘shiladi (30 ta hab dori uchun taxminan 1 g lanolin), keyin oz-ozdan hab dori massasi hosil bo‘lguncha oq gil qo‘shib aralashtiriladi.
Kaliy permanganat bilan tayyorlangan hab dori to‘q binafsha rangda bo‘lishi kerak. Tayyor hab doriga oq gil sepiladi. Idishga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin