O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Gidrofob suyuqliklar bilan hab dori tayyorlash



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə186/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Gidrofob suyuqliklar bilan hab dori tayyorlash
Gidrofob suyuqliklardan hab dori massasi tayyorlash uchun ulami emulgirlash zarur. Emulgirlash uchun chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti, bug‘doy uni yoki na'matak kukuni ishlatiladi.
Moysimon suyuqliklarni chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti bilan emulgatorlaganda yordamchi modda taxminan quyidagi nisbatda olinadi: chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti suvsiz suyuqlikning og‘irli- giga teng miqdorda va glitserin-moysimon moddaning yarmicha, suv moysimon suyuqlikka nisbatan % qism miqdorda qo‘shiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“Dori turlari texnologiyasi” K.Muxammadjonova. 2012-yil


Mavzu: Steril dori shakllari. Aseptik sharoitda tayyorlanadigan dori shakllari.
Reja:
1.Steril sharoitida tayyorlanadigan dori shakllari:
2.Aseptikaning mohiyati.
3.Steril dori turlariga qo‘yilgan talablar.
Aseptik sharoitda dori shakllarini tayyorlash
Bizni qamrab olgan tabiat, xususan suv, havo va yer qatlami turli- tuman mikroorganizmlar bilan to‘la. Ayniqsa, ular yer qatlamida juda ko‘pdir. Bir gramm tuproqda milliardlab bakteriyalar joylashgan. Shu sababli dori tayyorlash jarayonida tozalikka rioya qilish, xonalarni ifloslanishdan asrash dorixona sharoiti uchun birinchi navbatdagi vazifalardan ekanligini doimo yodda tutish va unga amal qilish zarur.
Dori shakllarini tayyorlash usullarini dori shakllarini organizmga yuborilishi, ularni kasallikni davolashdagi o‘mi va ayniqsa shu dorilarni tayyorlash jarayonida tozalik darajasi hisobga olingan holda quyidagicha taqsimlash mumkin.
1. Har xil kukunlar, miksturalar, cmulsiyalar va h. k. Shuni qayd etish lozimki, odam organizmiga yuborilayotgan bu dori mahsulotlari steril bo‘lishi shart cmas. Og‘iz bo‘shlig‘ida mikroblar juda ko‘p bo‘ladi va me’dadagi kislotali sharoit mikroorganizmlarni bartaraf etadi, hamda ichakdan badanga so‘rilish vaqtida mikroorganizmlar, ularning tanachalari tabiiy ravishda filtrlanib toza dori modda so‘riladi.
2. Odam organizmiga igna orqali yuboriladigan, qon to‘iriga quyiladigan doriiar, albalta stcril - ya'ni mikroblardan xoli bo‘lishi kerak. Bu maxsus dori guruhlari umumiy inyeksiya no‘i bilan yuritiladi (injestiones). Bu xildagi dori sachratma (injectio) va qo‘yi!adigan (infusio) shakllarida bo‘lishi mumkin. Birinchisida suyuqlik juda ko‘p miqdorda bo‘ladi va u Bobrov apparati yoki boshqa moslamalar bilan odam organizmiga yuboriladi.
Ko‘zga to‘iziladigan dorilar ham albatta stcril bo‘tishi lozim.
3. Nosteril holda bcriladigan dorilar hisobiga turli-tuman surtma dorilar, kukunsimon (unga o‘xshash) sepmalar va malhamlar kiradi. Lekin bu dorilarni ham mikroblardan tozalash foydadan xoli emas.
Chunki, bir necha bor nosteril sepilmalardan foydalanilganda qoqshol (stolhnyak) kasalligiga chalinish mumkin.
4. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qo‘lla- niladigan dori preparatlari, albatta, steril holatda tayyorlanishi shart. Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘onidan tasdiqlangan ko‘rsatmaga asosan yangi tug‘ilgan bolalar uchun tayyorlanadigan hamma dori preparatlari va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlanadigan suyuq dori shakllari, albatta steril holda tayyorlanishi shart. Dorixonalarni va ayrim shifoxona qoshidagi dorixonalarning retseptlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, yangi tug‘ilgan bolalar uchun ishlatiladigan dori tarkibi xilma-xil bo‘lib, uning soni 130 ga yaqin. Bundan 30 foiz tayyor turdagi zavod mahsuloti bo‘lsa, 70 foizi dorixonada yakka buyurtma asosida tayyorlanadigan dori preparatlari hisoblanadi
Adabiyotlarda keltirilishicha, qattiq dori shakllari mikrob rivoj- lanishida noqulay sharoit hisoblansa, dori tayyorlash jarayonidagi ayrim holatlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun qulayliklar yaraladi. Masalan, tablctka tayyorlashdagi ho‘l granulatsiyalash. Pankreatin, talk, analgin, glukoza, shakar va shunga o‘xshash dori moddalar esa mikrob rivojlanishi uchun ayni sharoit hisoblanadi.
Dorixonalarda tayyorlanadigan elaki dorilar sepma dori shakllarining 45 foizini tashkil qiladi. Ularni steril holda tayyorlash ancha mushkul, chunki tarkibidagi ayrim qo‘shilmalar termik ta'sirga chidamsiz bo‘lsa, ba'zilari ayni shu keltirilgan tarkibda issiqlik ta'sirida buziladi. Bu hol yosh boialar uchun ishlatilishi lozim bo‘lgan tarkibdagi qattiq dori shakllarini o‘rganish va ularni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish masalasini qo‘yadi. Bu sohada sterillash usullaridan qulayini tanlab, moddalarni alohida sterillab, so‘ngra aseptik sharoitda tayyorlash ham mumkin.
Agar kukun tarkibi issiqqa chidamli bo‘lsa, uni tayyorlab, so‘ngra sterillash kerak. Mikroblar rivojlanishi uchun eng qulay sharoit bu suyuq dori shakllaridir. Ularni, albatta, steril sharoitda tayyorlab, tarkibiga kiradigan dori va yordamchi moddalar sterillanib tayyorlangandan so‘ng, mumkin bo‘Isa yana steriilanishi kerak.
Hozirgi kunda yosh bolalar uchun ishlatiladigan bu dori shaklining 50 foizi tayyorlash usuli mukammal o‘rganilib dorixonalarga tatbiq etil gan. Ichishga mo‘ljallangan eritmalar tozalangan suvda, aseptik usulda stabilizator va konservantlar qo‘shmasdan tayyorlanadi.
Ish jihozlari, xonalar, asbob-uskuna, ishlovchi dorivorlar ascptik sharoitda ishlash talablariga mos, 581-buyruqdagi gigiyenik normalarga to‘g‘ri kcladigan sharoitda tayyorlanadi. Eritmalar tayyorlangandan so‘ng avtoklavda I20°C 1,1 ortiqcha atm bosimda sterillanadi.
Shifoxonalarda ishlatiladigan eritmalar bir martalik 10-20 ml iste'mol hajmda chiqariladi. Bir yo‘la bir nccha bolalarga mo‘jallangan hajmda ham chiqarilishi mumkin (50-100 ml), ammo bunday holda 200 ml gacha bo‘lgan hajmda chiqariladi
Shifoxona bo‘limlarida flakonlami ochish va quyish aseptika sharoitida olib boriladi Ochilgan idishlarda qolgan eritmalarni saqlash man etiladi. Yakka tartibdagi dorixonalar bilan dorixonadagi bunday eritmalar 100 ml gacha hajmda tayyorlanishi mumkin. Uni sovitgichda 2 sutkagacha saqlab ishlatish mumkin. Surtma dori, suyuq surtmalar va sham dorilar tarkibi alohida sterillanib, aseptik usulda tayyorlanadi.
Sterillash usullari. Stcrillash usuli deb, dorilarda juda tez ko‘payib rivojlana oladigan mikroorganizmlarni batamo‘ yo‘q qilishga aytiladi. Zamonaviy sterilizatsiya usullariga quyidagilar kiradi:
1. Termik sterilizatsiya.
2. Ultrabinafsha nurlar bilan sterilizatsiyalash.
3. Radiatsion stcrilizatsiya.
4 Uttratovush sterilizatsiyasi.
5. Steril filtratsiyasi.
6. Kimyoviy usul bilan sterillash.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin