O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə194/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Orqa miya kapaliga dori yuborish (Injectiones intraarach-noidales, In. cerebrospinales, seu In. endolumbales). Bunda maxsus uzun va yo‘g‘on igna bilan odatda, 1—2 ml dori yuboriladi. Kanal ichidagi bosim oshib ketmasligi uchun qancha dori yuborilsa, orqa miya kanalidan shuncha suyuq-lik so‘rib olinadi.
Inyeksiya usuli bilan yuborishning afzalliklari va kam-chiliklari:
1) dori nihoyatda tez ta'sir ko‘rsatadi;
2) organizmga aniq dozada yuboriladi;
3) ichiladigan dori kabi o‘zgarishlarga uchramaydi (ji-gar, me'da-ichak shiralari, fermentlar va shunga o‘x-sha'shlari ta'siri);
4) behush bemorlarga ham yuborish mumkin;
5) dorilarning yoqimsiz hidi va ta'mi bemorga sezilmaydi;
6) ba'zi dorilar qitiqlash xususiyatini yo‘qotadi;
7) yuborilgan dori to‘liq shimilib ketadi;
8) zarurat tug‘ilganda ma'lum joyga yuborish mumkin — lokalizatsiya (masalan, mahalliy og‘riq qoldiruvchi mod­dalar);
9) oldindan va ko‘p miqdorda tayyorlab qo‘yish mum-kin (masalan, ampuladagi sterillangan dorilar);
10) kerak vaqtda qon o‘rnini bosadigan moddalar yubo­rish mumkin.
Kamchiliklari:
1) yuborish vaqtida barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, organizm mikroblar bilan zararlanishi mumkin;
2) yuborish vaqtida og‘riq beradi;
3) albatta, tibbiyot xodimi yuborishi kerak.


Infuzion eritmalarni tayyorlash. Fiziologik va qon 0‘rnini bosuvchi eritmalar.
Fiziologik va qon o‘rnini bosuvchi critmalar inycksion eritmalar guruhining eng murakkabi hisoblanadi. Fiziologik eritma deb shunday eritmalarga aytiladiki, ular o‘zining tarkibidagi erigan moddalar bilan hujayralar hayot faoliyatini saqlab turadi va organizmdagi fiziologik holatni sezilarli darajada o‘zgartirmaydi, xossalari bo‘yicha odam qoni zardobiga eng yaqin turadigan qon o‘rnini bosuvchi eritmalar deyiladi. Fiziologik va qon o‘rnini bosuvchi eritmalar eng avvalo, izotonik bo‘lishi kerak. Ammo faqat bitta shartning o‘zi yetarli cmas. Bundan tashqari ular izotonik bo‘lishi zarur, ya'ni tarkibida kaliy, natriy, kalsiy va magniy ionlarining miqdori qon zardobi tarkibidagi miqdorga teng yoki yaqin bo‘lishi kerak. Fiziologik eritmalar va qon o‘rnini bosuvchi entmalar izotonik va izoionik bo‘lishdan tashqari, izogidrik talablariga ham javob bcrishi shart, ya’ni eritmalar pHini qon zardobi pHiga teng bo‘lishi kcrak, qonni pH - 7,36. Bu yerda shu narsa ahamiyatliki, ular vodorod ionlari konsentratsiyasini bir xilda saqlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari darkor. Qonda darajasining doimiyligi bufcrlar, ya'ni karbonat sistcmasi (gidrokarbonat va C02), fosfat sistemasi (birlamchi va ikkilamchi fosfat) va tabiati jihatidan amfoter bo‘lgan va shuning uchun H* va OH ushlab qola oladigan oqsillar sistemasi ishtirokida saqlanadi. Buferlar borligi uchun qon reaksiyasini o‘zgartirish qiyin, ular o‘ziga reaksiyani o‘zgartirish mumkin bo‘lgan hamma ta'sirlarni qabul qiladi va bu ta'sirlarni kamaytiradi. Qonga mos ravishda qon o‘rnini bosuvchi va fiziologik eritmalarga muhit pHini saqlovchi regulatorlar kiritiladi va buning natijasida ular izogidrik bo‘ladi. Fiziologik va qon o‘rnini bosuvchi eritmalar qon kabi hujayralar hayot faoliyatini ta'minlash va kerakli oksidlanish-qaytarilisb potensialini hosil qilish uchun odatda glukoza saqlaydi.
Eritmalarni fizikaviy va kimyoviy xossalari bo‘yicha qon zardobiga yaqinlashtirish uchun ularga ba'zi bir yuqori molekulali birikmalar (YuMB) qo‘sbiladi. YuMB natriy xlorid eritmasini qovushqoqligini qon qovushqoqligi bilan bir qilish uchun qo‘shiladi. Yuqorida sanab o‘ilganlardan tashqari, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar pirogenlik. antigenlik va toksik xossalarga ega bo‘lmasligi kerak, shuningdek ular qonning ivuvchanligini pasaytirmasligi va eritrositlar agglutinatsiyasi paydo qilmasligi kerak.
1941- 45-urush yillarida olimlar to‘onidan qon o‘rnini bosuvchi eritmalar sifatida kcng qo‘llaniladigan, yangi, original izotonik eritmalar ishlab chiqilgan edi (14-jadval). Uglevod YuMBIardan qon o‘rnini bosuvchi eritmalar tayyorlashda dekstrin keng qo‘laniladi. Dekstrin glukoza polimeri bo‘lib, (C4H|0O5) qand lavlagisidan mikrobiologik sintcz orqali olinadi. Kraxmaldan molekular zanjirining uzunligi va glukoza molekulalarintng bog‘lanisht tartibi bilan farq qiladi (glukozid bog‘ari 1:6 holatida). Dekstrindan qon o‘rnini bosuvchi 2 ta critma tayyorlanadi - poliglukin va ropoliglukin:
- molckular massasi 60 000±10 000 bo‘lgan dekstrinning natriy xlordagi izotonik eritmasi, gemodinamik ta'sirli preparat
— molekular massasi 35 000±5 000 bo‘lgan dekstrinning natriy xlordagi eritmasi, Reopoliglukin - pastmolekular dekstrin eritmasi. U qon shakli elcmentlarining agregatsiyasini kamaytiradi va giperosmotik eritma bo‘lganligi uchun suyuqliklarni to‘qimalardan qon oqimiga o‘tishiga yordam beradi. Qimmatli qon almashtiruvchi eritmalarga yana oqsilli gidrolizatlar ham kiradi. Gidrolizatlar guruhi prcparatlaridan biri gidrolizin L-103 preparatidir.

Gidrolizin L-103 geterogen zardob yoki tirik hayvonlar qoni to‘Iiqsiz oqsil gidrolizatidir.


Uning tarkibiga barcha almashmaydigan aminokislotalar, shuningdck triftozan, 0,9% NaCl, 0,02% CaCl, va 2% glukoza kiradi. Gidrolizatga kolloid xossa berish uchun (og‘ir qon ketishlarda bu juda muhim) unga 10% go‘ogen zardob qo‘shiladi.
Tayyorlangan qon almashtiruvchi va fiziologik eritmalar kalsiy karbonat va cho‘kmalarni hosil bo‘lishdan saqlash uchun ba'zi bir ehtiyotkorliklami talab qiladi. Bu maqsadda avval hamma suvning 2/3- 3/4 qismi tayyorlanadi va o‘zaro hosil qilmaydigan tuzlar eritmalari sterillanadi, keyin sterillangan eritmaga aseptik sharoitda qolgan suvda eritilgan NaHC03 qo‘shiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin