Karaxtlikka qarshi eritmalar Odatda karaxtlikka qarshi eritmalar qon o‘rnini bosuvchi critma- larning turli xil dori moddalari bilan qo‘shilishidan iborat bo‘lib, karaxtlik holatlarida arterial qon bosimini ko‘tarilishida markaziy va vegetativ asab sistemasi faoliyatini, qon va to‘qimalar ximizmini tikla- nishiga yordam beradi. Karaxtlikka qarshi eritmalarni 3 ta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Oddiy karaxtlikka qarshi eritmalar tarkibiga tuzlar, glukoza va alkogol kiradi.
2. Tarkibida glukoza, alkogol, bro‘idlar va narkotiklar saqlagan murakkab karaxtlikka qarshi eritmalar.
3. Tarkibida glukoza, alkogol bro‘idlar, narkotiklar va qon zardobi bo‘lgan murakkab karaxtlikka qarshi eritmalar.
Birinchi guruhga kiruvchi eritmaga karaxtlikka qarshi SOLIPK suyuqligi misol bo‘lishi mumkin.
Tarkibi:
natriy xlond 7 g kaliy xlorid 0,2 g magniy sulfat 0,4 g glukoza 54,2 g spirt 96% 80 ml Veybel suyuqligi 3,3 ml suv 1000 ml gacha.aralashmasining davolashda faolligi bro‘idlar va narkotiklar bilan kuchaytirilgan. Misol tariqasida Asratyanning karaxtlikka qarshi suyuq- ligini kcltirish mumkin. Ru suyuqlik 2 xil ko‘rinishda bo‘ladi.
A eritma tarkibi:
natriy xlorid 8 g
natriy bro‘id 0,75 g
natriy gidrokarbonat 0,6 g suv 500 ml gacha.
B eritma tarkibi: uretan 0,6 g barbital 0,15 g kalsiy xlorid 1,5 g glukoza 17 g spirt 96% 15 ml suv 50 ml gacha.
Qonga yuborishdan oldin ikkala eritma ham 20-25°C gacha isitiladi (bundan oshmasligi kcrak) va qo‘shishdan oldin aralashtiriladi Uchinchi guruhga karaxtlikka qarshi eritmalari qovushqoq ko‘ponentlar qo‘shish bilan murakkablashtirilgan. Masalan: Belyakov va Petrov karaxtlikka qarshi eritmasi tarkibiga: natriy bro‘id 1 g kofein 0,2 g morfin 40 ml zardob 0,01 g sinkol 400 g kiradi.
Shu guruhning boshqa eritmasi - SOLIPK karaxtlikka qarshi eritmasi:
spirt rektifikati 50 ml glukoza 50 g tekodin 0,04 g
dcfibrinlangan zardob 200 ml suv 500 ml gacha saqlaydi.
Bu eritmalar tarkibida qon to‘irlarida uzoq vaqt saqlanuvchi sinkol va zardob borligi uchun organizmdagi aylanayotgan qon hajmi ortadi. Bu guruhning kuchsiz to‘oni shundaki, bularda buzilgan almashinuvni me'yorlashtiruvchi moddalar yo‘q.
Karaxtlikka qarshi eritmalarni tayyorlashda ham izotonik va qon almashtiruvchi eritmalarni tayyorlashdagi qoidalarga amal qilinadi. Spirt sterillangan eritmaga qo‘shiladi. Agar eritmalar ampula yoki gcrmetik berkitilgan idishlarda tayyorlansa, spirt sterilizatsiya paytida glukoza ishqoriy muhitda karamellanadi. Shuning uchun Asratyan karaxtlikka qarshi eritmasi yuqorida ko‘rsatilganidek, alohida 2 ta A va B eritma holida tayyorlanadi.