MAVZU: HAVODA QOTUVCHI BOG'LOVCHI MODDALAR Kirish Asosiy qism 2.1. Gips bog'lovchi moddalar haqida umumiy ma'lumotlar
2.2. Gips bog'lovchi moddalarning xossalari
2.3. Gips bog‘lovchi moddalarning qo‘llanilish sohasi.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Gips toshi jinslarini kuydirish natijasida olingan moddalar ananaviy mineral bog‘lovchi hisoblanib, insoniyatga bir necha ming yillardan beri ma’lumdir.
Gips bog‘lovchi moddalar nafaqat suvokchilikda, balki xajmli qurilish buyumlari olishda ham keng koʻlamda ishlatiladi. Bog‘lovchi modda olishda xom ashyo tabiiy tog jinslari (gipsli tosh jinslari, angidrit), va xamda tarkibida kalsiy sulfat bo‘lgan ishlab chiqarish chikindilari (fosfogips, borogips, oltingugurt ishlab chiqarishdagi chikindilar) xizmat qiladi.
Jahonda hammasi boʻlib 35-40 mln.t. gips bog‘lovchi moddalari ishlab chiqariladi, shundan 90% qurilish ishlarida ishlatiladi.
AQSH, Fransiya, Angliya, Ispaniya eng kup miqdorda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqaradigan davlatlar hisoblanadi.
Uzbekistonda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish Buxoro va Fargona viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Toshkent, Fargona, Samarkand viloyatlarida ishlab chiqarish chikindilaridan foydalanib gips ishlab chiqarish ustida ancha ishlar qilinayapti.
2.1. Gips bog'lovchi moddalar haqida umumiy ma'lumotlar Gips bog‘lovchi moddalar – bu kukunsimon mineral modda boʻlib, u asosan suvli sulfat kalsiyni degidratatsiyasidan xosil bo‘lgan mahsulotdir. Degidratatsiya – materialdagi kimyoviy va fizik birikkan suvlarning asta-sekin yukolishi va undagi moddalarning parchalanishidir.
Gips toshini, asosan, aylanma xumdonlarda, buglanish qozonlarida yoki avtoklavlarda pishiriladi. Amalda gipsni qozonlarda pishirib olish usuli keng tarkalgan. Pulat silindr va tikka ukka urnatilgan korgichdan iborat bo‘lgan qozonga kukun kilib tuyilgan gips solinadi. Qozonning diametri buylab turtta isitgich quvur oʻtkazilgan. Ular solinayotgan xom ashyo gipsni pishiradi va tayyor mahsulot qozon tagidagi galvir orkali gips yiguvchi xonaga tushadi. Ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatini 120-180o S da qizdirgandayok u uz xususiyatini uzgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yukolib, degidratatsiyalanadi. Bunda gips toshi 1,5 molekula suvni yoʻqotib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi, bu esa quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
0,5H2O + 1,5H2O* 2H2O = CaSO4 *SaSO4
Pishirish jarayonining davri va haroratiga qarab har xil turdagi pishirilgan gips bo‘ladi:
b - yarimgidrat (quruq muxitda 120-180o S haroratda xosil bo‘ladi, odatda aylanma xumonlarda va katta qozonlarda pishirib olinadi, markasi G-2-G-7);
a - yarimgidrat (suvli muxitda 80-180o S haroratda xosil bo‘ladi, odatda avtoklavda pishiriladi, markasi G-10-G-25).
150o S dan yuqori haroratda quruq muxitda pishirilganda kristallsimon b yarimgidrat xosil bo‘ladi, unda tolasimon, yorikli yuzalari kuprok bo‘ladi. Qurilishda ishlatiladigan gips bog‘lovchi moddalar asosan b - yarimgidratdan iborat bo‘ladi, tarkibida ogirligi bo‘yicha 1% gacha suv boʻlishi mumkin. U tez suvni shimish va qotish xususiyatiga egadir.
Qolipbop gips (a - yarimgidrat) yaxshi kristallangan tuzilishga ega bo‘ladi, lekin qotishini boshlash davrida jarayon sekinrok boradi.
Gips toshini 350-800o S haroratda pishirilganda, undan angidrit SaSO4 xosil bo‘ladi. U tarkibiga aktivator (kotirish xususiyatini oshiradigan) modda qoʻshilgandagina qotish xususiyatiga ega bo‘ladi (aktivatorlar - kaliy sulfat, natriy sulfat, rux sulfat yoki alyuminiy sulfat ogirligidan 3% miqdorida, xamda portlandsement yoki kalsiy oksid ogirligidan 5% miqdorida qo‘shiladi).
Qizdirish vaqtida harorat 600o S dan oshganda kalsiy sulfatni parchalanishi boshlanadi:
CaO + SO2 + 1/2O2®CaSO4
Xosil bo‘lgan modda estrix-gips deyiladi, uni tarkibida CaSO4 dan tashkari kalsiy oksidi xam xosil bo‘ladi. U juda yuqori mustaxkamlikka ega bo‘ladi va 19 Mpa dan kup boʻlishi mumkin