O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Tarozilarning tuzilishi va ularni bog‘lashni 0‘rganish



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə129/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Tarozilarning tuzilishi va ularni bog‘lashni 0‘rganish
Dorixona sharoitida asosan qo‘l va posongili tarozilar qo‘llaniladi. Ular o‘zining aniqligi bo‘yicha ikkinchi sinf texnik tarozilar qatoriga kiradi. Qo‘l tarozilar 1 g, 5 g, 10 g, 20 g, 100 g va 200 g, posongili tarozilar 500 g va 1000 g li bo‘ladi.Qo‘I tarozilar quyidagi qismlardan: halqa, strelka, ustun, yelka, zirak, ipak ip va palladan iborat bo‘ladi.Posongili tarozilar esa quyidagi qismlardan tuzilgan: uchta prizma, yelka, tayanch ustun, strelka, shkala, zirak, metall ip, palla, stolcha va strelkani harakatlantiruvchi burchak.Dorixona sharoitida har bir xodim, avvalo, qo‘1 tarozisi qismlarini yig‘ib, keyin uni bog‘lashni bilishi kerak. Bu jarayon quyidagicha bajariladi: tarozi yelkasi uzunligiga tcng qilib 4 ta ipak ip qirqib olinadi. Ipning bir uchi tugiladi, ikkinchi uchi esa tarozi pallasining tashqi to‘lonidan ichki to‘loniga o‘tkaziladi.
Mavzu: Retsept, uning tuzilishi. Dorixona idishlari va qadoqlovchi yordamchi vositalar.
Reja:
1.Retseptningtuzilishi. Retseptningahamiyati va turlari.
2.O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining retsept to‘g‘risidagibuyrug‘i.
3.Retsept yozishqoidasi. Dorixonada retsept qabulqilishvaularni saqlash tartibi.
4.SHisha va chinni idishlar, shtanglaslar.
Dorixona Sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas tarkibiy qismidagi tibbiyot muassasasi bo lib u aholini davolash - profilaktika muassasalari- ni (DPM) va boshqa tashkilotlarni uzluksiz ravishda dori vositalari sanitariya-gigiyena buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parva- rish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan ta'minlash bilan shug‘u1lanadi.
Dorixonalar asosan dori tayyorlash, ta'minot, savdo, moliya va Xom- jalik ishlari bilan shug‘ullanib, ularni ishlab chiqarish faoliyati shifo- korlar to‘lonidan yozib berilgan retseptlari DPMIarning talabno‘lalari asosida dori vositalarini tayyorlab beradi. Katta miqdordagi ayrim dori vositalari laboratoriyada - qadoqlash usuli bilan tayyorlanadi, ularning sifati nazorat qilinadi va tayyor dori vositalari aholi va DPMIarga sotiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, Res- publika Vazirlar Mahkamasining 1994-yil U-martdagi 132-sonli Qarori asosida rcspublika «Dori-darmon» davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi, shu qarorlar asosida mulkchilikning xususiy jamoa hamda aksioner dorixonalar uyushmasi tashkil etildi.
Dorixonalar maxsuslashtirilgan bo‘ladi chunki, maxsuslashtirilgan dorixonalar aholini va DPMlarning yuqori sifatli faoliyatini ta'minlash xizmatiga ega bo‘ladi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko‘r- satkichlari bilan farq qiladi:
1. Tayyor dori vositalarning oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;
2. Ta'minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo shifoxonalararo dorixonalar;
3. Aholida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan, bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;
4. Sotilayotgan dorilarning maxsus guruhlarga xos dori vositalari, dorivor o‘simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar go‘leopatik dori- xonalar va maxsus kasallarni davolashga ixtisoslashtirilgan. (Teri-tanosil, ruhiy va diabet kasalliklari uchun dorixonalar).
Shuningdek, o‘quv ishlab chiqarish dorixonalari bo‘lishi mumkin. Aksionerlik dorixonalar esa, o‘z faoliyatlarini ko‘rsatishda tuman, shahar va qishloq hududida joylashib, aholiga dori vositalari hamda boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi.
Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shahar, qishloq, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki, retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta'minlab turadi.
Maxsus bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar asosan, katta shahar- larda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori Xoml- ashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar bo‘lishi zarur, shu- ningdek, tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalardan ta'mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar asosan yoshi ulug‘ insonlarga xizmat qilish uchun maxsuslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalar qariyalarni yoshi, ruhiy, fiziologik holatlarini e'tiborga olib tegishli tartibda shifokorlar to‘lonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dorilarni saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalarini qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi.
Geriatrik dorixonalar shu toifadagi dori vositasi bilan ta’minlanayot- ganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va shularni dorixonada uzluksiz ravishda bo‘lishini ta'minlaydi.
Dorivor o‘simliklar dorixonasi, odatda, yirik shaharlar va viloyat markazlarida aholini dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalar: damlama, qaynatma holida shifokorlar retsepti bilan va retseptsiz har
xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab aholi uchun foydali va nisbatan bczarar bo‘lgan dori vositalari bilan ta'minlash uchun tashkil qilinadi.
Bu dorixonalar retsepturasining o‘ziga xos murakkablik to‘lonlari ham mavjud chunki, ayrim yig‘malarning tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar Xomlashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malarni belgi- langan tartib asosida amalga oshirilishi, farmatsevtdan o‘ziga xos bilim va mahoratni talab etadi.
Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalarga bo‘lgan aholining ehtiyojini qondirish maqsadida ayrim hollarda farmatsevtlar va shifokorlar hamkorligida dori vositasi - choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonaning alohida bo‘limlari va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin.
Hozirgi kunda csa, respublika SSV qoshidagi litsenziya hay'ati to‘lonidan bunday dorixona yoki bo‘limlar ochishga ruxsatno‘la berilib bormoqda, chunki bunday dorixonalarni bo‘lishi aholi uchun foydali va iqtisodiy to‘londan csa arzon dori shakli bo‘lib, ahoiining ehtiyojini bunday dori vositalarga qondirishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Go‘lcopatik vositalar muo‘lalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham maxsuslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ham ma'lum dara- jada aholini o‘ziga xos go‘lcopatik retseptlar asosida tayyorlangan dori vositalari bilan ta'minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalarni iloji boricha, geriatrik bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan maxsus davolash va davolash — profilaktika muassasalari yaqinida bo‘lishi maq sadga muvofiqdir.
Go‘leopatik dorixonalarda dori vositalari, asosan tayyor dori vositalari shaklida bcriladi. Lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstem- poral holda ayrim dori vositalarni tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish mumkin, alohida maqo‘ga ega bo‘lgan go‘leopatik dorixonalar respub- likamizda tashkil ctilgan emas, lekin ma'lum dorixonalarda alohida go‘lcopatiya bo‘limi sifatida tashkil qilingan. Ta'kidlash lozimki, Toshkcnt Farmatscvtika institutining dori turlari texnologiyasi kafedra- sida ko‘plab go‘leopatik dori shakllari texnologiyasi, ayniqsa respublika- mizda mavjud bo‘lgan Xomlashyolardan asos sifatida bo‘lib, amaliyctda qo‘llash uchun tayyorlab, texnologik jarayonlar yaratilgan.
O‘quv ishlab chiqarish dorixonalari asosan yosh mutaxassislarni yoki yuqori kurs talahalarini ishlab chiqarish yoki magistratura amaliyoti
mashg‘ulotlarni o‘tkazish yoki farmatsevtlarni malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga aholini va DPMlarni dori vositalari va boshqa tibbiy ashyolar bilan ta'minlab turish ishlarini ham amalga oshiradi.
Ushbu dorixonalarda o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun qo‘shimcha xonalar bo‘lib, bu xonalar esa o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va boshqa anjo‘llar bilan jihozlanadi. 0‘quv - ko‘lputer xonalari, zamonaviy pcdagogik texnologiyalarga oid masofali o‘qitishga mo‘ljallangan tcxnika vositalari, o‘quv adabiyotlari va tegishli me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlanishi maqsadga muvofiq.
O‘quv ishlab chiqarish dorixonalari ilmiy izlanishlar yoki ilmiy izia- nishlar samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq etishga ham mo‘ljallangan holda qurilib, tashkil etiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin