O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Og‘irlik bo‘yicha dozalarga bo‘lish



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə127/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Og‘irlik bo‘yicha dozalarga bo‘lish
Ma'lumki, deyarli hamma dori turlarini tayyorlashni yordamchi yoki qo‘shimcha moddalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Dori tayyorlash jarayonida farmatsevt bir-biriga bog‘liq bir qancha bevosita kompleks operatsiyalardan foydalanadi. Bulardan asosiylari deyarli kundalik ishlaridan biri, dorivor va yordamchi moddalarni tortish, o‘lchash va qadoqlashdir. Tortib yoki o‘lchab olinadigan dorivor moddalar, dozalarga juda ham aniqlik bilan bo‘linishi kerak.
Dorixona sharoitida dozalarga ho‘lishning 3 xil usuli ishlatiladi.
1. Tortib olish.
2. Hajm bo‘yicha o‘lchash.
3. To‘lchi bo‘yicha o‘lchash.
Eng ko‘p ishlatiladigani tortib olish usuli hisoblanib, u juda keng qoMlaniladi Tortish usuli qadimdan ishlatib kelinadigan usul bo‘lib, bunda asosan o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Ularning tuzilishi va shakli turlichadir.
Rossiyada savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi natijasida har xil tarozilardan foydalanilgan 1738-yilda Peterburg fanlar akademiyasining a'zosi L. Eyler tarozilar nazariyasini ishlab chiqdi. 1818-yilda o‘nli, 1831-yilda yuzli, XIX asrlar ikkinchi yarmida shkalalj, platformali tarozilar, avto‘lat, yarim avto‘lat, kvadrat va prujinali tarozilar ishlab chiqarila boshlandi.
Tarozilar turi.
Dorixonalarda 0,02 dan 100 grammgacha og‘irlikdagi sochiluvchan dorivor moddalar va yordamchi moddalarni tortishga moMjallangan VR-I dan VR-100 gacha bo‘lgan qo‘1 tarozilari ishlatiladi. Qo‘l tarozilarining pallasi plastmassa, chinni yoki mctalldan yasalgan bo‘ladi. Ular tuzilishi bo‘yicha teng yelkali richag qoidasiga asoslangan bo‘lganligi uchun ularning tayanch nuqtasi o‘rtada bo‘lishi kerak. Tarozining ko‘rsatkichi (stretkasi) richag o‘rtasida tik joylashgan bo‘lib, o‘tkir uchi yuqoriga qaragan bo‘ladi. Tarozi pallalari shayinning uchlariga 3-5 sm uzuntikdagi ipak ip yordamida osiladi Qo‘1 tarozilarini ishlatish vaqtida tarozi xalqasini chap qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari yordamida ushlab, keyingi ikki barmoq orasida ko‘rsatkichning chap yoki o‘ngga og‘ishini sezish mumkin. Bu esa tortish jarayonini tez va to‘g‘ri bajarishga undaydi. Tarozining chap pallasiga tosh, o‘ng pallasiga tortiladigan yuk qo‘yiladi. Tortish vaqtida oldin katta toshlar qo‘yib boriladi. Tarozilarni ishlatib bo‘lgandan kcyin, ular uzoq xizmat qilishi uchun pallalarning birini ikkinchisini ustiga ustma-ust joylab qo‘yiladi. Sochiluvchan kukunlar odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri pallada tortilib, o‘yuvchi kuchli oksidlovchi moddalar, ishqorlar, yod, kaliy permanganat - pallaga pergament qog‘oz, quyuq ekstraktlar esa filtr qog‘oz qo‘yib o‘lchanadi. Kukun dori tortish vaqtida tarozining iplariga bo‘yovchi modda tegib ifloslanmasligi va chang hosmasligiga harakat qilish kerak va to‘q rangli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin