O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə130/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
Dorixonada farmatsevtlar shifokorlar to‘lonidan yozilgan retsept asosida DPMIarning lalabno‘lalari va boshqa tashkilotlarning buyurtma- lariga muvofiq dori vositalarini tayyorlab beradilar, yoki tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar, aholiga tayyorlab beriladigan ekstemporal dori vositalari, hamda tayyor dori vositalarning sifatini nazorat qiladilar va tegishli tartibda ularni rasmiy- lashtirilgan holda tashqi to‘londan bezalishiga c'tibor beradilar.
Shuningdek, dorixonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mos ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
1. Tibbiyot xodimlarining oTtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g‘risida ma'lumot berish, birorta dori vositasi bo‘lmay qolganda uning o‘rnini bosuvchi dori vositasini taklif qilish, bu dori turlarini ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to‘g‘risida obyektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini oTkazadilar;
2. Ayrim hollarda o‘zlarida vaqtincha yo‘q dori vositalarining boshqa dorixonalarda mavjud ekanligi aytilib, uning manzili bemorga tushuntiriladi;
3. Dorivor o‘simliklarning Xomlashyosini terish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiriladi, xuddi shunday ishlarga biriktirilgan dorixona shoxobchalarini ham jalb etadilar;
Retseptlar va uni yozish qoidasi
Retsept shifokorning farmatsevtga xat orqali qilgan murojaati bo‘lib, unda bemor doridan qanday foydalanishi kcrakligi ko‘rsatiladi. Rctsept deyarli barcha mamlakatlarda lotin tilida yoziladi.
Rctscptni yozishda shoshmaslik va juda ehtiyot bo‘lish talab etiladi, chunki pala-partish va noto‘g‘ri yozilgan retsept dori tayyorlashni kcchiktirishi, qiyinlashtirishi, qo‘pol xatoga yo‘1 qo‘yilganda esa, baxtsiz hodisa ro‘y berishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham retscpt yozishga alohida e'tibor berish lozim. Shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari retsept yozganda Sog‘iqni saqlash vazirligi to‘lonidan tasdiqlangan retsept yozish qoidalariga amal qilishlari shart.
Retscpt faqat tibbiyot nuqtayi nazaridan emas, balki yuridik, texnik va Xomjalik jihatidan ham ahamiyatlidir.
Dorilarning to‘g‘ri tayyorlanganligini tekshirish uchun retsept asosiy hujjat hisoblanadi, shuning uchun u yuridik hujjatlarga qo‘yiladigan talablar asosida yozilishi kerak. Ikkinchidan, dorivor moddalarni olib, qaysi turdagi dorini tayyorlash kerakligi texnologik va texnik ahamiyatga ega. Uchinchidan, retsept Xomjalik hujjatlaridir, ya’ni retseptlarga ko‘ra ikkinchi darajali dori moddalar ro‘yxatdan o‘chiriladi.
Retseptlaming hammasi bir xil nusxadagi va bir xil razmerdagi (8,5x15 sm) blankalarga yozilib, yuqori qismida tibbiyot muassasasining no‘li, manzili va telefon no‘leri ko‘rsatilgan bo‘ladi. Retseptni xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi shifokor yozsa, uning familiyasi, uy adrcsi va tclcfon no‘leri ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Retsept siyoh bilan aniq, ravon va tushunarli qilib yozilishi kerak. Unga hech qanday o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Retsept quyidagi asosiy qismlardan tashki! topadi:
Sarlavha (Inscriptio) da quyidagilar bo‘ladi: bemor familiyasi (no‘lcn aegroti): retsept yozilgan kun (datum): shifokor familiyasi (no‘len mcdici), shifokorning farmatsevtga murojaati (invocatio): dori moddalar no‘li (designatio metriarum); dorini tayyorlash va bcrish haqidagi ko‘r- satma (subsriptio) shifokor imzosi (subscription medici).
Shifokorning farmatsevtga murojaati qaratqich kelishikda yoziladi. (Resipc - «ol» ma'nosini anglatadi) va qisqacha Rp.: shaklida ifoda qilinadi. Rctseptga kiradigan dori moddalarning har biri lotin tilida yangi qatordan, ta'siri kuchli preparatlar csa birinchi navbatda yoziladi. Dorilarning no‘lini qisqartirmasdan yozish kcrak, hech qanday shubha tug‘ilmaydigan hollardagina qisqartirishga ruxsat etiladi. Qisqartirilib yozilgan rctseptni o‘qishda qiynalish va ayrim hollarda xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin.
Masalan, rctsept Natr. Sulfur. deb qisqartirib yozilgan bo‘lsa, uni uch xil ma'noda o‘qish mumkin: 1) Natriy sulfas - natriy sulfat (Na^SOJ; 2) Natrium sulfuratum - natriy sulfid (Na,S); 3) Natrium sulfurosum - natriy sulfat (Na,S03). Vaholanki, bu uch xil modda har xil xossalarga ega va ularning ta'siri ham turlichadir. Bundan xulosa shuki, zaharli va kuchli ta'sir ctuvchi moddalarning no‘llarini rctseptda qisqartirib yozish aslo mumkin emas.
Bir qancha dori moddalar retseptda bir xil miqdorda beriladigan baMsa, so‘nggi dori miqdorini ko‘rsatuvchi son oldiga aa (ana) belgisi qo‘yiladi, bu bclgi bab-baravar degan ma'noni bildiradi.
Shifokor ayrim hollarda ta'sir ko‘rsatmaydigan qo‘shimcha moddalar miqdorini retscptda ko‘rsatmay, uni farmatsevt ixtiyoriga havola qiladi va bunday hollarda q.s. (kuantum satis - kcrakligicha) deb yozib qo‘yadi.
Retscptga kiradigan suyuqliklar 1 g dan kam bo‘lsa, ularni to‘lchi- larda yoziladi va dori moddaning no‘lidan kcyin gtt. (guttas - to‘lchi) so‘zi bilan ifodalanadi, to‘lchi miqdori csa rim raqami bilan ko‘rsatiladi. Masalan, gtt.Il; gtt.IV va hokazo (ikki to‘lchi, to‘rt to‘lchi).
Bir xil moddadan tashkil topgan rctsept oddiy rctscpt va bir necha xil moddalardan tashkil topgan rctscpt murakkab retsept deb ataladi.
Murakkab retseptlarning tarkibiga kiradigan moddalarni quyidagicha ajratish mumkin: 1) basis - asosiy yoki retsept tarkibidagi eng muhim modda; 2) adjuvans - dori ta'sirini kuchaytiruvchi yoki kamaytiruvchi qo‘shimcha moddalar; 3) corrigens - dorining mazasi yoki hidini yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan moddalar; 4) constituens - doriga ma'lum shakl (forma) berish uchun qo‘shiladigan, organizmga deyarli ta'sir qilmaydigan moddalar (suv, qand va boshqalar). Murakkab retscptlarning hammasida yuqorida ko‘rsatilgan moddalar bolishi shart emas, ayrim hollarda bir xil modda ayni bir vaqtda ikki xil vazifani bajarishi mumkin. Masalan, resteptda kodein bilan qand yozilgan bo‘lsa, qand juda oz miqdorda yozilgan kodcinning hajmini ko‘paytirish bilan birga, dorining taxir mazasini ancha yo‘qotadi.
Retseptning dori tayyorlash haqidagi qismida dorini qaysi shaklda, qanday upakovkada yoki idishda berish haqida ko‘rsatma beriladi (ampulada, poroshok holida, qog‘oz xaltachada, qora shishada va hokazo). Dorini bemor qanday qilib va necha marta qabul qilishi haqidagi ko‘rsatma retseptda S (signa, signetur - belgilar, ko‘rsatma) harfi bilan ifodalanib, odatda mahalliy tilda yoziladi.
Rctsept bolalar yoki yoshi 60 dan oshgan kishilar uchun yoziladigan bo‘lsa, albatta bcmorning yoshi ko‘rsatilishi kcrak, chunki bu rctseptda ko‘rsatilgan dozani tekshirishga imkon beradi. Shifokor retseptni o‘zi uchun yozgan bo‘lsa, pro me (men uchun) yoki pro autore (avtor uchun) deb ko‘rsatishi mumkin.
Zaharli dori moddalar («A» ro‘yxati) va etil spirti saqlovchi retseptlar shifokorning shaxsiy muhri (rctsept xususiy praktika bilan shug‘ullanuvchi shifokor to‘lonidan yozilsa), yoki davolash muassasa- sining muhri (dumaloq yoki uchburchak) bilan tasdiqlanishi kerak. Relseptda yozilgan dori tarkibiga narkotik moddalar kirsa, retsept Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rsatmasiga binoan maxsus blankalarda yozilishi shart. Bitta retsept blankasiga zaharli modda saqlovchi dori turidan faqat bittasini, boshqa dori turlaridan esa ikkitasini yozishga ruxsat etiladi.
Ba'zan retseptda shifokor to‘lonidan ayrim belgilar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «Sito» - tez!; «Citessimc» - tezroq!; «Statim» darhol, o‘sha zahotiyoq!; «Periculum in mora» - kechiktirish hayot uchun xavfli!; «Antidotum!» - ziddi zahar! Retseptlarning bir qanchasida «tez» deb belgilanganlari bo‘lsa, birinchi navbatda ular ziddi zahardir, shuning uchun kislorod, tez yordam ko‘rsatish dorilari, yurak kasalliklarida qoilaniladigan dori-darmonlar va boshqalar berilishi kerak.
Ayrim hollarda bir xil dorini bemorga qayta yozishga to‘g‘ri keladi. Bunda shifokor retseptni qayta yozmasdan, retseptning eng yuqori burchagiga (odatda hamma qo‘shimcha so‘zlar shu holda yozilishi kerak) «Rcpct.» (Repetatur - qaytarilsin, takrorlansin) deb yozib qo‘yishi mumkin. Bunday holda u Rcpetatur so‘zini o‘z imzosi bilan tasdiqlashi zarur. Bcmorlar bitta retsept bilan takror dori olmasligi kerakligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, shifokor retsept tepasiga «non repctatur» (qayta- rilmasin, takrorlanmasin) deb yozishi kcrak.
Tarkibida narkotik moddalar va etil spirt saqlaydigan dorilar retsep- tiga qaytarilsin deb yozilmay (qayta olish bcmor uchun bo‘lsa), balki yangi blankaga boshqa retsept yozib bcriladi.
Bitta blankada ikkita retsept yozilgan bo‘lsa, ularni «#» belgisi bilan ajratish lozim. Rctsept blankaning bir to‘loniga sig‘masa, u holda ikkinchi to‘longa (orqasiga) davo‘l ettiriladi va 1-bct oxiriga verte (orqasini o‘giring) deb yoziladi. Zaharli moddalar va ularni saqlovchi dorilarga yozilgan rctseptlar odatda dorixonada olib qolinadi va kamida 2 yil saqlanadi. Bu holda dori bilan birga retscpt nusxasi (signatura) beriladi. Signatura toza, to‘g‘ri ko‘chirilgan bo‘lishi kcrak. Qolgan hamma dorilaming retscptlari dorixonaning dori bcrilganligi haqidagi belgisi bilan bemorlarga qaytariladi.
Tarkibida zaharli va kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi moddalar bo‘lgan retseptlar yozilgan kunidan boshlab 30 kun davo‘lida o‘z kuchini saq- laydi. Bu muddatdan keyin retsept dorixona to‘lonidan qabul qilinmasligi va dori tayyorlab berilmasligi mumkin.
Noto‘g‘ri yozilgan har bir retsept uchun shifokor javobgardir.
Retseptlarning to‘g‘ri yozilishini nazorat qilish dorixonaga yuklangan. Retscpt yozish qoidalariga oid talablardan chetga chiqilgan va retseptda bir-biriga mos kelmaydigan dori moddalar yozilgan bo‘lsa, unday retscptlar bo‘yicha dori tayyorlanmaydi Rctseptni yozgan shifokor yoki davolash muassasasining bosh shifokori bemorga darhol kcrakli retseptni to‘g‘rilab yozib bcrishi shart.
Dorixonaga noto‘g‘ri yozilgan retsept kclsa, undan 2 nusxa ko‘chirma olinadi. Asosiy retseptnmg ustiga «yaroqsiz retscptw deb yozib, bemor- ga qaytarib beriladi. Ko‘chirmaning bir nusxasi dorixonada bir yil mobaynida saqlanadi. Ko‘cbirmaning ikkinchi nusxasi esa darhol retsept yozilgan tashkilotning bosh shifokoriga, agar o‘rta tibbiyot xodimi yoki xususiy praktika bilan shug‘ullanuvchi shifokor yozgan bo‘lsa, tegishli chora ko‘rish uchun mahalliy Sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh shifokoriga, yoki mahalliy Sog‘liqni saqlash fashkilatining boshlig‘iga yuboriladi.
Ichiladigan dorilar idishiga oq, sirtga qo‘llaniladiganlarga sariq yoki qizil va parcnteral (inyeksiya qilinadigan) dorilarga yashil yoki ko‘k signaturalar yopishtiriladi. Bundan tashqari, har qaysisini o‘ziga mos rangdagi yorliq («Ichiladigan», «Sirtga», «Teri ostiga» va «Venaga») bilan ta'minlash kerak.
Bemor dorini chtiyotlik bilan ishlatishi kerak bo‘lsa, dori solingan idishga tcgishli so‘zlar yozilgan qo‘shimcha yorliq yopishtiriladi. Masalan, «Salqin joyda saqlansin», «Ishlatish oldidan chayqatiladi», «Qorong‘i yerda saqlansin» va hokazo.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin