Dispersion usijl bilan suspenziyalarni tayyorlash Chayqatiladigan miksturalar qo‘pol dispersli moddalarning suspen- ziya holatigacha maydalanishi quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Mexanik dispergirlash. 2. Elektr yordamida dispergirlash - Volt yoyida metallni arralash bilan. 3. Ultratovush yordami bilan dispergirlash. 4. Kimyoviy yo‘l - pcptizatsiya bilan dispcrgirlash.
Dorixonalarda suspenziyalar mexanik dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. Qolgan usul zavodlarda qo‘llaniladi. Mikstura osilmalarda dispers darajasini oshirishda - cng oddiy usul, mcxanik dispergirlash usuli boiib, hovonchada suyuq hoilanuvchi muhitda moddalarni mayda- lashdir. Kukunlarni quruq hovonchada ezilganda 50±5 mkm dan kam boigan zarrachalar olish mumkin cmas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo‘shilganda zarrachalarni katta-kichikligini 5-0,1 mkm gacha yetkazish mumkin Bu quyidagicha tushuntiriladi: maydalanadigan moddalar qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo‘laklarga bo‘lish xossasiga asoslanib, suyuqlik moddalarni mayda tcshiklarga kirib olib, ularni kengaytiradi va yana ham maydalanishiga olib keladi. Bu hodisa taniqli olim Rebendcr no‘li bilan suratda ko‘rsatilgan.
Qo‘llaydigan suyuqlik kichik teshikning og‘ziga kirib, suyuq pona hosil qiladi, undan keyin himoya parda mustahkamligini kamaytiradi va ponasimon bosim PR hosil qiladi, qaysi biri qarama-qarshi ichiga botgan, tortib bog‘angan chiziqqa - meniskka yo‘nalishida harakatlanadi. Bu laplas bosimi Px deb no‘llangan va Pp dan anchagina katta. Shunday qilib, moddalar parchalanishini osonlashtiradi va yaxshi natijalar beradigan kuchdir. B. V. Deryagin aniqlashicha, 1 g qattiq moddaga 0,4-0,6 ml suyuqlik (40-60%) qo‘shilganda suyuq muhitda yuqori darajada dispergirlash vujudga keladi. Dispersion usul bilan mikstura- suspenziyalar juda ko‘p tayyorlanadi - ularni chayqatiladigan miksturalar (Mixturae agitandae) deb ataladi. Bunday miksturalarning barchasiga «Ichishdan oldin chayqatilsin», dcgan yorliq yopishtiriladi.
Mavzu: Gidrofob va gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash. Reja: 1.Gidrofob va gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
2.Suspenziyalar turg‘unligini oshiruvchi stabilizatorlar.
3. Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash