O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Standart farmakopeya suyuqliklari



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə149/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Standart farmakopeya suyuqliklari
Standart Farmakopeya suyuqliklarini suyultirish suyuqlikdagi dorivor moddaning miqdoriga va retseptdagi talabga ko‘ra amalga oshiriladi. Farmakopeya suyuqliklaridan tayyorlangan dori shakllari, bevosita bemor qo‘liga beriladigan flakonda tayyorlanadi, kcrak bo‘lgan hollardagina suziladi.
Standart Farmakopeya suyuqliklari deb, kislota, ishqor va tuzlarning aniq konsentratsiyada korxonada tayyorlangan va DFda alohida maqola berilgan suvli eritmalarga aytiladi. Standart eritmalar suv bilan yaxshi aralashadi, ularni suyultirish SSV ning 582-buyrug‘i asosida olib boriladi.
Standart Farmakopeya suyuqliklarini suyultirish 3 guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
1. Xlorid kislotasini suyultirish.
2. Ammiak eritmasi va sirka kislotasini suyultirish.
3. 2 xil no‘lga (shartli va kimyoviy) ega bo‘lgan standart suyuqlik- larni suyultirish.
Standart Farmakopeya eritmasida preparatning faqat kimyoviy no‘li yozilgan yoki nostandart konsentratsiyasi ko‘rsatilgan miqdori hisobga olinadi. Agar eritma shartli no‘l bilan atalgan bo‘lsa, u eritma konsen- tratsiyasi 100% deb hisoblanadi.
Kimyoviy no‘li
Aluminiy atsetatning 8% li eritmasi Konsentrlangan vodorod peroksid eritmasi - 27,5 - 31,0% Formaldcgid eritmasi - 36,5-37,5%
Kaliy atsetat eritmasi - 33-35%
Rp: Solutionis Formaldehydi 3% - 100 ml. D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Eritma kimyoviy no‘l bilan ko‘rsatilgan. Standart Farmakopeya eritmasida formaldcgidning miqdorini hisobga olib (37%), flakonga 91,9 ml suv va 8,1 ml formalin quyiladi.
Rp: Solutionis Formalini 5% - 200 ml D. S. Sirtga ishlatish uchun.
100-37
x - 3.
x=100
Eritma shartli no‘l bilan ko‘rsatilgan Farmakopeyadagi critmada formaldegid miqdorini hisobga olib (37%), flakonga 190 ml suv va 10 ml formalin quyiladi. Bordi-yu, formalindagi formaldegid miqdori 36,5—37,5% dan kam bo‘lsa, masalan, 34% bo‘lsa, u holda eritmadagi formaldegidning sof miqdori hisobga olinadi.
Buning uchun qayta hisob koeffitsiyenti aniqlanadi: 37:34=1,08. Bu son Farmakopeya standart formalindan olish kerak bo‘lgan songa ko‘paytiriladi. Bu holda 34% formaldegid saqlagan formalindan 11 ml olish kerak bo‘ladi (10 x 1,08 = 10,8 ml)
Rp: Solutionis Hydrogenii peroxydi 2% - 100 ml D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Eritma kimyoviy no‘l bilan atalgan. Dori tayyorlash hisobida Farmakopeyada ko‘rsatilgan preparatdagi vodorod peroksidning sof miqdori e'tiborga olinadi. Flakonga 33,4 ml suv va 66,6 (67 ml) 3% li vodorod peroksid qo‘shiladi.
Agar retseptda vodorod peroksid konscntratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 3% eritma tushuniladi. Dorixonada 3% li vodorod pcroksid tayyorlash uchun stabilizator tariqasida unga 0,05% li natriy benzoat qo‘shiladi.
Rp: Perhydroli 5,0
Aquae purificatae 15 ml M. D. S. Sirtga ishlatish uchun
Flakonga 5 g pcrgidrol va 15 ml tozalangan suv quyiladi.
Xlorid kislotaning turli konsentratsiyasidagi eritmalari uning 8,3% li suyultirilgan kislotasidan tayyorlanib, uni birlik sifatida qabul qilingan. Agar retseptda kislota konsentratsiyasi ko‘rsatilmasa, suyultirilgan xlorid kislota tushuniladi.
1. X DFda xlorid kislotaning 2 xil eritmasi keltirilgan:
Acidum hydrochloricum 24,8-25,2%


Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin