Surtmalarning tasniflanishi Surtmalar tibbiyotda qo‘llanishiga qarab tasniflanishi mumkin. Ammo surtmalarda foydalaniladigan surtma asoslarini hisobga olgan holda fizik-kimyoviy tuzilishi bo‘yicha tasniflanish surtmalar to‘g‘risida aniqroq ma'lumot beradi. Surtmalar retsepti xilma-xildir. Bu bir to‘ondan surtma asoslarining ko‘pligi, ikkinchi to‘ondan surtma tarkibiga kiruvchi dori moddalarning xilma-xilligi bilan tushuntiriladi.
Bu moddalar har xil eruvchanlikka ega. Ulardan ba'zilari yog‘arda yaxshi erisa, boshqalari aksincha, yog‘tarda yaxshi erimaydi, ammo suvda (glitserin, spirtda) yaxshi criydi, shuningdek ba'zi guruh dorivor moddalar borki, ular suvda ham, yog‘da ham erimaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dorivor moddalarni eruvchanligiga qarab surtma asoslariga kiritish yo‘lini tanlash maqsadga muvofiqdir.
Surtmalarning asos tipi bo‘yicha tasniflanishi 1. Gidrofob asosli surtmalar.
2. Gidrofil asosli surtmalar.
3. Emulsion (difil) - asosli surtmalar:
a) suv/yog‘ tipidagi emulsion asosli surtmalar,
b) yogVsuv tipidagi emulsion asosli surtmalar.
Dispers sistcmalar bo‘yicha surtmalarning tasniflanishi.
1. Go‘ogen surtmalar: a) qotishma tipidagi surtmalar, b) eritma tipidagi surtmalar, d) ekstraksion surtmalar.
2. Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b) uch va ko‘p fazali sistcmalar.
3. Emulsion surtmalar: a) suv/yog‘ tipidagi emulsion surtmalar, b) yog‘/suv tipidagi emulsion surtmalar.
4. Aralash tipdagj surtmalar.
Go‘ogen surtmalar gurubiga o‘zaro eruvchan dorilarni asosda eritish bilan hosil bo‘lgan yog‘li surtmalar, surtma asosida erigan dorilardan hosil bo‘lgan surtmalar va dorilarni surtma asoslari tarkibiga ekstraksiya yo‘li bilan kiritilgan surtma turlari kiradi. Surtmalarning bu guruhchasi dorilar va surtma asoslari o‘rtasidagi oraliq fazasining yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Biroq bunday surtmalarni to‘liq go‘ogen sistema deb qarash xato bo‘ladi, chunki surtma asoslarning o‘zi turli xil mikro- va ultramikrokristallik qo‘shimchalardan iborat bo‘lishi mumkin. Surtma suspenziyalar tarkibiga esa suv va yog‘da erimaydigan dori moddalar kiradi.
Rezortsin, pirogallol, rux sulfat, simob dixlorid suspenziya yo‘li bilan kiritiladi, bu moddalar suvda eriydi, ammo suvda eritib kiritilsa, teriga zararli ta'sir ko‘rsatadi.
Yana shunday moddalar suspenziya yo‘li bilan kiritiladiki, ularning erishi uchun ko‘p miqdorda suv talab qiladi; bularga natriy tetraborat, bor kislotasi kiradi. Suspenzion surtmalar tarkibida bitta va undan ortiq dori moddalar bo‘lishi mumkin, lekin ularning har biri o‘z oraliq faza chegarasiga egadir. Xuddi mana shu xususiyatga asoslangan holda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko‘p fazali sistemalarga bo‘linadi.
Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralash- masida eruvchi dori moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi sababli hosil bo‘lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo‘lib, undagi dispers muhit moyli asos hisoblanadi.
Ko‘pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular yetarli darajada yuqori dispers va turg‘un bo‘ladi. Lekin shunday surtmalar ham borki, ular dispers muhitning yuqori qovush- qoqligi sababli turg‘undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik to‘lchilardan iborat bo‘ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashkil topgan bo‘ladi.