(2-ilova) MASHQ usuli O‘rganilayotgan materialni amaliyotda qo‘llash maqsadi bilan muntazam tashkillashtirilgan ko‘p takrorlanuvchan harakat.
Usulning asosiy vazifasi - ta’limiy va rivojlantiruvchi.
Mashqning quyidagi turlari mavjud:
maxsus;
sharhlashga oid;
yozma;
og‘zaki;
ishlab chiqarish.
(3-ilova). Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. N1 abonentlar bilan bog‘lanishini ta’minlovchi kalitlar nimadan iborat?
Simmetrik shifrlashning noqulayligi nimalardan iborat
Kalitlar nabori-bu?
(4-ilova)
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh o‘quvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.