investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
2012-yil 16-apreldagi PQ–1740-son qarori ta’lim sohasida
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish,
zamonaviy
axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon
axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirishga zamin
yaratadi. Ta’lim tizimiga elektron ta’limni joriy etish birinchi
navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim
sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim
resurslarini ishlab
chiqishga bogʻliq. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirish, shu jumladan elektron
ta’limni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Elektron
ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yoʻllari
izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish
ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan oʻrin olgan.
Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli
mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, oʻqishni,
mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim tizimi
texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va oʻzlashtirish,
yangi
pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron
ta’limdan foydalangan holda talabalar oʻqishini jadallashtirish ana
shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Oʻquv jarayonini elektron
ta’lim asosida tashkil etish, shu jumladan, oʻquv materiallarini
bayon
etishni
takomillashtirish
tamoyillariga
ma’lum
oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻladi.
Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga
duch keldiki, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi
jiddiy oʻzgarishlar, xususan axborot texnologiyalarining jadal
sur’atlar bilan rivojlanishiga bogʻliq. Ta’lim, ishlab chiqarish va
kishilik
jamiyatining
turli
jabhalariga
yangi
axborot
kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global
kompyuter tarmogʻini rivojlanishi butun dunyo ta’lim
tizimini
takomillashtirishning yangi yoʻnalishlarini ochilishiga sabab boʻldi.
Birinchidan, oʻquv muassasalarining texnik ta’minotini keskin
oʻzgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yoʻl ochilishi
oʻqitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini
keltirib chiqardi.
282
Hozirgi kunda masofaviy ta’lim tizimlarining bir qancha turlari
(Learning Management Systems, Content Management Systems)
va usullari mavjud, ya’ni kurslar yaratish imkonini beradi. Toʻgʻri
tanlangan tizimlar yordamida oʻqitish jarayonini avtomatlashtirish
va tinglovchilarni tekshirish jarayonini hosil qilish mumkin.
Masofaviy ta’lim ish koʻp boʻlgan insonlarga ham oʻz hayot
tarzlarini oʻzgartirmay oʻqish imkonini yaratadi
67
.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari
vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy oʻqitish
usullariga qoʻshimcha ravishda yangi oʻqitish shakli – masofaviy
oʻqitish yaratilishiga omil boʻldi.
Masofaviy ta’limda talaba va oʻqituvchi fazoviy bir-biridan
ajralgan holda oʻzaro maxsus yaratilgan oʻquv kurslari, nazorat
shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari
yordamida doimiy muloqotda boʻladilar. Internet texnologiyasini
qoʻllashga asoslangan masofaviy oʻqitish jahon axborot ta’lim
tarmogʻiga kirish imkonini beradi, integratsiya va oʻzaro
aloqa
tamoyiliga ega boʻlgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni
bajaradi.
Masofaviy oʻqitish barcha ta’lim olish istagi boʻlganlarga oʻz
malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday oʻqitish
jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil oʻquv-uslubiy
materiallarni oʻzlashtiradi, nazoratdan oʻtadi, oʻqituvchining
bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi
boshqa “vertikal oʻquv guruhi” talabalari bilan muloqotda boʻladi.
Ma’lum sabablarga koʻra, ta’lim muassasalarining kunduzgi
boʻlimlarida tahsil olish imkoniyati boʻlmagan, masalan, sogʻligi
taqoza etmaydigan, mutaxassisligini oʻzgartirish niyati boʻlgan
yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati boʻlgan kishilar uchun
masofaviy oʻqitish qulay oʻqitish shakli hisoblanadi.
Masofaviy oʻqitishda turli xil axborot va kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad
va masala mohiyatiga bogʻliq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga
asoslangan oʻqitish vositalari (oʻquv qoʻllanma, darsliklar)
talabalarni yangi material
bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv
67
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. (p.5-6)
283
audio va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida oʻzaro
muloqotda boʻlishga, elektron pochta toʻgʻri va teskari aloqa
oʻrnatishga, ya’ni xabarlarni joʻnatish va qabul qilishga
moʻljallangan. Oldindan saqlangan video ma’ruzalar talabalarga
ma’ruzalarni tinglash va koʻrish imkonini bersa, faksimal aloqa,
xabarlar,
topshiriqlarni
tarmoq orqali tezkor
almashinish
talabalarga oʻzaro teskari aloqa orqali oʻqitish imkonini beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-
qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib
oʻtamiz.
Dostları ilə paylaş: