4.35-rasm. Tarjima natijasi darchasi
Shuni
aytish kerakki, kompyuter hozircha 100% toʻla va aniq
tarjima qila olmaydi. Lekin tarjima sifati
oshib boruvchi dasturlar
yaratilish jarayoni davom etmoqda.
Lugʻatlar bilan ishlash.
Avtomatik tarjimaning sifati qanday
lugʻatdan foydalanilayotganligiga bogʻliq. Promt Editor 8
tizimi
soʻzlardan iborat boʻlgan bosh lugʻat,
shuningdek turli sohaning
ixtisoslashgan lugʻatlarini oʻz ichiga oladi.
Ixtisoslashgan lugʻatlarga boʻlgan zaruriyat inson faoliyatining
turli jabhalarida ushbu sohaga tegishli
tushunchalarni ifodalovchi
turli terminlar qoʻllanilishi bilan bogʻliq. Bu terminlardan ba’zilari
oʻziga xos ma’noga ega boʻlishi, ba’zilari kundalik turmushda,
ba’zida boshqacha ma’noda ishlatilishi mumkin.
Maxsus matnlar
tarjimasida terminlar faqat muvofiq keluvchi mazmunda ishlatilishi
kerak.
Misol uchun inglizcha solution soʻzini olamiz. Universal
lugʻatlar uni har xil tarjima qilishlari mumkin.
Lekin u
matematikada yechim deb, kimyoda esa qorishma ma’nosini
anglatadi.
Tarjima sifatini oshirishning boshqa
usuli dasturga u tarjima
qila olmaydigan yoki tarjima qilmasligi kerak boʻlgan ba’zi
soʻzlarni ishlatish usulini koʻrsatishdan iborat. Buning uchun
89
tarjima qilinmaydigan soʻzlarni bandlab qoʻyish va dastur lugʻatida
boʻlmagan soʻzlar tarjimasi qoidalarini berish zarur.
Dostları ilə paylaş: