4.97-rasm. “Рецензирование” menyusi
“Вид” – menyusi ishchi maydonni koʻrinishi,
masshtabi,
oynalar holatini oʻzgartirish imkonini beradi.
4.98-rasm. “Вид” menyusi
Kataklarni ajratish.
Kataklarni ajratish uchun quyidagi
amallarni bajarish kerak:
bitta katakni ajratish uchun koʻrsatkichni unga oʻrnating va
sichqonchaning chap tugmasini bosing. Katak atrofida ushbu katak
faol ekanligini koʻrsatuvchi ramka paydo boʻladi,
nomlar
maydoniga esa uning manzili chiqariladi.
qatorning yoki ustunning bir-biridan keyin keluvchi bir
nechta katagini ajratish uchun sichqonchaning
chap tugmachasini
bosgan holda bu kataklarning ustidan oʻtkazish kerak.
jadvalning turli qismlarida joylashgan bir nechta katakni
ajratish uchun sichqoncha bilan
ularning bittasini tanlash, keyin
Ctrl
tugmachasini bosish va uni qoʻyib
yubormasdan ajratilishi
kerak boʻlgan boshqa kataklarni chertish kerak.
ustun yoki qatorni butunligicha ajratish uchun ustun yoki
qatorning sarlavhasini cherting.
kataklarning toʻgʻri burchakli diapazonini ajratish uchun bu
diapazonning
burchak
kataklaridan
birini
tanlash,
Shift
tugmachasini bosish va uni qoʻyib
yubormay turib diapazonning
dioganal katagini sichqoncha bilan chertish kerak.
Excelda kataklarni avtotoʻldirish.
Excelda ayrim ishlarni
bajarish judayam koʻp vaqtni olishi va qiyin boʻlishi mumkin.
Jadvallar bilan ishlashda majud boʻlgan funksiyalardan foydalanish
ishini sezilarli darajada osonlashtiradi.
Ayrim ishlarni qayta qayta
120
bajarishga toʻgʻri keladi. Bu esa koʻp vaqtni talab qiladi. Bunday
ishlarni avtomatlashtrish uchun dastur yaratuvchilari qulay boʻlgan
funksiyani ishlab chiqishgan va u Excelda kataklarni avtotoʻldirish
deyiladi
41
.
Misol uchun, Excelda oy boʻyicha ma’lumotlar roʻyxatini hosil
qilishni koʻramiz. Biz hozir ushbu roʻyxatni
avtomatik ravishda
qanday qilib hosil qilish mumkinligini koʻramiz. Bu roʻyxatdan
kelib chiqqan holda keyinchalik oʻz roʻyxatlarimizni yaratishimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: