Diagrammalar qurish. Excel yordamida ushbu ish varagʻi
uchun murakkab diagrammalar tuzish mumkin. Siz ularni har biri oʻz
navbatida yana bir nechta variantlarga ega boʻlgan diagrammaning
tipini tanlashingiz lozim. Diagramma tuzishdan avval ma’lumotlar
qatorini va toifasini aniqlab, belgilab olish zarur. Ma’lumotlar qatori –
bu siz diagrammada aks ettirishni istagan koʻplab ifodalardir
44
.
Toifalar aniq ifodalarning ma’lumotlar qatoridagi holatini bеradi.
Diagramma tuzishdan oldin ikkita diapazonni – ma’lumotlarning
qatorini va toifani ajratish kerak. Shundan soʻng asosiy menyuning
“Вставка” boʻlimiga kiramiz va hosil boʻlgan darchadan “Все
диаграммы”ni tanlaymiz.
Diagramma turlarini misollarda koʻrib chiqamiz:
1. “Гистограмма” – bunda ma’lumotlar ustun koʻrinishida
tasvirlanadi. Bu turdagi diagramma quyidagi koʻrinishda hosil
boʻladi.
44
Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P
644-648.
128
4.112-rasm. “Все диаграммы” boʻlimi
4.113-rasm. Diagrammaning “Гистограмма” koʻrinishi
2. “Круговая” – bunda ma’lumotlar aylana koʻrinishida
tasvirlanadi. Bu turdagi diagramma quyidagi koʻrinishda hosil
boʻladi.
129
4.114-rasm. Diagrammaning “Круговая” koʻrinishi
3. “Линейчитая” – bunda ma’lumotlar gorizontal ustunlar
koʻrinishida tasvirlanadi. Bu turdagi diagramma quyidagi
koʻrinishda hosil boʻladi.
4.115-rasm. Diagrammaning “Линейчитая” koʻrinishi
4. “С областями” – bunda ma’lumotlar doʻngalaklar
koʻrinishida tasvirlanadi. Bu turdagi diagramma quyidagi
koʻrinishda hosil boʻladi.
130
4.116-rasm. Diagrammaning “С областями” koʻrinishi
5. “Точечная” – bunda ma’lumotlar nuqtalar koʻrinishida
tasvirlanadi. Bu turdagi diagramma quyidagi koʻrinishida hosil
boʻladi.
4.117-rasm. Diagrammaning “Точечная” koʻrinishi
6. “Поверхность” – bunda ma’lumotlar sirtlar koʻrnishida
tasvirlanadi. Bu turdagi diagramma quyidagi koʻrinishda hosil
boʻladi.
131
4.118-rasm. Diagrammaning “Поверхность” koʻrinishi
7. “Лепестковая” – bunda ma’lumotlar gulbarg koʻrinishida
tasvirlanadi. Bu turdagi diagramma quyidagi koʻrinishda hosil
boʻladi.
4.119-rasm. Diagrammaning “Лепестковая” koʻrinishi
7. “Комбинированная” – bunda ma’lumotlar bir necha xil
turdagi diagrammalar koʻrinishida tasvirlanadi.
132
4.120-rasm. Diagrammaning “Комбинированная” koʻrinishi