52
4. Kimnidir jazolash yoki o‘ch olish maqsadida narsasini o‘zlashtirish.
5. Bolaning 8-11 yosh bo‘lganida o‘g‘rilikning paydo bo‘lishi
irodasizlik
oqibatida bo‘lishi mumkun. “Istayman” degan xohishi o‘rniga “Mumkun emas”
degan qarorni ayta olmaganligi sabab bo‘ladi.
6. Farzandning 12-15 yoshidagi o‘g‘rilik bilib qo‘yilgan qadamdir.
O’smir yoshidagi bolalar o‘g‘rilik qilmasligi uchun quyidagilarga rioya qilish
zarur.
1 Qoida: Bolaga o‘g‘rilik nima ekanligini tushuntiring. O‘g‘rilikni man eting!
Javobgarlikni misollar bilan tushuntiring.
2. Qoida: O‘z narsasini o‘g‘rilatib qo‘ygan inson hatti-xarakatlari va o‘g‘riga
nisbatan paydo bo‘lgan hissiyotlari haqida tushuncha bering.
3. Qoida: Bolaga “o‘g‘ri” degan yorliq qo‘yishdan, undan nafratlanishdan
o‘zingizni tiying. Farzandingizni yaxshi ko‘rishingizni,
bu qilgan ishini yomon
ko‘rayotganligingizni tushuntiring. Hozircha harakati o‘g‘rilikga aylangan
farzandingizning o‘zi ham o‘g‘riga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.
4. Qoida: O‘g‘rilik haqidagi hodisani o‘zi bilan holi qolgan holda tahlil qiling.
Bu voqea haqida begonalarga oshkor qilmang. Yakka holda urushing, hammaning
oldida
yaxshi tomonlarini ayting
5. Qoida: “Qanday qilib buni qila olding!”, “Sen mening yuzimni
o‘ylamadingmi?!” kabi kattalarga hos so‘zlarni
ishlatib farzandingizni
tushunmaydigan hissiyotlar dunyosiga kiritmang. Bu gapirgan ayblovlaringizning
foydasidan ziyoni ko‘p bo‘ladi.
6. Qoida: Boshqa tengdoshlariga va o‘zingizning yoshligingizga solishtirmang.
“Men sendek paytimda...” deb boshlanadigan ma’ruzangizni farzandingiz psixikasi
tushuna olmaydi.
7. Qoida: Qilgan o‘g‘riligini tahlil qilganda o‘rtacha me`yorda bo‘lingki,
keyingi safar qilgan hatosini yashirmaslikka o‘rgansin.
8. Qoida: Tahlil qilib bo‘lganingizdan keyin boshqa bu narsa qaytarilmasligiga
kelishib oling. Bu voqeani boshqa eslamang va farzandingiz
ham eslamasligi
53
kerakligini tushuntiring. Har safar eslashingiz farzandingizni bu voqeani qilganligi
sabablarini qidirishiga va o‘zini oqlash uchun sabablar topishiga undaydi.
9. Qoida: O‘g‘rilik sababini yo‘qotish yo‘llarini qidiring.
10. Qoida: Oiladagi illatli holat va tarbiyangizdagi hatolik farzandingizning
o‘g‘rilik qilishiga sabab bo‘lganini to‘g‘ri tushuning.
Dostları ilə paylaş: