O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi m. G. Umarxodjaeva, O. S. Umarov, D. A. Ismailov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/54
tarix14.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#155152
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Dividendlar va dividend siyosati

6. Dividendlarni to„lash tartibi 
Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‗yicha e‘lon qilingan dividendlarni to‗lashi 
shart. 
Dividendlarni to‗lash tartibi aksiyadorlarning ularni olish huquqini amalga 
oshirishga kumaklashishi lozim. 
To‗lov
 
manbalari. Dividendlar Jamiyatning Jamiyat tasarrufida koladigan sof 
foydasidan va (yoki) utgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‗lanadi. Imtiyozli 
aksiyalar bo‗yicha dividendlar Jamiyatning zaxira fondi hisobidan ham to‗lanishi 
mumkin. 
To‗lov
 
muddati. Dividendlarni to‗lash muddati va tartibi Jamiyatning Ustavida 
yoki Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to‗lash 
muddati shunday qaror qabo‗l qilingan kundan e‘tiboran 60 (oltmish) kundan kech 
bo‗lmasligi lozim. 
Agar dividendlarni to‗lashning oxirgi muddati ish kuni bo‗lmagan kunga to‗gri 
kelsa, muddat tugashi kuni ish kunidan oldingi kun hisoblanadi. Jamiyat belgilangan 
muddatning oxirigacha e‘lon qilingan dividendlarni to‗lashi shart. Jamiyat 
dividendlarni to‗lash bo‗yicha majburiyatni belgilangan to‗lov muddati ichida 
istalgan kunda bajarishga xaqli. 
Jamiyat dividend olishning oxirgi muddatini belgilamaydi va belgilangan 
muddatda hisoblangan dividendlarni olmagan aksiya egalari bo‗yicha (talab qilib 
olinmagan) dividendlarni to‗lashni tugatmaydi va 3 (uch) yil ichida to‗lashni davom 
ettiradi. Aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishining qarori bilan dividendlar pul mablag‗lari 
yoki boshqa qonuniy to‗lov vositalari yoxud Jamiyatning qimmatli qog‗ozlari bilan 
to‗lanishi mumkin. Jamiyatning imtiyozli aksiyalari bo‗yicha dividendlarni qimmatli 
qog‗ozlar bilan to‗lashga yul qiyilmaydi. Dividendlarni faqatgina pul mablag‗lari 
bilan to‗lash tavsiya qilinadi, chunki agar ular boshqa mol-mulk bilan to‗lansa, 
haqiqiy to‗langan dividendlarni baholash qiyinlashadi, dividendlarni bunday mol-
mulk bilan olish esa aksiyadorlarga qo‗shimcha majburiyatlar va xarajatlar yuklashi 
mumkin. Agar dividendlar pul mablag‗lari bilan to‗lansa, e‘lon qilingan dividendlar 


89 
O‗zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‗lanadi. Jamiyat O‗zbekiston 
Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga ko‗ra unga hisoblangan 
dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‗larni norezident 
aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‗iga o‗tkazib berishi shart. 
Jamiyat aksiyadorlarining reestridan olingan, Jamiyat tomonidan tasdiklangan 
kuchirma hamda Jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar so‗mmasi va 
ular hisoblangan sana to‗grisidagi ma‘lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Agar dividendlar boshqa qonuniy to‗lov vositalari bilan to‗lansa, e‘lon qilingan 
dividendlar O‗zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda 
to‗lanadi. 
Soliq 
solish. 
To‗lanadigan 
dividendlarga 
soliq 
solish 
O‗zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Jamiyat aksiyadorlarga ularga tegishli bo‗lgan aksiyalar bo‗yicha daromadlarni 
to‗lashda soliq agenti hisoblanadi. Jamiyat amaldagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda va muddatda dividendlardan budjetga soliq so‗mmasining hisob-
kitobini, ushlab kolishni va o‗tkazishni amalga oshiradi. 
Dividendlar aksiyadorlarga ushlab kolingan soliq so‗mmalarini ayirgan holda 
o‗tkaziladi. Soliq solishning belgilangan stavkalari qo‗llanilmaydigan aksiyador 
O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tasdiklovchi 
hujjatlarni Jamiyatga taqdim etishi shart. 
Jamiyatning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar yuritadigan to‗zilmaviy 
bo‗linmasi Jamiyat buxgalteriyasi (moliya boshqarmasi) bilan birgalikda Jamiyat 
tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan dividendlar to‗lovini tashkil qilish 
bo‗yicha barcha tadbirlarni tayyorlashni, muvofiqlashtirishni va o‗tkazishni amalga 
oshiradi. Dividendlarni to‗lash chogida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar 
bo‗yicha, sungra oddiy aksiyalar bo‗yicha dividendlar to‗lanadi. Imtiyozli aksiyalar 
bo‗yicha qat‘iy belgilangan dividendlarni to‗lash uchun yetarli miqdorda foyda 
mavjud bo‗lgan taqdirda Jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar 


90 
to‗lashni rad etishga xaqli emas. 
Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to‗lanishini sud tartibida 
talab qilishi mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‗lmagan yoki zarar 
ko‗rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlar Jamiyat 
tomonidan Jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi 
hisobidan va ushbu fond doirasida to‗lanishi mumkin. 
Zaxira fondida pul mablag‗lari mavjud bo‗lmagan hollarda, agar Ustavda 
belgilangan bo‗lsa, imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlar jamg‗ariladi va 
keyinchalik to‗lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlarni to‗lamaslik ularni 
to‗lash uchun yetarli manba mavjud bo‗lsa, natijada imtiyozli aksiyalar egalari 
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi kun tartibidagi barcha masalalarga ovoz berish 
huquqini olsalar, lozim darajadagi korporativ amaliyot bo‗lib hisoblanmaydi. Shunga 
o‗xshash tartibda imtiyozli aksiyalar egalari uchun Aksiyadorlarning umumiy 
yeg‗ilishida uning vakolatiga kiruvchi barcha masalalarga ovoz berish huquqi bilan 
ishtirok etish imkoniyatini istisno qilish maqsadida Jamiyatning cheklangan 
moliyaviy imkoniyatlar sharoitida imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlarni to‗lash 
to‗g‗risida qaror qabul qilish lozim darajadagi korporativ amaliyot bo‗lib 
hisoblanmaydi. Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar bo‗yicha hisoblangan 
dividendlarni to‗lash aksiyadorlarning dividend olishga bo‗lgan teng huquqliligiga 
rioya etgan holda amalga oshiriladi. 
Dividendlarni to‗lashda hech bir aksiyador to‗lov muddatlari bo‗yicha 
imtiyozlarga ega bo‗lmaydi. Bunda Jamiyat, agar buning natijasida minoritar 
aksiyadorlarga dividend to‗lash belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, yirik 
aksiyadorga dividendlar to‗lashga xaqli emas. 
Jamiyat hisobvarag‗idan tegishli pul so‗mmasini Jamiyat aksiyadorlari reestri 
tizimida bo‗lgan bank hisobvarag‗iga o‗tkazish yoki dividend to‗lash hisobiga 
aksiyadorga boshqa mol-mulkni topshirish, agar bunday to‗lov shakli ustav va/yoki 
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishida belgilangan bo‗lsa, dividend to‗lash 
hisoblanadi. Kun tartibiga oralik dividendlarni to‗lash yoki moliyaviy yil yakunlari 
bo‗yicha sof foydani taqsimlash to‗g‗risida masala kiritilgan Aksiyadorlarning 


91 
umumiy yeg‗ilishining xabarida Jamiyat tomonidan aksiyadorlarga bank rekvizitlari 
va pochta manzili o‗zgargarganda Qimmatli qog‗ozlar Markaziy depozitariysida yoki 
investitsiya vositachisidagi depo hisobvarag‗i anketasiga o‗zgartirish kiritish 
majburiyati, shuningdek bunday majburiyatni bajarmaslik oqibatlari tushuntiriladi. 
Aksiyador o‗z aksiyalariga bo‗lgan huquqlarini hisobga olish bo‗yicha xizmatlar 
ko‗rsatuvchi investitsiya vositachisini va/yoki Qimmatli qog‗ozlar Markaziy 
depozitariysini o‗ziga oid ma‘lumotlardagi o‗zgarishlar haqida o‗z vaqtida xabardor 
qilishi shart. Aksiyador o‗ziga oid ma‘lumotlar o‗zgarganligi haqidagi axborotni 
taqdim etmagan hollarda, buning oqibatida aksiyadorga etkazilgan zarar uchun uning 
aksiyalariga bo‗lgan huquqlarini hisobga olish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatuvchi 
Markaziy depozitariy va/yoki investitsiya vositachisi javobgar bo‗lmaydi. Aksiyador 
uz bank rekvizitlarini yoki dividendlar o‗tkazish uchun manzilni noto‗gri ko‗rsatgan, 
yoxud ko‗rsatilgan rekvizitlar haqida Jamiyatga xabar qilmagan, yoxud ular haqida 
uz vaqtida xabar qilmagan taqdirda, Jamiyat shuning natijasida aksiyadorga 
yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‗lmaydi. Ushbu bandda ko‗rsatilgan sabablarga 
ko‗ra aksiyadorning aybi bilan noto‗gri o‗tkazilgan dividendlar so‗mmasi Jamiyatga 
qaytarilgandan keyin ularni aniqlashtirilgan rekvizitlar bo‗yicha aksiyadorga 
o‗tkazish ularning qaytarilishiga va takroriy o‗tkazilishiga ketgan xarajatlar chegirilib 
qolingan holda, amalga oshiriladi. Vorislik natijasida dividendlarni olish uchun 
merosxo‗r dividendlarni olgan joy bo‗yicha merosxo‗rga bo‗lgan huquq to‗g‗risida 
notarial tasdiqlangan guvohnomani taqdim qilishi zarur. 
Jamiyatning o‗zi mustaqil tarzda dividend to‗lashni amalga oshirishga yoki 
shartnoma asosida dividendlarni to‗lashni tashkil qilish va amalga oshirish 
maqsadida boshqa tashkilotni - to‗lov agentini jalb etishga xaqli. Jamiyat tomonidan 
to‗lov agentining jalb etilishi Jamiyatni aksiyadorlar oldidagi ularga hisoblangan 
dividendlarni to‗lash majburiyatidan ozod qilmaydi. Jamiyat o‗zining aksiyadorlarini 
to‗lov agentining jalb etilishi, uni almashtirish va uning vakolatlarini tugatish 
to‗g‗risida xabardor qilishga xaqli. 
Dividendlarni to‗lash bo‗yicha xarajatlar Jamiyat hisobidan amalga oshiriladi. 


92 
Dividendlar 
Aksiyadorlarning 
umumiy 
yeg‗ilishi tomonidan belgilangan 
muddatlarda Jamiyatning aybi bilan to‗lanmagan (olinmagan) taqdirda to‗lanmagan 
(olinmagan) dividendlar bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda 
penya hisoblanadi. To‗lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‗yicha hisoblanadigan 
penyalar miqdori to‗lanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq 
bo‗lmasligi kerak. 
Jamiyat aksiyadorlariga belgilangan dividendlar to‗lanmagan hollarda, qimmatli 
qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organi aksiyadorning yoki 
Jamiyat minoritar aksiyadorlarining kumitasi murojaatiga asosan Jamiyatga ushbu 
Jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to‗lash majburiyatini yuklash bo‗yicha sudga 
da‘vo kiritishga xaqli. Bunday da‘voni kiritish va ko‗rib chiqish tartibi qonun 
hujjatlari bilan belgilanadi. 
Aksiyador Jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar to‗lanishini 
sud tartibida talab qilishga xaqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan 
kanoatlantirilganda dividendlar Jamiyat tomonidan to‗lanmagan taqdirda, Jamiyatga 
nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‗lovga kobiliyatsizlikni bartaraf 
etish yoki bankrot deb e‘lon qilish tartib-taomili qo‗llaniladi. 
Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‗ri tomonidan uch 
yil ichida talab qilib olinmagan dividend Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi 
qaroriga ko‗ra Jamiyat ixtiyorida koladi. 
Jamiyat: 
agar dividendlar to‗lanadigan paytda Jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud 
bo‗lsa yoki Jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to‗lash natijasida paydo bo‗lsa; 
agar Jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi va zaxira fondi 
so‗mmasidan kam bo‗lsa, aksiyalar bo‗yicha e‘lon qilingan dividendlar to‗lashga 
xaqli emas. 
Yuqorida ko‗rsatilgan holatlar tugatilgach, Jamiyat hisoblangan dividendlarni 
aksiyadorlarga to‗lashi shart. 


93 
Jamiyat tugatilayotganda ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‗yicha 
hisoblangan, birok to‗lanmagan dividendlarni va Jamiyat Ustavida imtiyozli 
aksiyalar bo‗yicha belgilangan tugatish qiymatini to‗lash amalga oshiriladi. 
Jamiyat mol-mulki hisoblangan, birok to‗lanmagan dividendlarni va Jamiyat 
Ustavida belgilangan tugatish qiymatini imtiyozli aksiyalarning egalari bo‗lgan 
barcha aksiyadorlarga to‗lash uchun yetarli bo‗lmasa, mol-mulk 
imtiyozli aksiyalarning egalari bo‗lgan aksiyadorlar o‗rtasida ularga 
tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin