86
ro‗yxatni shakllantirish sanasiga aksiyadorlar reestrida qayd etilgan
aksiyadorlar;
ro‗yxatni shakllantirish sanasiga aksiyadorlar reestrida qayd etilgan aksiyalar
bo‗yicha huquqlar berilgan boshqa shaxslar (garovga oluvchi,
ishonchli
boshqaruvchilar va boshk.), agar bunday shaxs bilan aksiyador o‗rtasidagi
shartnomada o‗zgacha tartib nazarda tutilgan bo‗lmasa.
Agar aksiya bir nechta shaxsning umumiy ulushli mulkida bo‗lsa, dividend olish
huquqiga ega bo‗lgan shaxslar ro‗yxatiga aksiyaning birgalikdagi egalari kiritiladi.
Dividendlarni
olish
to‗g‗risida
axborot
Qimmatli
qog‗ozlar Markaziy
depozitariysidagi
yoki
investitsiya
vositachisidagi
aksiya
egasi
depo
hisobvarag‗‗ining anketasida bo‗ladi. Depo hisobvarag‗‗i anketasiga tegishli
o‗zgartirishlarni kiritish uchun ishonchli ma‘lumotlarni taqdim qilganlik uchun
javobgarlik aksiya egasiga yuklatiladi. Qimmatli qog‗ozlar
Markaziy depozitariysi
tomonidan shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga o‗zgartirish kiritishda, Jamiyat
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Qimmatli qog‗ozlar Markaziy
depozitariysidan aksiyadorlar reestriga bunday o‗zgartirishlar kiritilishining sabablari
to‗g‗risidagi axborotni so‗raydi va dividend olish huquqiga ega bo‗lgan
shaxslar
ro‗yxatiga o‗zgartirishlar kiritadi.
Istalgan aksiyador o‗zini dividend olish huquqiga ega bo‗lgan shaxslar
ro‗yxatiga kiritish (kiritilmaslik) bo‗yicha axborotni taqdim qilish to‗g‗risidagi so‗rov
bilan Jamiyatga murojaat qilishga xaqli. Jamiyat so‗rov kelib tushgan vaqtdan
boshlab 3 (uch) ish kuni ichida javob tayyorlaydi va aksiyadorga agar so‗rovda
axborotni olishning boshqa usuli ko‗rsatilmagan bo‗lsa, pochta manzili orqali
yuboradi. Dividend Jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‗rtasida
taqsimlanadigan
qismi hisoblanadi. Dividendlarni hisoblash Jamiyat buxgalteriyasi (moliya
boshqarmasi) tomonidan amalga oshiriladi.
Dividend miqdorining hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bitta imtiyozli aksiya uchun dividend miqdori Jamiyat Ustavida
belgilanadi;
87
Jamiyat Ustavida belgilangan bitta imtiyozli aksiya uchun dividend miqdorini
imtiyozli aksiyalar soniga ko‗paytirish orqali Jamiyat imtiyozli aksiyalari bo‗yicha
dividendlarni to‗lash uchun yo‗naltirilgan daromad so‗mmasi aniqlanadi;
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishi tomonidan dividendlarni to‗lash uchun
yo‗naltirilgan daromadning umumiy so‗mmasidan imtiyozli aksiyalar bo‗yicha
dividendlarni to‗lash uchun zarur daromad so‗mmasi ajratiladi;
dividendlarni to‗lash uchun yo‗naltirilgan umumiy
daromadning kolgan qismi
joylashtirilgan oddiy aksiyalarning umumiy soniga bo‗linadi va Jamiyatning bitta
oddiy aksiyasi uchun dividend miqdori aniqlanadi.
Dividend aksiyadorlar o‗rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga
mutanosib ravishda bitta aksiya uchun dividend miqdorini hisobga olgan holda
taqsimlanadi. Dividendlarga soliq solish soliq to‗g‗risidagi
qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo‗yicha imtiyozlar belgilanishi
mumkin.
Dividendlar:
joylashtirilmagan aksiyalar bo‗yicha;
Jamiyat tomonidan olingan aksiyalar bo‗yicha;
davlat vaqili tomonidan (agar Jamiyatda ―oltin aksiya‖ joriy etilgan bo‗lsa)
dividendlarni hisoblash va to‗lash masalasi bo‗yicha Jamiyat aksiyadorlarning
umumiy yeg‗ilishining qaroriga veto qo‗yilgan bo‗lsa;
bankrotlik to‗grisidagi ish kuzgatilganda kuzatuv joriy etilgan vaqtdan
e‘tiboran;
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa
hollarda hisoblanmaydi va to‗lanmaydi.
Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga
olmagan holda e‘lon qiladi. Jamiyat to‗lanadigan dividendlar miqdori to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat
organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan
muddatlarda e‘lon qiladi.