73
5. AMALDAGI DIVIDENDLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH.
1. «Uzagrosug
‗
urta» aksiyadorlik jamiyatining amaldagi dividend
siyosati.
Ushbu «UZAGROSUG‗URTA» aksiyadorlik jamiyatining
dividend siyosati
to‗grisida»gi Nizom (keyingi urinlarda - Nizom) «Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‗grisida»gi O‗zbekiston Respublikasi
Qonuni (keyingi urinlarda - Qonun), Korporativ boshqaruv
kodeksi tavsiyalari
(Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ
boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‗yicha komissiya majlisining 31.12.2015Y. 9-
sonli bayonnomasi bilan tasdiklangan), «UZAGROSUG‗URTA» aksiyadorlik
jamiyatining (keyingi urinlarda - Jamiyat) Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu Nizom Jamiyat aksiyalariga dividendlarning
miqdorini belgilash va
ularni to‗lash mexanizmining shaffofligini ta‘minlash, shuningdek aksiyadorlarni va
boshqa manfaatdor shaxslarni Jamiyatning dividend siyosati to‗g‗risida xabardor
qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom Jamiyat
dividend siyosatining
maqsadi, tamoyillari va asosiy tarkibiy qismlarini, Jamiyat Kuzatuv kengashi
tomonidan dividendlarni to‗lash bo‗yicha tavsiyalarni
ishlab chiqish qoidalari va
yondashuvlarini, dividend to‗lash to‗grisida qaror qabo‗l qilish
tartibini, dividend
to‗lash tartibini, shuningdek axborotni oshkor qilish va dividend siyosatiga rioya
qilish bo‗yicha Jamiyatning javobgarligini belgilaydi. Kuzatuv kengashi a‘zolari,
Ijroiya organi a‘zolari, shuningdek dividendni hisoblashga va to‗lashga aloqador
Jamiyatning tarkibiy bo‗linmalari Ushbu Nizom talablariga rioya etishlari shart.
Dostları ilə paylaş: