O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi m. G. Umarxodjaeva, O. S. Umarov, D. A. Ismailov


Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan dividendlarni to„lash bo„yicha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/54
tarix14.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#155152
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Dividendlar va dividend siyosati

3. Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan dividendlarni to„lash bo„yicha 
tavsiyalarni ishlab chiqish tartibi 
Qonunga 
muvofiq 
Jamiyat 
Kuzatuv 
kengashining 
vakolatlariga 
aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishiga dividend miqdori, shakli va uni to‗lash 
bo‗yicha tavsiyalar berish kiradi. Jamiyat Kuzatuv kengashi a‘zolari Jamiyat va 
aksiyadorlar manfaatlari muvozanatiga rioya qilgan holda, olingan moliyaviy 
natijalardan kelib chiqib Jamiyat aksiyalari bo‗yicha tavsiya qilinadigan dividend 
miqdorini belgilaydi. Bunda Jamiyat Kuzatuv kengashi boshqa teng sharoitlarda 
aksiyadorlarga yildan yilga dividend to‗lovlarining qiymatining ijobiy dinamikasini 
saklashga harakat qilishi lozim. Korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalariga va 
Jamiyat ustaviga muvofiq Jamiyat oddiy aksiyalarining kamida 1 foiziga ega bo‗lgan 
aksiyadorlar Jamiyat foydasining taqsimlanishi, shu jumladan dividend to‗lash 
bo‗yicha takliflarni kiritishga xaqli. 
Jamiyat ijroiya organi raxbari Jamiyat sof foydasining taqsimlanishi, xususan 
dividend to‗lash bo‗yicha takliflarni Jamiyat Kuzatuv kengashiga ko‗rib chiqish 
uchun taqdim etishga xaqli. Minoritar aksiyadorlar kumitasi ham Jamiyat foydasining 
taqsimlanishi, xususan dividend to‗lash bo‗yicha takliflarni taqdim etishga xaqli. 
Kuzatuv kengashining strategiya bo‗yicha kumitasi (Jamiyat dividend siyosatini 
amalga oshirish uchun mas‘ul Kuzatuv kengashi a‘zosi) Jamiyat moliyaviy 


80 
hisobotlarini, kelib tushgan takliflarni dastlabki o‗rganadi va sof foydani taqsimlash 
va dividend to‗lash masalasi bo‗yicha tegishli xulosani tayyorlaydi. Dividend to‗lash 
masalasi bo‗yicha tegishli xulosani tayyorlashda Kuzatuv kengashi quyidagilarga 
amal qiladi: 
amaldagi qonunchilik; 
Jamiyat Ustavi; 
ushbu Nizom; 
Kuzatuv kengashining strategiya bo‗yicha kumitasi (Jamiyat dividend siyosatini 
amalga oshirish uchun mas‘ul Kuzatuv kengashi a‘zosi)ning xulosasi; 
ichki audit xizmati hisoboti; 
Taftish komissiyasining xulosasi; 
Jamiyat tashki auditorining xulosasi; 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ko‗rsatmalari (Jamiyat 
ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‗lsa); 
Jamiyat oddiy aksiyalarining kamida 1 foiziga egalik qiladigan 
aksiyadorlarning takliflari; 
Jamiyat ijroiya organi raxbarining takliflari; 
Minoritar aksiyadorlar kumitasining takliflari. 
Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishiga dividend to‗lash 
bo‗yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda quyidagi yondashuvlarga amal qiladi: 
Jamiyatda 
qonunchilikda 
belgilangan 
dividend 
to‗lashga 
doir 
cheklovlarning mavjud emasligi; 
Jamiyatda uning moliyaviy hisobotlari ma‘lumotlariga ko‗ra moliyaviy davrda 
soliq solingandan sung kolgan foyda (Jamiyat sof foydasi) va/yoki aksiyadorlarning 
umumiy yeg‗ilishi tomonidan taqsimlash to‗grisida qaror qabul qilinmagan o‗tgan 
yillarda taqsimlanmagan sof foydaning mavjudligi
moliyaviy hisobotning to‗griligi Jamiyat tashki auditori tomonidan 
tasdiqlanishi zarur; 
qonun talablari, Jamiyat ustavi va ichki hujjatlarga muvofiq sof foydadan 


81 
majburiy ajratmalarni amalga oshirish; 
55 mln so‗mdan kam bo‗lmagan miqdorda umidsiz debitor qarzdorligi bo‗yicha 
zaxiraning mavjudligi; 
Jamiyat imtiyozi aksiyalari bo‗yicha dividend to‗lash bo‗yicha qarzdorlikning 
mavjud emasligi; 
Jamiyatning qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish va Qonunda va Jamiyat 
ustavida belgilangan muddatlarda dividend to‗lash uchun pul mablag‗larining 
mavjudligi; 
Jamiyatda sof aktivlarning yetarli miqdori (Jamiyat sof aktivlarining qiymati 
uning ustav fondi va zaxira fondidagi so‗mmasini qoplaydi) mavjudligi; 
qiyida 
keltirilgan 
Jamiyat 
samaradorligi 
muhim 
asosiy 
ko‗rsatkichlarining ijobiy ko‗rsatkichlari: 
a) absolyut likvidlik koeffitsienti - 0,2 dan kam bo‗lmagan; 
b) moliyaviy mustaqillik koeffitsienti - 1 dan yuqori; 
v) qoplash (to‗lash qobiliyati) koeffitsienti - 1,25 dan yuqori; 
g) dividend chiqish (sof foydaning qaysi qismi oddiy aksiyalar bo‗yicha 
Jamiyat tomonidan dividend to‗lashga yo‗naltirilganini ko‗rsatadi)- ko‗rsatkich 
qancha yuqori bo‗lsa, aksiyadorlarga shuncha ko‗p foyda keltiradi 
Kuzatuv kengashi tavsiya etiladigan dividendlar miqdorini belgilashda 
Jamiyatning keyingi davrlarga mo‗jallangan moliya-xo‗jalik rejalarini, Jamiyat 
majburiyatlari va aylanma mablag‗larining joriy va kelgusidagi holatini inobatga 
olishi lozim. 
Kuzatuv kengashi tomonidan Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yeg‗ilishiga 
tavsiya etiladigan dividendlar to‗lovi Jamiyat tomonidan qo‗shimcha qarzdorlik 
moliyalashtirishi jalb etishni yoki keyingi davrlarga mo‗jallangan moliya-xo‗jalik 
rejalarida nazarda tutilmagan boshqa sarflarni keltirib chiqarmasligi zarur. 
Moliyaviy hisobot yilidagi sof foydadan yillik dividendlar to‗lash to‗grisida 
qaror qabo‗l qilishda O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Jamiyat 
ustavi va ichki hujjatlariga muvofiq Jamiyat uchun majburiy ajratmalarga mablag‗lar 


82 
ajratiladi. Moliyaviy yil natijalari bo‗yicha yillik dividendlarni to‗lash to‗grisida 
qaror qabo‗l qilishda. moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‗qqiz oyi 
natijalariga ko‗ra oldin to‗langan dividendlar hisobga olinadi.
Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etiladigan oralik dividendlar miqdori 
(moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‗qqiz oyi natijalariga ko‗ra 
moliyaviy yil tugashigacha e‘lon qilingan dividendlar) quyidagi shartlarga muvofiq 
belgilanadi: 
joriy yildagi sof foydadan dividend miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan 
tasdiklangan (ma‘qo‗llangan) joriy yil uchun Jamiyat biznes-rejasi bilan 
rejalashtirilayotgan yil yakunlari bo‗yicha dividendlarning hajmidan (O‗zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, Jamiyat ustavi va ichki hujjatlariga 
muvofiq Jamiyat zaxira fondi va boshqa fondlarga foydadan majburiy ajratmalarni 
hisobga olgan holda belgilanadi) yuqori bo‗lmasligi lozim; 
utgan yillar foydasidan olingan dividend miqdori utgan yil uchun (oxirgi 
buxgalteriya hisoboti ma‘lumotlari bo‗yicha) Jamiyatda mavjud qarzdorlik 
miqdoridan, uni taqsimlash to‗grisida aksiyadorlar umumiy yeg‗ilishining qarori 
qabul qilinmagan bo‗lsa, yuqori bo‗lmasligi lozim. 
Bitta oddiy va bitta imtiyozli aksiya uchun to‗lanadigan dividend miqdori (agar 
Jamiyat imtiyozli aksiyalari joylashtirilsa) O‗zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonun hujjatlari, Jamiyat ustavi va ichki hujjatlariga muvofiq belgilanadi. E‘lon 
qilinadigan dividendlarning miqdori aksiyadorlardan ushlanadigan soliqlarni uz 
ichiga oladi. Kuzatuv kengashining dividend to‗lash masalasi bo‗yicha 
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishiga bergan tavsiyanomasida quyidagilar 
belgilanishi lozim: 
dividend to‗lash uchun yo‗naltiriladigan sof foyda miqdori; 
taklif etilayotgan sof foydani taqsimlashni, dividend miqdorini asoslash
Jamiyatda qabo‗l qilingan dividend siyosatiga ularning muvofiqligini baholash, 
shuningdek zaruriy hollarda Jamiyatni rivojlantirish ehtiyojlari uchun yo‗naltirilgan 
sof foydaning ma‘lum qismining hajmini tushuntirish va iqtisodiy asoslash; 


83 
dividend e‘lon qilinadigan aksiya turlari; 
muayyan turdagi bitta aksiyaga hisoblangan dividend miqdori; 
to‗lov muddati (davri); 
to‗lov shakli; 
to‗lov tartibi. 
Jamiyat Kuzatuv kengashining dividend to‗lovlari masalasi bo‗yicha 
Aksiyadorlarning umumiy yeg‗ilishiga tavsiyalar ishlab chiqiladigan majlisi ochiq 
shaklda o‗tkazilishi zarur. 
Dividend to‗lash va dividend miqdori masalasi bo‗yicha tavsiyalarni qabul 
qilish to‗g‗risida qaror Kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi 
lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin