O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi m. G. Umarxodjaeva, O. S. Umarov, D. A. Ismailov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/54
tarix14.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#155152
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Dividendlar va dividend siyosati

qiluvchi asosiy omillar. 
Bizning 
fikrimizcha, 
mahalliy 
kompaniyalarda 
mavjud 
bo‗lgan 
konsentratsiyalangan mulkchilik tuzilishi bilan, bu tezis to‗g‗ri deb bo‗lmaydi, chunki 
minoritar aksiyadorlar uchun bu juda qiyin. Davlat kompaniyalarining dividend 
siyosatining shakllanishiga ta‘sir qiluvchi omillar. Dividendlarni to‗lash tartibi, 
shartlari va cheklovlarini belgilaydigan umumiy huquqiy tusdagi qonun hujjatlari 
talablari tashqi omillar, ichki omillar, soliq tizimi, har xil turdagi daromadlarni 
soliqqa tortishda foydalaniladigan soliq stavkalari va ularning differensiatsiyasi 
Davlat kompaniyalarining dividend siyosatining shakllanishiga ta'sir 
qiluvchi omillar 
Tashqi omillar 
Ichki omillar 
Dividendlarni to'lash tartibi, 
shartlari va cheklovlarini 
belgilaydigan umumiy 
huquqiy tusdagi qonun 
hujjatlari talablari 
Soliq tizimi har xil turdagi 
daromadlarni soliqqa 
tortishda foydalaniladigan 
soliq stavkalari va ularning 
differensiatsiyasi 
Dividendlarni to'lash 
bo'yicha majburiyatlar 
Kompaniyaga moliyaviy 
ehtiyoj manbalarda 
Aksariyat 
aksiyadorlarning 
investitsion imtiyozlari 


30 
Dividendlarni to‗lash bo‗yicha majburiyatlar, kompaniyaning dividend siyosati 
bo‗yicha konsolidatsiyalangan pozitsiyani shakllantirish, so‗ngra kompaniyaning 
ushbu pozitsiyani qabo‗l qilishiga erishish, aksariyat aksiyadorlar to‗liq nazorat 
paketiga ega bo‗lsa, bu muammoni umuman hal qilib bo‗lmaydi. Amalda, minoritar 
aksiyadorlar uchun dividend siyosatini qayta ko‗rib chiqish yoki unga biron-bir 
tuzatish kiritish mumkin emas, chunki aksariyat aksiyador har doim har qanday 
dividend tashabbuslarini tasdiqlash bosqichida blokirovka qilish imkoniyatiga ega. 
Yuqoridagilarni umumlashtirib, biz aniqlangan omillarni tizimlashtirish zarur deb 
hisoblaymiz (3-rasm). 
Ro‗yxatdan o‗tkazish vaqti - bu e‘lon qilingan dividendlarni olish huquqiga ega 
bo‗lgan aksiyadorlarni qayd qilish kunlari. Aksiyadorlarni bunday ro‗yxatdan 
o‗tkazish zarurati shundan kelib chiqqanki, qimmatli qog‗ozlar bozorida oldi-sotdi 
bo‗layotgan aksiya egalarining tarkibi doimiy ravishda o‗zgarib turadi. Shuning 
uchun, kim dividend olish huquqiga ega, kim ega emas, shuni aniqlash uchun, odatda 
ro‗yxatdan o‗tkazish vaqti, dividandlarni to‗lash kunidan 3-4 hafta oldin qilib 
belgilanadi. Kimlar dividend olishlari mumkinligini aniqlash uchun eks-dividend 
vaqti belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasi territorisida faoliyat ko‗rsatayotgan 
AJlarda dividend rasmiy ravishda e‘lon qilingan kundan 30 kun oldin qayddan o‗tgan 
aksiyadorlarga to‗lanishi mumkinligi qayd qilib qo‗yilgan. Amaldagi qonunlarga 
asosan, aksiyadorlarga oraliq va yakuniy dividendlar to‗lanishi mumkin. Oraliq 
dividend miqdori taxminan o‗tgan yil yakunlariga asosan direktorlar (Kuzatuv) 
Kengashi tomonidan belgilanadi. Har bir oddiy aksiyaga to‗g‗ri keladigan yakuniy 
dividend miqdori esa aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishida belgilanadi va e‘lon 
qilinadi. Yakuniy dividend e‘lon qilinayotgan vaqtda direktorlar Kengashi tavsiyasi 
bilan to‗langan oraliq dividendlar hisobga olinadi. Shuni qayd qilish lozimki, oddiy 
aksiyalarga dividendni to‗liq miqdorda to‗lashni AJ larga hech kim majbur qila 
olmaydi. Hisobot yili yakuniga binoan direktorlar Kengashi yoki aksiyadorlarning 
umumiy yig‗ilishi qarori bilan dividend to‗lovlari bekor qilinishi mumkin. Quyidagi 
hollarda esa direktorlar Kengashiga va aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishiga 
dividend to‗lovlarini e‘lon qilish qonun yo‗li bilan man qilinadi:


31 
-AJning 
yillik 
balansida 
zarar 
ko‗rilganlik 
qayd 
qilingan 
bo‗lsa; 
- AJ to‗lov qobiliyatini yo‗qotgan bo‗lsa, yoki dividendlarni to‗lagandan keyin 
shu axvolga tushib kolishi xavfi mavjud bo‗lsa.
E‘lon qilingan dividendni bevosita AJning o‗zi yoki shu AJga xizmat qilayotgan 
bank orqali aksiyadorlarga to‗lash mumkin. Bank dividendlarga qo‗llaniladigan 
soliqlarni ushlab qolish va uni tegishli davlat organlariga o‗tkazib berish bo‗yicha 
asosiy vositachi rolini ham bajaradi. Dividendlar cheklar, to‗lov talabnomalari, 
pochta orqali uzatish, naqd pul shakllarida to‗lanishi mumkin. Xuddi shuningdek 
dividendlar aksiya, obligastiya, tovarlar va boshqa moddiy boyliklar bilan ham 
to‗lanishi mumkin, agarda shu tartib AJ Nizomida qayd qilingan bo‗lishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin