O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika


E. FAZOVIY ( SFERASIMON ) SHARNIR



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

E. FAZOVIY ( SFERASIMON ) SHARNIR. 
Sferasimon sharnir bilan 
biriktirilgan jismlar A nuqtadan o‘tuvchi ixtiyoriy o‘q atrofida xoхlagan tomonga 
aylanishi mumkin. U holda jismning A nuqtasi (1.26-shakl) qo‘zg‘almas bo‘ladi. 
Shu sababli, 
sferasimon sharnirdan iborat bog‘lanishning reaksiya kuchi -
R
, A 
nuqtaga qo‘yilgan bo‘lib, u fazoning ixtiyoriy tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi 
mumkin. 
Bu holda ham yuqoridagi kabi 
R
- reaksiya kuchining na modulini va 
Axyz o‘qlari bilan tashkil etgan burchaklarni oldindan aniqlab bo‘lmaydi. 
1.26-shakl 
1.26,b- shaklda tasvirlangan 
tovon
-tayanch podshipnikdan iborat 
bog‘lanishning reaksiyasi -ning fazodagi yo‘nalishini ham oldindan aniqlab 
bo‘lmaydi. Masalalar yechishda uning oʻrniga fazoviy tashkil etuvchilari-
,
,
olinadi va Pifagor formulasidan 
R=
aniqlanadi. 
Umuman olganda, texnikada va inshootlarda juda koʻp bogʻlanishlar 
mavjud (1.27-shakl). Ularning hammasini tahlil qilish juda koʻp vaqtni talab qiladi. 
Shuning uchun, eng koʻp uchraydiganlari haqida keyingi mavzularda ma’lumot 
beriladi. 


30 
 
1.27-shakl. 
Nazorat savollari: 
1) Skalyar va vektor qiymatlar deb qanday kattaliklarga aytiladi ? 
Skalyar va vektor qiymatlarga misollar keltiring ? 
2) Kuch vektorining aniqlanish xususiyatlarini ayting ? 
3) Kuchning koordinata oʻqlaridagi proyeksiyalari qanday hisoblanadi ? 
4) Kuchlarni qoʻshishning qanday usullari bor ? 
5) Ikki kuchning vektorli ( geometrik ) qoʻshish qanday amalga oshiriladi ? 
6) Kuchlarni analitik qoʻshish uchun kuchlarning qanday xususiyatlari berilishi 
lozim ? 
7) Nazariy mexanikaning tarkibiy qismlarini ayting ? 
8) Moddiy nuqta deb qanday jismga aytiladi ? 
9) Absolyut qattiq jism deb qanday jismga aytiladi ? 
10) Mexanikaning asosiy 4 ta oʻlchovlarini sanab bering ? 
11) Mexanikaning ( statikaning ) aksiomalarini aytib bering ? 
12) Klassik mexanikaning qonunlarini aytib bering ? 
13) Mexanikada uchraydigan kuchlarning turlarini sanab bering ? 
14) Bogʻlanish deb nimaga aytiladi ? 
15) Erkin boʻlmagan jismni erkin jismga aylantirish uchun nima qilish lozim? 
16) Erkin jism deb qanday jismga aytiladi ? 
17) Bogʻlanish turlarini ayting ? 


31 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin