4.1.8. Мoddiy nuqtaning tebranma harakati.
Tebranma harakat nazariyasi tabiat va texnikaning qator ilmiy asoslarini
oʻrganishda ishlatiladi. Turli sohalardagi tebranma harakatlar bir-biridan shakli,
mazmuni va mohiyati bilan farq qiladi. Lekin tebranma harakatning asosiy
qonunlari hamma joyda bir xil qolar ekan.
Tebranma harakat
deb, davriy
takrorlanuvchi, muvozanat atrofidagi kichik siljish (koʻchish, oʻzgarish)larga
aytiladi. Masalan, tabiatdagi fasl almashinishlari va dengiz toʻlqinlarining
o
ʻzgarishi,
zoologiyadagi qushlarning miqratsiyasi, radiotexnikadagi toʻlqinlarning
tarqalishi vaqt birligi ichida bir xil qonuniyatlarga boysunadi. Ularni oʻrganish,
qonunlarini aniqlash va tenglama-larini tuzish hamda echimlarini topish mazkur
fan rivojida katta yutuq hisoblanadi.
Texnikada ham tebranma harakat juda ahamiyatli boʻlib, mashina-
mexanizm-larning koʻp qismi uning qonunlariga boʻysunadi. Masalan, prujinaga
osilgan yukning tebranma harakati, matematik mayatnikning tebranishi yoki yarim
tsilindr ishidagi sharchaning harakatlari (4.20-shakl) va h.k.
a)
b)
d)
218
4.20-shakl.
Mexanikada esa “Tebranishlar nazariyasi” alohida fan hisoblanadi. Bu fanning
asoslari mashina-mexanizmlar va ularning silkinishlari, seysmik silkinishlar va
bino-inshootlar dinamikasida juda katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy
texnikalarning juda koʻp qismlari prujinalar, ressorlar va pnevmoporshenli
qaytargichlar yordamida ishlaydi. Masalan, poyezd vagonlarining prujinalari
(4.21,a-shakl), pnevmoporshenli vibrostend (4.21,b-shakl), elektrozichlagich
(4.21,d-shakl) va elektroventilyator (4.21,e-shakl) toʻgʻri chiziqli tebranma
harakatga misol boʻladi.
a)
b)
d) e)
4.21-shakl.
219
Nazariy mexanika fanida tebranma harakatning eng soddasi- bir toʻgʻri
chiziqda roʻy beradigan-
Dostları ilə paylaş: |