O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

kesimlar usuli 
yoki 
kesish usuli 
deb ataladi.
D. STATIK ANIQ VA NOANIQ MASALALAR. 
Matematika fanidan 
maʻlumki, noma’lum qiymatlarni aniqlash uchun ularning soniga teng tenglamalar 
tuziladi. Nazariy mexanika fanining statika qismida noma’lum qiymatlar 
muvozanat tenglamalari orqali aniqlanadi. Yechilayotgan masalalardagi noma’lum 
qiymatlar va muvozanat tenglamalari soni oʻzaro mos kelishi talab etiladi. Shuning 
uchun qoʻyilgan muammo yoki masala statik tahlil qilinadi va yechish mumkinmi, 
yoʻqmi tekshiriladi. Agar masalada noma’lum qiymatlar soni muvozanat 
tenglamalari soniga teng yoki kam boʻlsa, bunday masalalar 
statik aniq masalalar 
deb ataladi. Noma’lum qiymatlar soni koʻp boʻlib, muvozanat tenglamalari soni 
kam holda masala oxirigacha yechilmaydi va 
statik noaniq masalalar 
deb ataladi.

 
 
2.44-shakl. 
Masalan 2.44,a-shaklda 2 ta noma’lum qiymatlar-
va 
uchun tekislikda 
joylashgan parallel kuchlarning 2 ta muvozanat shartlari tuziladi (2.5-jadval). 
Lekin 2.44,b-shakldagi 3 ta noma’lumlar-
,
va
uchun 2 ta tenglama yetarli 
boʻlmaydi. 
 
2.45-shakl. 
Xuddi shunday, 2.45,a-shakldagi 3 ta noma’lum-
,
va 
uchun tekislikda 
joylashgan ixtiyoriy kuchlarning 3 ta muvozanat shartlari tuzilsa (2.5-jadval), 


77 
2.45,b-shakldagi 4 ta noma’lum qiymatlar-
,
,
va 
uchun 3 ta tenglama 
yetarli boʻlmaydi.
Bir necha qismlardan iborat tuzilmalarni statik hisoblaganda ham 
echishdan oldin ularni boʻlaklarga boʻlinadi, yuqoridagidek tahlil qilinadi va 
tenglamalar soni yetarli boʻlganda, hisob-kitob oxiriga yetkaziladi. Statik noaniq 
masalalarning ba’zi-birlari boshqa fanlarda (materiallar qarshiligi, gidravlika va 
h.k.) qoʻshimcha tenglamalar tuzish yordamida yechiladi. 
Yuqoridagi maʻlumotlarni aniq misol va masalalarda mustahkamlaymiz. 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin