O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Ish haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish. Ishchi bilan hisob-kitobning sintetik va analitik hisobi



Yüklə 26,77 Kb.
səhifə3/4
tarix26.09.2022
ölçüsü26,77 Kb.
#64162
1   2   3   4
Shuhratov Sh Amaliy Bux referat восстановлен

2. Ish haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish. Ishchi bilan hisob-kitobning sintetik va analitik hisobi.
Xodimlarning ishga kelishi va sarflanishi ish vaqtini to'g'ri hisobga olish, mehnat intizomini mustahkmlashda muhim ahamiyatga ega. Ish kunining necha soat davom etishi korxona ma'muriyati tomonidan kasaba uyusbmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Sarflangan vaqt hisobi tabel asosida yuritiladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat haqi bo'yicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarda ko'rsatib boriladi.
Hisob davri boshlanishi oldidan o'tgan oydagi tabeldan xodimning ismi sharifi ko'chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtining sarflanishi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki usulda amalga oshiriladi:
1. Barcha ishga chiqqan, kechikkan, biror sababga ko'ra ishga chiqmaganlar to'liq ro'yxatga olib boriladi.
2. Tabelda faqat kechikkaniar, ishga chiqmaganlari- ro'yxatga olinadi.
Har bir xodirnning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga ko'ra, ya'ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel bo'lim yoki sex boshlig'i tomonidan imzolanadi, so'ngra tabelchi tomonidan buxgalteriyaga ish haqini hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo'yicha rasmiylashtiriladigan boshlang'ich hujjatJar belgilangan muddatga buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo'limiga topshiriladi. U buxgalteriya xodirnlari tomonidan tekshiriladi, so'ngra qayta ishlash uchun mashina hisoblash byurosiga yoki mashina hisoblash stansiyalariga yuboriladi.
Boshlang'ich hujjatlarni qayta ishlash deyilganda ishchining bajargan ishini ishbay narxiga ko'paytirish yo'li bilan ish haqini hisoblash tushuniladi.
Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilaming tabel raqamlari buxgal-teriyada sexlar bo'yicha guruhlanadi va ishchining ish haqi uning shaxsiy schyoti yoki varaqalariga yozib boriladi.
Ish haqi va boshqa hisob ishlari hisoblash mashinalari yordamida bajarilgan korxonalarda qayta ishlangan boshlang'ich hujjatJardagi ma'lumotlar asosida quyidagilar tuziladi:
1. Hisoblash vedomosti.
2. Hisoblangan ish haqini ishlab chiqarish schyotlari va xarajat moddalari o'rtasida taqsimlash vedomosti.
3. Ish haqi sarfi bo'yicha me'yordan chetga chiqish vedomosti va boshqalar.
6710-«Mehnatga haq to'lash bo'yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyotining analitik hisobi har bir xodim bo'yicha ayrim ochilgan shaxsiy schyotda yuritiladi va kategoriyalari hamda ishlagan joylari yuzasidan guruhlashtirilib boriladi.
Mehnatga haq to'lash bo'yicha quyidagi dastlabki hujjatJar to'lg'aziladi:
T-l shakli - «Ishga qabul qilish to'g'risida buyruq». Unda xodirnning kasbi, mansab va ish haqi ko'rsatilib, kadrlar bo'limida bir nusxada to'lg'aziladi va mehnat daftarchasiga qayd qilinadi.
T-2 shakli - «Xodimning shaxsiy varaqasi». Kadrlar bo'limi tomonidan har bir xodirnga ayrim to'ldiriladi va xodirn tomonidan imzo bilan tasdiqlanib keyingi o'zgarishlar kiritilib boriladi.
T-3 shakli - «Boshqa ishga o'tkazilganligi to'g'risida buyruq». Xodimlar korxona ichida boshqa ishga o'tkazilganda ikki nusxada to'lg'azib 1 nusxasi kadrlar bo'limida, 2-nusxasi buxgalteriyada saqlanadi.
T-6 shakli - «Ta'til berish to'g'risida yozuv». Har yilda va boshqa sabablar bilan ta'tilga chiqarishda qo'llaniladi va buxgalteriyaga ta'til haqini hisoblashga asos bo'ladi. Agarda haq to'lanmaydigan ta'tilga chiqarilsa, buxgalteriya tomonidan xodimga haq hisoblanmaydi.
T-8 shakli - «Mehnat shartnomasi tugatilganligi to'g'risida buyruq». Bu buyruq xodimlar ishdan bo'shatilganda bir nusxada yozilib, unga asosan kadrlar bo'limi mehnat daftarchasiga ko'chiradi va buxgalteriya hisob-kitob qiladi.
T-12 shakli - «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish va ish haqi hisoblash tabeli». Bu xodirnlaming ishga kelishini be1gilaydi va shunga asosan ish haqi hisoblanadi.
T-13 shakli - «Ish vaqtini hisoblash tabeli». Bunda faqat xodimlaming ishga kelishi belgilanib boriladi.
Bulaming hammasi mas'ul shaxslar tomonidan imzolanib, buxgalteriyaga topshiriladi.
Ish haqi va ishlab chiqarish hisobi bo'yicha ishlab chiqarish sexiari, bo'linmalarida rasmiylashtirilgan boshlang'ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaga topshiriladi va ular qayta ishlangandan so'ng xodimlar toifalari va tabel raqamlari bo'yicha guruhlanadi. Guruhlangan hujjatlardagi ma'lumotlar ishchi yoki xodirnning ish haqini hisoblash shaxsiy varaqasiga yozib boriladi. Keyinchalik o'sha varaqdagi ma'lumotlardan ish haqini hisoblash vedomostida foydalaniladi. Bu vedomostda ishchi va xizmatchilarga ish haqi va undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Vedomost har bir sex bo'linmalaridagi xodimlaming toifalari bo'yicha alohida tuziladi.
Hisobot oyining birinchi yannida ish haqining ma'lum qismi bo'nak tariqasida beriladi. Ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarilgan mahsulot soni, sifati, ishchining ishlagan vaqtiga qarab hisoblangan ish haqi, ushlab qolingan soliqlar hamda berilishi lozim bo'lgan ish haqi miqdori ko'rsatiladi. Ayrim korxonalarda esa aksincha, ish haqini hisoblash vedomosti bilan to'lov vedomosti alohida hisob registrlarida hisoblanib, bunday vaqtJarda to'lov vedomostidan ish haqi to'lashda foydalaniladi. Ish haqini hisoblash -to'lov vedomosti korxonalarida avvaldan tayyorlanib qo'yiladi. Buning uchun ish haqini hisoblash byurosi operatorlari vedomostida xodimlaming ismi-shariflarini, razryadlarini, tabel raqamlarini va boshqa ma'lumotlarni qayd qiladi.
Hisobot oyi tugashi bilan ish haqi hujjatlar asosida hisoblanib, vedomostga yoziladi.
Korxona ro'yxatidagi va ro'yxatda bo'lmagan xodimlarga mehnat haqi hisoblash, mehnat haqining harnma turlari - mukofot, yordam puli, ishlaydigan pensiy~ oluvchilarga hisoblangan pensiya, aktsiya va boshqa qimmatbaho qog'ozlar bo'yicha daromadlami to'lash passiv 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashish” schotida hisobga olinadi.
Schyotning kreditida hisoblangan mehnat haqi, kasallik varaqalari bo'yicha nafaqalar, pensiyalar, ta'til summalari, debetida esa qonunda be1gilangan tartibda ish haqidan ushlab qolishlar va mehnat haqining kassadan berilishi aks ettiriladi.

3. Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtiga zaxira qilinadigan summalarini hisobga olish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni hisobga olish.
Odatda, korxonalarda ishchilaming yil davomida mehnat ta'tiliga chiqish oralig'i bir tekis kecbmaydi, ya'ni yilning qish oylariga qaraganda yozda mehnat ta'tiliga chiqish ko'proq bo'ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini to'g'ri belgilash uchun ishchilaming mehnat ta'tili vaqtida to"lanadigan ish haqining hisob-kitobi buxgalteriya schyotlarida aks ettiriladi.
Ishchilarga mehnat ta'tiliga to'lanadigan ish haqini tannarxga yil davomida bir tekis o'tkazishni ta'minlash uchun har oyda ma'lum mablag' zaxira qilib boriladi.
Korxonaning kelgusi davr to'lovlari sifatida tavsiflanuvchi ushbu zaxira summasi ishchilarga har oyda amalda hisoblangan ish haqiga nisbatan ma'lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
D-t201O-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.
K-t2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti.
8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to'lovlar zaxirasi» schyotining krediti bo'yicha qoldiq foydalanilmagan zaxira summasini ko'rsatadi. ba'zan ishchilarga mehnat ta'tili vaqtiga haqiqatdan hisoblangan ish haqi foydalanilmagan zaxira summasidan oshib ketib, 8910-schyot debet tomonida qoldiq hosil bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zaxira tashkil etilganida buxgalteriyada quyidagilar qayd qilinadi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari.
K-t 891O-«Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari rezervi».
Ishchilarga mehnat ta'tili uchun ish haqi hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 891O-«Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari rezervi».
K-t 671O-«Xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisoblashishlar».
Bunday hollarda ushbu schyot debet tomonining qoldig'i balans tuzilgan vaqtda 3100-«Kelgusi davr xarajatlari hisobi» schyoti qoldig'iga qo'shilib balansda aks ettiriladi.
Ishchi va xizmatchilar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo'qotgan vaqtda ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun davlat ijtimoiy sug'urta mablag'i tashkil qilinadi. Ijtimoiy sug'urta mablag'i djtimoiy sug'urta va ta'minot bo'yicha hisob-kitoblar» schyotida hisobga olinadi.
Ijtimoiy sug'urtaga ajratilgan mablag' sintetik schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan aks ettiriladi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari.
K-t 6520-djtimoiy sug'urta bo'yicha to'lovlar».
Ishchi va xizmatchilar vaqtincha mehnat qobiliyatini yo'qotgan vaqtda ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun davlat ijtimoiy sug'urta mablag'i tashkil qilinadi.
6520-djtimoiy sug'urta bo'yicha to'lovlar» schyoti passiv bo'lib, ijtimoiy davlat sug'urtasi uchun korxona xodimlarining nafaqa ta'minoti va tibbiy sug'urtasi hamda bandlik jamg' annasi uchun ajratmalar summasi hisobga olinadi.
6520-«Ijtimoiy sug'urta bo'yicha to'lovlar» schyotining sintetik hisobi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
1. Hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy sug'urta va ta'minot organlariga ajratmalar hisoblandi.
D-t2010, 2310, 2510, 2610, 9420, 6710, 8910.
K-t 6520.
2. Sug'urta organlariga hisoblangan ajratmalar o'tkazildi.
D-t 6520.
K-t511O.

Xulosa
Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobi turlari ichida moliyaviy hisob alohida ahamiyatga ega bo’lib, u tashqi foydalanuvchilar uchun asosiy axborot manbai bo’lib hisoblanadi.


Yüklə 26,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin