- 147 -
tilni yozma tildan farqlash zarur. Adabiy til og’zaki va yozma shaklda bo’ladi.
Adabiy tilning og’zaki shaklida uning talaffuz normasi o’z ifodasini topadi.
Adabiy tilning o’z grammatikasi va leksikasi mavjud. Bular ham o’z adabiy
normasiga ega. Adabiy tilda turli sohalarga doir terminlar, dialektizmlar
(shevalarga xos so’zlar), kasb-hunar, madaniy – maishiy va boshqa sohalarga
tegishli so’zlar mavjud bo’ladi. Adabiy tilning og’zaki shakli yozma shaklidan
avval hosil bo’lishi mumkin. Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishida buyuk
shoir va adiblarning xizmati juda kattadir. Ular qo’llagan so’z va iboralar va
maxsus uslub (stil) adabiy tilning nufuzini ta’minlaydi. Adabiy til milliy tilning
asosida shakllanadi. Milliy tilning yozma va og’zaki shakllari unda so’zlanuvchi
xalq uchun tushunarli va umumiy bo’lgan mezonlarga agadir. Shu sababli uni
davlat tili yoki rasmiy tl sifatida qabul qilinadi. Davlat tili ommaviy axborotda,
matbuotda, sud va prokuraturada, barcha davlat tashkilotlari, o’quv maskanlari
va boshqa muassasalarda qo’llanadi. Tilni xalq yaratgan va uning adabiy va
davlat tili sifatida qo’llovchi ham xalqdir. Davlat tilining erkin rivojlanishini va
uning halq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanishini taminlash til siyosatining
asosiy vazifasi hisoblanadi.
Adabiy tilning ma’lum situatsiyada qo’llanuvchi varianti uning funktional
stili deb ataladi. Funktsional stillar tilshunoslikning ifodali vositalarini
o’rganuvchi bo’limi bo’lmish stilistikada o’rganiladi. Tilning funktsional stillari:
rasmiy-ish stili, kundalik og’zaki nutq stili, ilmiy –texnik stil, diniy stil, badiy
stil (u poetik (nazmiy) stil, nasriy stilni o’z ichiga oladi). Ba’zan badiy stildga
nisbatan neytral stil farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: