- 144 -
rihiy shakllanishi, o’zgarishi va rivojlanishi – diahron tilshunoslik farqlanadi.
Qarindosh va qarindosh bo’lmagan, turli tizim va strukturaga ega bo’lgan til-
larning o’xshash farqli alomatlarini aniqlash qiyosiy tilshunoslikning) aniqrog’i
qiyosiy-tipologik tilshunoslikning vazifasidir. Tilshunoslik aslida uyg’onish
davrida filologiya fani tarkibiga kiritilgan edi. Lekin keyincha XIX asr boshlari-
da tilshunoslik alohida fan sifatida filologiyadan butunlay ajralib chiqdi. Na-
tijada filologiya ikkita bir-biriga bog’liq bo’lgan fan – adabiyotshunoslik va
tilshunoslikdan iborat bo’lib qoldi.
Tilshunoslik birinchi navbatda nazariy fan bo’lib, uning tatbiqiy – amaliy
jihati turli o’quv lug’atlari tuzish, savod o’rgatish kabilar bilan ham bog’liqdir.
Grammatika termini kelib chiqishi jihatdan “yozuv haqidagi fan” ni bildiradi.
Yozuv esa aslida tilni amaliy o’rganish vositasidir.
Dostları ilə paylaş: