O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Tillarning o’zaro ta’siri 
 
Odatda ma’lum xududda yashovchi ko’pchilik xalqning tili umumiy til deb 
ataladi. Tarixda yunon tilining Afina attik dialekti umumxalq tili sifatida qabul 
qilingan. Bunda Afina shahri Gretsiyaning madaniy, siyosiy va iqtisodiy marka-


- 148 - 
zi ekani ham hisobga olingan. Bunday umumiy tilni koyne (grekcha koine- di-
alektos-“umumiy nutq”) deb ataladi. O’zbek tilining Toshkent va Farg’ona she-
valari “tayanch shevalar” deb ataladi va bu “umumiy til” tushunchasiga ancha 
yaqin turadi.
Kishilar ikki va undan ortiq tillarda so’zlasha oladilar. Shunga ko’ra ikki 
tilliylik bilingvizm (grekcha bi-ikki, lingua-tildan) va ko’p tilda so’zlashish – 
polilingvizm (grekcha poly-ko’p, lingua-til) farqlanadi.
Ikki tilda so’zlovchilar ayniqsa ko’p. Masalan, O’zbekistonning Namangan 
viloyatida 9% aholi, O’rta Osiyo xalqlarining 30% (1970 yil aholi ro’yhati na-
tijalariga ko’ra) ikki tilda so’zlashadilar. 
Tillarning o’zaro ta’siri natijasida ulardan biri, odatda madaniy va iqtisodiy 
jihatdan yaxshi rivojlangan xalqning tili tasirida ikkinchi tilda ko’pgina so’zlar 
o’zlashadi. Masalan, Afrika tillarida arab tilidan o’zlashgan so’zlar juda ko’p, 
Lekin, aksincha, Afrika tillaridan arab tiliga o’tgan so’zlar juda kam topiladi. 
Bir-biriga o’zaro tasir ko’rsatgan tillarning har ikkisi ham so’zlarning 
o’zlashishi natijasida boyiydi. Masalan, qadimiy g’arbiy german tillarining lotin 
tili bilan aloqasi natijasida german tillariga hayotning turli sohalariga tegishli 
so’zlar kirib keldi: ingliz. street, nemis. Strasse – “ko’cha”, ingliz. cheese, 
nemis. Kase – “pishloq”, ingliz. toll, nemis pfund- “boj xaqqi”, pound, Pfund 
“funt” kabi. O’z navbatida german tillaridan ham lotin tiliga qator so’zlar 
o’zlashgan va ulardan ba’zilari ispan tilida saqlanib qolgan: ispan, espiar “or-
tidan bormoq”, tregua “kelishuv”, guardar “qo’riqlamoq”, orgullo “fahr” 
1
kabi.
Tillarning o’zaro tasiri ularda so’zlashuvchi xalqlarning yonma-yon yoki 
yaqin xududda yashashiga bog’liq emas. Ba’zi baynalmilal so’z va terminlarn-
ing bir yo’la birnecha tillarda qo’llanilishi bunga misoldir. 
Ko’pincha tillarning o’zaro tasiri leksika sohasida, xususan, so’z qabul qi-
lish bilan boshlanadi va keyincha u fonetika va grammatikada kuzatiladi. 
O’zbek tilida arab va fors tillaridan o’zlashgan so’zlar ko’pgina topiladi. Arab 
1
Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева Е.А. Введение в языкознание. Т., “Ўқитувчи”,1989, с.200-
201.


- 149 - 
tilidan o’zbek tiliga o’zlashgan ba’zi so’zlarda fonetik hodisalar ham mavjud: 
toat, tal’at, soat, sur’at kabi. Bu so’zlarda arabcha “ayn”ning cho’ziqroq talaffuzi 
kuzatiladi. O’zbek tilida /ts/ (tsirk, tsirkul), /j’/ (j’yuri, j’urnal) fonemalari grek 
tilidan kirib kelgan so’zlar bilan birga o’zlashgan.
Bir tildan ikkinchi tilga so’z o’zlashuvi natijasida ulardan birining tarkibida 
katta o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunday ta’sir tillardan birining yo’qolib ket-
ishiga sabab bo’lishi mumkin. Saqlanib qolgan tilda yoqolgan til unsurlarining 
bo’lishi substrat (lotincha sub- “yuqori”, stratum- “qatlam”) deb ataladi. Sub-
stratning ta’siri ko’proq fonetika sohasida bo’ladi. Masalan, german tillaridagi 
“yuz” va “ming” sonlari qadimiy ingliz, qadimiy sakson tillarida hund, qadimiy 
yuqori nemis tilida hunt, boshqa german tillarida hunda shaklida o’zlashgan. 
Ming so’zi Ђusundi shaklida (qadimiy ingliz tilidaЂusend, qadimiy friz tilida 
thusend, qadimiy sakson tilida thusundig, thusint kabi) o’zlashgan. Bu so’zlarda 
fonemalar almashuvi kuzatiladi. Qrimdagi gotlar tilida bu so’zlarga sada “yuz” 
o’rta osetin tilida s
ädä, 
fin-ugor tillardan o’zlashgan sada va hazar “ming” (o’rta 
fors tilida hazar, venger tilida o’zlashgan ezer shakli mavjud.
1
). Sintaksisda 
uchrovchi substratlarga turkiy tillarida gapda so’z tartibining ancha erkin bo’lib 
qolgani va teskari so’z tartibi ham qo’llanayotgani misol bo’ladi: Masalan: 
Ozor tilida: Danişyr Baky! Bokudan gapiramiz! 
Yaşasyn sulh! Yashasin tinchlik! 
Qirg’iz tilida: Berilet usul spravke – Berildi ushbu ma’lumotnoma 
O’zbek tilida: Ashulani O’lmas Saidjonov ijro etadi. 
Turkman tilida: Mikrofon onunde joldaş Chorijev– mikrofon oldida 
o’rtoq Choriev.
2
1
Misollar olingan manb’a: Топоров В.Н. Древные германцы в пречерноморъе. Результаты и перспекти-
вы.//
Балто-славянские исследования. 1982. М.,: Наука, 1983, с.239 
2
Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A.A. Umumiy tilshunoslik. Toshkent, O’qituvchi, 1979, 170 bet.


- 150 - 
Substrat hodisalarini tilning semantikasida ko’proq uchratish mumkin. Ma-
salan, grek tilidagi “marble” so’zi “marmar” shaklida o’z ma’nosida o’zbek 
tiliga o’zlashgan. Bu so’z boshqa tillarda ham mavjud. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin