- 139 -
Gumboldt tomonidan tuzatilgan. U asosan uch belgiga e'tibor bergan: 1)
ma'noga aloqador usullarga, 2)
gap tuzilishiga, 3) tovush shakliga. Gumboldt
ana shu belgilariga ko'ra tillarni to'rt guruhga ajratadi: 1) izolirlashgan, 2)
agglyutinativ. 3) flektiv, 4) inkorporativ tillar. Keyincha bu tasnifga A.Shleyxer,
F.F.Fortunatov kabi olimlar o'zgarishlar kiritdilar. A.Shleyxer inkorporativ tillar
borligini tan olmadi. F.F.Fortunatov esa, so'zning morfologik tarkibiga asosiy
e'tiborini qaratdi. Tillarning morfologik tasnifiga ko'ra izolirlashgan,
agglyutinativ, flektiv, inkorporativ yeki polisintetik tillar farqlanadi. Ularning
har biriga qisqa izoh beramiz.
O’zakli (Izolirlashgan) tillarda ba’zan amorf tillar deyiladi (lotincha
“amorphous” –shaklsiz) so'zlar va ularning shakli boshqa so'zlarga va gapga
bog'liq bo'lmay, so'zlar o'zgarmay qoladi. Bunday tillarga xitoy, aniqrog'i,
qadimgi xitoy, vetnam, indonez, ba'zi malaya-polineziy va G'arbiy Afrika tillari
kiradi. Izolirlashgan tillarda affikslar qo'llanmaydi. Lekin hozirgi xitoy tilida
ba'zan affikslarni qo'llash hollari uchraydi.
Dostları ilə paylaş: