O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

I. Hind-ovrupo tillari 
Hind-Ovrupo tillari oilasi eng katta bo’lib, u german (435 million), roman (570 
million), boltiq (4,6 million), slavyan (290 million), hind (760milion), eron (71 
million) guruhlaridan iborat. Bu oila tillariga arman (5 million), alban (4,9 mil-
lion), grek (11 million) va boshqa ko’pgina qadimiy tillar kiradi. Ular ichida lo-
tin, sanskrit, qadimiy grek, xet, tohar, kelt va boshqa qadimiy tillar ham bor. 
German tillari guruhiga nemis (100 million), golland (nederland)(22 million), 
afrikans (5 million), friz (400 ming), ingliz (290 million), Ferer (400 ming), dat 
(5,5 million), shved (8,8 million), norvej (4,6 million) tillari kiradi. 
Roman tillari guruhiga frantsuz (70 million), ispan (260 million), partugal (140 
million), italyan (66 million), rumin (20 million), moldav (2,8 million) tillari 
kiradi. 
Boltiq tillari guruhi litov (3,1 million), latish (1,5 million) tillaridan iborat. 
Slavyan tillari guruhiga bolgar (9 million), makedon (1,6 million), serboxorvat 
(18 million), sloven (2,1 million), Slovak (5,4 million), rus (160 million), ukrain 
(36 million), belorus (7,5 million), polyak (41 million) tillari kiradi. 
Hind tillari guruhi assam (13 million), bengal (165 million), oriya (27 million), 
maythili (9 million), bxodjpuri (10 million), himdi (200 million), urdu (45 mil-
1
Hind-ovrupo tillariga german, roman, hind-eron tillari guruhi, afroosiyo tillariga semit xamit tillari oilasiga 
kiruvchi ivrit(yahudiy), ibroniy, arab, amhar (Efiopiyada), somali,oromo, xaysa kiradi. Orol tillari oilasidagi Fin 
guruhi (fin, saam, perm, mariy, mordov tillari va yston tili) liv, karel, veer, mariy, udmurd, komi-permyak, komi-
ziryan tillaridan iborat; ugor tillari guruhiga venger, mansiy, xantiy tillari kiradi. Samodiy tillari guruhiga nenets, 
selkup, nganasan tillari kiradi. Oltoy tillari turkiy, mo’g’ul, tungus-manchjur guruhlaridan iborat. Kartvel tillari 
oilasiga gruzin, zan, chan, megrel, svan tillari kiradi. Dravid tillari oilasiga tamil, malayalam, kannada, telugu, 
gondi, kurukh, brari tillari kiradi.


- 132 - 
lion), nepali (11 million), panjobi (54 million), sindhi (16 million), gudjoroti (40 
million), marathi (57 million), singal (12 million), kashmiri (3 million), lo’lilar 
tilini (500 ming) o’z ichiga oladi. Sanskrit va qadimiy hind tillari ham shu 
guruhga kiradi.
Eron tillari guruhiga pushtu (pashtu) ( 24 million), ormuri (5 ming), parachi (5 
ming) va pamir tillari deb ataluvchi yazgulom (2 ming), ishkashim (3 ming), va-
han (30 ming), mundjan (2 ming), yagnob (2 ming) tillari hamda osetin (300 
ming), kurd (12 million), beludj (3 million), fors (forsi) (20 million), tojik, dari 
(8 million), tat (200 ming) tillari kiradi.
Hind-ovrupo tillari oilasiga kiruvchi tillarda so’zlashuvchilar yer yuzining juda 
ko’p tomonlarida Ovrupo, Osiyo va Avstraliya qitalarida tarqalgan. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin