O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

II. Semit-xami tillari (ba’zan Afroosiyo tillari deyiladi) oilasi quyidagi til 
guruhlarini o’z ichiga oladi:
1. Semit tillari guruhi (187 mln) arab (140 mln), amxar (Efiopiyaning rasmiy 
tili,) (17 mln), Tigrinya (17 mln), tigre (700 ming) tillarini o’z ichiga oladi. 
Kushit tillari guruhi bedayye (yoki bedja, Sudanda tarqalgan 1,2 mln), Somali 
(6,5 mln), afar yoki danakil (800 ming), oromo (yoki galla 16,7 mln) iraki (Efi-
opiyada,350 ming) tillarini o’z ichiga oladi. 
Berber tillari guruhiga (tahminan 9 mln). tuareg (yoki tamashek tili, 1 mln.dan 
ortiqroq, Niger daryosi bo’yida, Mali, Nigeriyada tarqalgan), kabil (yoki zuav 
tili, Jazoir shimolida 1,5 mln aholi so’zlashadi), mazigt (yoki tamazit, braber tili, 
Marokashdagi Atlas tog’lari etagida), shelx (Marokash janubida, 2,5 mln), zenag 
(yoki taddungiyax, Mavritaniyada 10 ming) kiradi. Bu guruhga ba’zi o’lik tillar, 
jumladan, qadimiy berber, numidiy tillari kiradi. 
Chad tillari guruhiga (tahminan 28 mln) xausa (24 mln, Sharqiy Kamerun, 
Sharqiy Nigeriya, Nigar va Chad, Gana va Beninda tarqalgan), ngizim, karekere 
(300 ming Nigeriyada), kotoko (150 ming Chad va Kamerunda), bura (1,5 mln 
Nigeriya va Kamerunda), mandara 300 ming 300 ming-Kamerunda, 10 ming 


- 133 - 
Nigeriya va Chadda , angas va sura tillari (250 ming Nigeriyada), musgu (200 
ming Kamerunda), mubi va sokoro (130 ming Chadda) tillari kiradi. Bu guruh 
tillari ayniqsa Kamerunda (Afrika) tarqalgani qiziqdir. 
III. O’rol tillari oilasi uch guruhga bo’linadi :
1. Samodiy guruhi selkup (4 ming Rossiyadagi Tomsk oblasti va Krasnoyarsk 
o’lkasi, Yamal-Nenets milliy okrugida tarqalgan, 1930 yilda kirillitsa yozuvini 
qabul qilgan), nenets tili (30 ming Tundrada), enets (200 ming,Yenisey bo’yida 
tarqalgan), nganasan (800 ming, Taymir shimolida) tillaridan iborat. 
2. Fin –ugor tillari guruhiga venger tili kiradi (15 mln, Vengriyadan tashqari 
Ruminiya, Xorvatiya, Sloveniya, Slovakiyada tarqalgan). Ugor nomi onogur, 
ongur (grekcha) so’zlaridan kelib chiqib, keyincha Magyar, madyar deb atalgan. 
Bu guruhda yana Suomi tili (yoki fin tili-5,3 mln – Finlandiyada, 300 mingga 
yaqin AQSH da, Kanada (53 ming), Norvegiya (22 ming), Shvetsiya (310 ming) 
Rossiya (47 ming) da tarqalgan), eston (1.1 mln dan ortiq), vep (100 ming), liv 
(100 ming Riga ko’rfazi bo’ylarida), karel (80 ming, Kareliyada), ijor (1 ming 
Fin ko’rfazi bo’yida) tillari kiradi. Bu guruhdan mordov (moksha) (1 mln 300 
ming), erzya tillari ham o’rin olgan. Bu guruhga perm tillari deb ataluvchi ud-
murt (votyats, taxminan 700 ming), komi-ziryan (350 ming, Komida), komi-
permyats (150 mingdan ortiq Perm oblastida), komi-yazvin (5 ming, Perm ob-
lastining sharqiy – shimoliy tomonida), yukagir (250 ming, Magadan va Yoquti-
ya chegarasida) tillari ham kiradi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin