O‘zini tekshirish uchun savollar
1.
Turli madaniyatlarda xayriya ijtimoiy hodisa sifatida.
2.
Xayriyaning kasbiy ijtimoiy xizmatdan farqi .
3.
Diniy xayriya.
4.
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvar xususiyati.
3-Mavzu . Xorijda ijtimoiy ish asoslari
1. Ijtimoiy ish institutsiallashuvining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy zamini.
Tashkiliy saxovat.
2. Settlmentlar harakati.
3. Ijtimoiy xodimlar tayyorlash maktablarining paydo bo‗lishi va
rivojlanishi.
4. Ijtimoiy ish xususiyati. 20-asrda ijtimoiy ish rivojlanishi.
32
1 . Ma'lumki, kasb o‗zida aholining ma'lum bir qatlami ehtiyojlariga
mo‗ljallangan va ixtisoslashgan bilimlar majmuasi bilan muhim ijtimoiy
muammolarni hal qilishga qaratilgan mashg‗ulot sanaladi.
Adabiyotlarda ijtimoiy ishning kasb sifatida paydo bo‗lishi 19-asr oxiri va
20-asr boshlariga to‗g‗ri keladi. Aynan shu davrda bir qator sanaoti rivojlangan
mamlakatlarda mutaxassislar guruhi paydo bo‗lib, ular ijtimoiy ish bilan
professionala shug‗ullanishni boshladilar, o‗quv muassasalari yaratib, ijtimoiy
xodimlarni o‗qitdilar. Muhim faoliyat turi sifatida ijtimoiy ish ancha oldin Buyuk
Britaniya va AQShda shakllandi va keyinchalik u kasbiy asosda qo‗yildi.
Ilmiy va o‗quv fani sifatida ijtimoiy ishning rivojlanishi va ijtimoiy
xodimlarni tayyorlashga bo‗lgan ehtiyoj nima bilan asoslanadi. Tadqiqotchilar
fikricha uning asosiy sabablari quyidagilar:
1. Borliqning umumiy tamoyillari va me'yorlari bilan bog‗liq yagona
jamiyatning buzilishi.
2. Urbanizatsiya va sanoatlashish .
3. Ijtimoiy aloqalar va insoniy munosabatlarning kuchayishi.
yevropa va AQSh da sanoat rivoji, urbanizatsiya jarayonining tezlashishi,
jamiyatda yuqori daromadga ega qatlamning ko‗payishi, shahar hayotiga
moslashishning osonligi, insonlar o‗rtasida, inson va jamiyat o‗rtasidagi
munosabatlarda an'anaviy ijtimoiy aloqalarning buzilishi, shunday ijtimoiy
muammolar paydo bo‗lishiga olib keldiki, an'anaviy jamiyatda sinovdan o‗tgan
usullar bilan ularni hal qilish mumkin bo‗lmay qoldi.
Jamiyatda munosabatlarning tezlik bilan kuchayishi sharoitida yanala
ko‗proq ziyoli insonlar shakllanib, saxovatlik va bag‗rikenglik uslubiyoti bilan
jamiyatni sog‗lomlashtirishga qaratildi.
Ammo qachonki qashshoqlik darajasi keng miqyosda bo‗lsa, jamiyatga
o‗tish- bu tabiiy jarayon sanaladi. Bu insonlar kasal hisoblanadi va ularni davolash
zarur bo‗lib, u mavjud faoliyat sifatida o‗sib borayotgan jamiyat muammosi bilan
birgalikda ko‗rildi. Shuningdek ijtimoiy ish doirasida parallel ravishda ikkita
yo‗nalish rivojlanib, ijtimoiy muammolarni tushunishda bir-biriga qarama-qarshi
33
turadi. Mazkur jarayon mualliflar ko‗rsatishicha AQSh va bir qator yevropa
mamlakatlari ayniqsa, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya uchun xosdir.
Ijtimoiy ishning rivojlanishi ikkala mintaqada bir-birini rag‗batlantirdi.
Professional faoliyat sifatida ijtimoiy ish AQSh da tezkorlik bilan rivojlandi.
Shahar atrofidagi qishloqlarning shaharga aylanishi, boshqa joydan keluvchilar,
tayinsiz va omadsiz odamlarning ko‗payishi g‗aribxona va qamoqxonalarning
ko‗payishiga olib keldi. Bu toifa shtatlar organlari himoyasi ostida bo‗lib,
keyinchalik shtatlr o‗zgarish va xayriya kengashlariga o‗tkazilgan. Umumiy
sektorda bolalarga qarash bo‗yicha ko‗ngilli tashkilot va agentliklar paydo bo‗ldi.
Shtatlar xayriya va o‗zgarish kengashlari 19-asrning 60-yillarida paydo
bo‗ldi. Ular turli tuzilma va majburiyatlarga ega bo‗lib, ammo ularning asosiy
vazifasi turli tashkilotlarni boshqarish sohasida qonunchilik maslahat yordamini
ko‗rsatish edi. Kengashlarga mashhur filantroplar, ko‗ngillilar, ziyolilar kirishgan.
1865-yilda turli shtatlardagi kengash a'zolari ijtimoiy fanlar Amerika
Assotsiatsiyasiga birlashdilar. Ammo odamlarga yordam ko‗rsatish kabi bir xil ish
bilan shug‗ullanadigan insonlarning turli guruhlari turli qarashlar va turlicha
manfaatlarga ko‗ra ajratildi.
Ko‗pchilik fikricha amaliy ijtimoiy muammolarni hal qilish inson
to‗g‗risidagi ilmiy bilimlar asosida bo‗lishi kerak. Yordamga muhtoj shaxslarga
qarovchi va nochorlarga yordam berishni nazoratini amalga oshiruvchi amaliy
xodimlar amaliyotda qo‗llay oladigan oddiy usullarni ishlab chiqishdan
manfaatdorlar. Manfaatlarning to‗qnashuvi tezkor shaklda bo‗ldi. 1874-yilda
amaliy xodimlar Assotsiatsiyadan chiqishdi va o‗zlarining xususiy tashkilotlari-
xayriya va o‗zgartirish milliy konferensiyasini tashkil etishdi. ( u bir qator
manbalarda xayriya va tuzatilgan faoliyat konferensiyasi deb ham nomlangan.).
Xayriya va o‗zgartirish milliy konferensiyasining yaratilishi professional
ijtimoiy ishning ibtidosi bo‗ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab, olimlar fikricha,
tashkiliy ijtimoiy ish rivojlandi.
Amerika adabiyotlarida uning rivojlanishining dastlabki bosqichi dastlabki
ishonchsiz qadamlardan rasmiy uslublarga o‗tish bosqichi sifatida xarakterlanadi.
34
G‗arbda qo‗llangan ijtimoiy ish asosi har bir alohida holat bilan ishlashning
qayta ishlangan va boyitilgan uslubi bo‗lib, bu bir tomondan ilmiy fanlar shu
jumladan psixoterapiyaning turli elementlari, boshqa tomondan individ va shaxsga
inqiroz holatida yordam ko‗rsatish tajribasini uyg‗unlashtiradi. AQSh da 19-
asrning 80-yillarida ijtimoiy ishning ikkita yo‗nalishiga ega ikkita kasbif
tashkilotlar paydo bo‗ldi. Ulardan biri tashkiliy xayriya London jamiyati shaklidagi
muassasa bo‗lib, 1887-yilda Baffaloda tuzildi. Ikkinchisi qo‗shnilar (birga
yashovchilar) Gildiyasi bo‗lib Nyu-Yorkda 1886-yilda tashkil etildi. Ikkila
tashkilot o‗z g‗oyalarini Angliya viktorian an'analaridan olib, tezlik bilan
rivojlandi. 1892-yilga kelib AQSh va Kanadaning yirik shaharlarida 92 ta xayriya
tashkilotlari tuzilgan edi.
Settlmentlar deb ataluvchi emigrant, ko‗chib keluvchilar shaharchalari 1986-
yilga kelib 44 tani tashkil qildi va bu miqdor doimiy o‗sib bordi. Qayd etish
kerakki, bunday manzilgog‗lar faqatgina AQSh da emas, balki Angliya,
Germaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‗ldi.
Ikkala tashkilot va harakat kambag‗al va omadsiz insonlarning manfaatlarini
himoya qilish uchun paydo bo‗ldi. Ular o‗ziga oliy va o‗rta ma'lumotga ega
insonlarni jalb qildi. Ularning faoliyati asosan yosh ayollar uchun jozibali bo‗lib,
ular ijtimoiy ishda o‗zining ijtimoiy maqomini oshirish va iqtisodiy mustaqillikka
erishish imkoniyatini ko‗rishdi. Ikkala harakat cherkovga yaqin edi.
Saxovat harakatiga Meri Richmond boshchilik qildi va ular bevosita ijtimoiy
islohotlar uchun kurashmadilar. Bu harakatning g‗oyaviy asosi insonning
kambag‗alligi va ijtimoiy muammolari edi. Aloqa o‗rnatish maqsadida
ko‗ngillilarning tashrifi kambag‗allar bilan ishlashning eng ma'qul shakli bo‗lgan.
Xayriya jamiyatlari a'zolari yaqin vaqtgacha asosiy yordam manbasi bo‗lgan
ta'minotni borib ko‗rishga almashtirish zarur deb hisoblaganlar.
AQSh da ko‗ngillilar deb atalgan do‗stona mehmonlar kelgan vaqtda kerakli
yordamni aniqlash uchun o‗qitish, ro‗yxatga olish amalga oshirilgan, hamkorlik va
muvofiqlashtiruvchi ishlar bajarilgan. Kambag‗al oilalarga boruvchi jamiyat
a'zolari uchun konferensiyalar o‗tkazilgan, bunda ular boshqa xodimlar bilan
35
uchrashib, tajriba va fikr almashganlar. Ular uchun asosiy axloq qoidalari
keltirilgan kam sonli qo‗llanmalar ham bo‗lgan. Amerikalik olimlarning fikricha
bu tashkilotlar kam ta'minlangan oilalar hayotini o‗rganish va ularga yordam
ko‗rsatish bo‗yicha bugungi tizimning ibtidosi edi.
Umid beruvchi muhim maslahat eng maqbul ish uslubi bo‗lgan. Moddiy
yordam faqatgina favqulodda holatlarda berilgan. Odatda birlamchi ehtiyoj
buyumlari kam miqdorda berilib, ular eng zarur ehtiyojlarni qondirishga
mo‗ljallangan edi. Nafaqalar mustaqil yashaydigan, mulkka ega bo‗lmaganlarga
berilgan. Uyga tashrif buyuruvchilar odatda yosh va boy ayollar bo‗lib, ular o‗z
mijozlarining holatini, ularning yashash tarzini o‗rganib keyin yordam berishgan.
2. Ko‘chib kelganlar (settlmentlar) harakati ijtimoiy islohotlar uchun
qatnashgan. Bu harakatning asosiy g‗oyasi atrofdagi nosog‗lom muhit va uni
o‗zgartirish zaruriyati, kambag‗al va nochor insonlarni bu holatdan chiqarish
uchun harakatdir. Ish amerika dahalarida amalga oshirilib, bu harakat asoschilari
Djeyn Adams va Elen Star g‗oyalari asosida ko‗ngillilar kambag‗allar dahalariga
kelishgan va yordamga muhtoj insonlar bilan qo‗shni yashashgan. Agar xayriya
tashkilotlari ularga yordam so‗rab murojaat qilgan insonlar hayotini o‗rganish
bilan shug‗ullangan bo‗lsa, settlmentlar harakati vakillari asosan ta'lim faoliyati,
kasbga yo‗naltirish bilan band bo‗lishgan. Ulardan eng mashhuri 1899-yilda
tuzilgan Chikagodagi Xall-Xaus emigrantlar uyi edi. U 19 millat vakillariga xizmat
qilib, ishlovchi qizlarga turar-joy bergan, bolalar uchun kunduzgi yaslilar, muzey,
klub, kichik teatr bor edi. Amerikalik olimlarning fikricha settlmentlar harakati
guruhli ijtimoiy ishning boshlanishiga xizmat qildi.
Nochorlarga va omadsiz shaxslarga yordam ko‗rsatish kabi bir xil ish bilan
shug‗ullangan xayriya tashkilotlari va settlmentlar turli ishlash uslublaridan
foydalanishdi. Ammo faoliyatning turlichaligiga qaramasdan xayriya tashkilolari
a'zolari va ko‗chib keluvchilar harakati vakillari ma'lum doirada hamkorlik
qilishdi. Masalan settlment xodimlari xayriya tashkilotlari dasturlarida do‗stona
mehmon vazifasini bajarishgan.
36
Ijtimoiy ishning kasb sifatida boshlanishi xayriya tashkilotlari o‗z vasiylari
bilan tizimli ishlash modelini izlay boshlagan vaqtda sodir bo‗ldi.
Emigrantlar, uchun uylar, xayriya tashkilotlari, pansionatlar ijtimoiy
o‗zgarishlarni ta'minlovchi shaxslarni tayyorlash maktabi bo‗lib. So‗nggi o‗n yilda
ijtimoiy islohotlar va ijtimoiy ish sohasidagi birinchi navbatdagi vazifa bo‗ldi.
O‗zining nomiga qaramasdan xayriya tashkilotlari katta ko‗lamda yordam
ko‗rsatish foydadan ko‗ra zarar olib keladi deb hisoblaganlar. Shuning uchun ular
nochrlikning sababini bartaraf etish uchun vosita topishga harakat qilganlar. Ular
ilmiy uslublar jamiyatdagi nochorlik kabi kasallikni davolaydi deb hisoblashgan.
Xayriya jamiyati a'zolarining dalil va nazariyalar bo‗yicha bilimlarining katta
qismi ishchi uchun og‗ir va qiyin bo‗lmagan hayotni ta'minlashda adolatga erishish
bo‗yicha kuchli istakning borligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ular
insonning yashashi va qadr-qimmati, dam olish va qariganda ijtimoiy ta'minot
huquqlarini ko‗rsatib o‗tadilar. Bu ilmiy xayriya yoki ilmiy filantropiya deb
nomlanuvchi g‗oyalar xayriya yetakchilarining o‗z konsepsiyalari hisoblanadi.
Ilmiy xayriya AQSh mustaqillik deklaratsiyasida shakllangan liberalizm
siyosiy falsafasidan kelib chiqqan. Ko‗pgina olimlar fikricha ―ilmiy‖ tushunchasi
so‗nggi standartlar bo‗yicha tahlil qilinganda ancha oddiy darajada. Saxovat
faoliyati yetakchilari qayd etadilarki ko‗rsatilayotgan yordam aniq vaziyatga mos
bo‗lishi va yordam aniq maqsad va kutilayotgan natija bilan muvofiq kelishi kerak.
Kasbiy ijtimoiy xizmat- tadqiqotchilar fikricha 19-asr oxirida ilmiy xayriya
va ilmiy filantropiya targ‗ibotchilari harakatidan boshlandi. Xayriya faoliyatining
yetakchilari turli tashkilot va dasturlar siyosatini, shuningdek ularni boshqarish
tizimi, mahalliy jamoat va xususiy agentliklar, shtatlar tashkilotlarini tanqidiy
tahlil qilishdi. Ilmiy filantropiya konsepsiyasining ko‗pgina himoyachilari
ma'lumotga ega va halol mutaxassislar bo‗lib, saxovat tushunchasining mohiyati va
natijalari ham shunga monanad bo‗ldi.
19-asrdagi ijtimoiy o‗zgarishlar va xayriya faoliyatining ustunligi
professional ta'lim tizimini tashkil qilish, shifokor, o‗qituvchi, ruhoniy tayyorlash
kabi mazkur soha xodimlarini tayyorlashning boshlanishiga olib keldi. Ixtiyoriy
37
faoliyat sifatidagi yordam berish g‗oyasi muhtojlarga yordam berish tizimi
sifatidagi ijtimoiy ish g‗oyasiga o‗zgardi.
Asr boshiga kelib bu yangi xizmatning mohiyati ixtiyoriy ko‗mak berishdan
ilmiy filantropiyaga almashdi, kafolatlangan ish haqi va mos tayyorgarlik olish
uchun ko‗ngilli xodim bo‗lishga kurash boshlandi. yevropada professional sohada
yangi rivojlanayotgan faoliyat ijtimoiy tibbiyot sifatida tushuntirildi. Shimoliy
Amerikada asr boshida ijtimoiy xizmat atamasi mavjud edi.
3 . Turli agentliklarda ishlaydigan do‗stona mehmonlar tajribasining
almashuvi bosqichma-bosqich o‗qitiladigan kurs shakliga o‗tdi. 1898-yilda
M.Richmond g‗oyasi bo‗yicha amaliy filantropiyaning dastlabki milliy maktabi
o‗z faoliyatini boshladi. (oldingi Kolumbiya universitetidagi ijtimoiy ish fakulteti).
Ko‗chib kelganlarning harakati o‗z faoliyatini ta'lim muassasalari bilan birga
bo‗lishini taqozo qildi. Jeyn Adam va uning ijtimoiy fanlar sohasidagi ko‗pgina
olimlardan iborat jamoasi o‗rtasida doimiy aloqalar mavjud bo‗lgan. Bu aloqalar
va intilishlar dastlab tajriba almashish bo‗yicha kurs sifatida keyinchalik Chikago
fuqarolik va filantropiya maktabi yaratishga xizmat qildi. Keyinchalik u Chikago
universiteti qoshidagi ijtimoiy boshqaruv maktabiga o‗zgartirildi.
Ijtimoiy xizmat yevropada jadal rivojlandi. Londonda xayriya jamiyati
bo‗lgan ijtimoiy xodimlarni tayyorlash uchun birinchi maxsus o‗quv muassasasi
1903-yilda ochildi va bu ―Sotsiologiya maktabi‖ nomini oldi. 1912-yilda bu
maktab London iqtisodiyot maktabining ijtimoiy xizmat fakultetiga o‗zgartirildi.
1908-yilda yevropada ayollar harakati asoschisi Alisa Solomon rahbarligida
Germaniyada ijtimoiy xodimlar uchun ayollar maktabi ochildi. 1910-yilga kelib
yevropa mamlakatlarida va AQSh da ijtimoiy ishning 14 ta maktabi bor edi.
Dastlabki ijtimoiy xodimlar maktablari qoidaga ko‗ra bir yillik tayyorgarlikka ega
bo‗lgan.
Ammo ijtimoiy xodimlar uchun birinchi haqiqiy o‗quv muassasasi
Gollandiyada ochilgan. 1899-yil Amsterdamda ijtimoiy xodimlarni tayyorlash
bo‗yicha institut ochildi. Bu yerda o‗qitish ikki yillik va kunduzgi shaklda bo‗lgan.
Ham ayollar, ham erkaklar o‗qitilib, ular nazariy va amaliy tayyorlanganlar.
38
Birinchi jahon urushi uni yo‗qotmadi, ammo uning ishtirokchilari ichki
muammolarini qiyinlashtirdi. Bu muammolarning kuchayishi ijtimoiy xodimlarni
tayyorlashga qatnashuvchi mamlakatlar miqdorining o‗sishi bilan kuzatildi.Agar
urushdan oldin 7 ta mamlakatda ular tayyorlangan bo‗lsa, urush oxirida maktablar
soni o‗sdi.
1920-yillarda dastlabki ijtimoiy xizmat maktablari Belgiya, Norvegiya,
Shvetsiya, Italiyada ochildi. Ijtimoiy xodimlarni o‗qitish bo‗yicha maktablar
hattoki Chilida ham ochilib, uning asoschisi mashhur jamoat arbobi Rene Sandra
bo‗ldi.
O‗tgan asrning 30-yillarida ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi mamlakatlar
o‗sishi davom etdi.: Ispaniya, Isroil, Irlandiya, Lyuksemburg, Gretsiya,
Portugaliya, Daniya, Hindiston, Misr. Ko‗rib turibmizki, ijtimoiy xizmat kasb
sifatida uchinchi dunyo mamlakatlarida allaqachon ma'lum.
Ijtimoiy xodimlarni tayyorlash faqatgina tashkiliy emas, balki uslubiy
jihatlarni ham o‗z ichiga oladi. Ishga tushirilgan o‗quv muassasalari hali malakali
o‗qituvchilarga ega emas edi. O‗quv qo‗llanmalari deyarli yo‗q edi. AQSh da bu
sohadagi dastlabki kitoblar A.Uornerning «Amerikaga xos xayriya» va
M.Richmondning «Nochorlarga do‗stona tashrif: xayriya tashkilotlarida
ishlovchilar uchun amaliy qo‗llanma» asarlari bo‗ldi. Amerikada ijtimoiy ish
uchun kadrlar tayyorlash xayriya tashkilotlari imkoniyatiga katta darajada bog‗liq
edi. Dastlabki o‗qituvchilar katta ish tajribasiga ega xayriya tashkilotlari a'zolari
bo‗lib, ularda pedagogik ta'lim yo‗q edi. Talabalar ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda shug‗ullanib, o‗quv dasturlari turli sohalardagi amaliy ijtimoiy ish uchun
maxsus mavzularni ham o‗z ichiga olgan edi. O‗sha vaqtda amaliy ijtimoiy ish
sohasi quyidagilar bo‗lgan:
Farovon bo‗lmagan oilalar hayot sharoitlarini o‗rganish
Tibbiyotdagi ijtimoiy ish
Maktablardagi ijtimoiy ish
Ijtimoiy psixoterapiya
39
Amaliy ijtimoiy ishning ko‗rsatilgan sohalari mustaqil o‗quv dasturlari
bo‗lib, bir amaliy ishdan boshqasiga o‗tishda qiyinchiliklar tug‗dirgan. Qayd etish
kerakki, barcha dasturlar mijoz bilan individual ishlarni o‗rgatishga yo‗naltirilgan
bo‗lgan. Guruhli xizmat ijtimoiy ishning mustaqil va nazariy asoslangan uslubi
sifatida ijtimoiy xodimlarni o‗qitish dasturlariga faqatgina 40-yillarda kiritildi.
5. Ijtimoiy ishning o‗ziga xosligi nimada? U hamshira, shifokor, o‗qituvchi
kasbidan nima bilan farqlanadi? Bu masala ham boshlovchi mutaxassis ham
maktab o‗qituvchilarini o‗ylantirgan. Maktablarda ko‗pincha bazaviy ta'lim va
uning amaliyot bilan aloqasi, kasbiy ta'lim darajasining zarurligi, umumiy
tayyorgarlik va yuqori murakkablikdagi ixtisoslashuv to‗g‗risida fikr yuritilgan.
Bir qator mutaxassislar ijtimoiy xodimlar uchun universitet ta'limi amaliyotiga
qarshi chiqishgan. Jumladan, M.Richmond, katta miqdordagi universitet fanlari va
ilmiy maktablarni o‗rganish zarurligi bilan bog‗liq universitet tayyorgarligi
ijtimoiy ishning xayriyaga asoslangan ahamiyatiga, talabalarning xolisligiga putur
yetkazadi deb hisoblagan.
Ijtimoiy ishning amerika ensiklopediyasida J.Leybi qiziqarli faktni keltiradi.
1915-yilda Xayriya milliy konferensiyasi AQSh da kasb ta'limi sohasidagi
yetakchi mutaxassis A.Fleksnerni ijtimoiy xizmat kasb yoki kasb emasligi
to‗g‗risida o‗z fikrini bildirishga taklif qiladi. U aytadiki, uning mezoni bo‗yicha
ijtimoiy xizmat-bu kasb emas. Ammo uning so‗zi ijtimoiy xizmat bilan
shug‗ullanmoqchi bo‗lganlarga hyech qanday ta'sir ko‗rsatmadi va ijtimoiy ish
maktablariga arizalar oqimini kamaytirmadi. Bundan tashqari bu mutaxassislarni
yanada muvofiq va shakllantirilgan dasturlarni yaratish uchun rag‗bat bo‗ldi.
Maktablar o‗rtasidagi aloqalarni qo‗llab-quvvatlash uchun 1919-yilda
tuzilgan Amerikadagi ijtimoiy ish maktablari assotsiatsiyasi o‗quv ishlari
me'yorlarini ishlab chiqish uchun forumga o‗zgartirildi. 1924-yilda Assotsiatsiya
ijtimoiy xizmat sohasidagi mas'ul xodimlarni tayyorlash uchun, ularni o‗qitish
kurslari uchun va universitetlardagi kurslar uchun me'yorlar (o‗quv rejalari) ishlab
chiqdi.
40
Minimal yillik dastruda sinfda va amaliyotda o‗rgatiladigan o‗quv kurslari
to‗plami nazarda tutildi. Mazku o‗quv kurslari ijtimoiy ishni o‗rgatish uchun
me'yoriy kurs sifatida tan olindi. Universitet ta'limida ijtimoiy ish o‗quv
dasturlarining kiritilishi 30-yillarning oxirida sodir bo‗ldi, bu Assotsiatsiyada oliy
o‗quv yurtlari doirasida faoliyat yurituvchi maktab sifatida qabul qilingandan
so‗ng amalga oshdi. Bu maktablarda o‗qitish ikki yilga mo‗ljallangan va magistr
darajasini olish huquqini beruvchi dastur bo‗yicha amalga oshirildi.
Assotsiatsiyaga faqatgina bunday dasturlarga ega maktablar qabul qilindi. 1974-
yilgacha ikki yillik aspirantura bo‗yicha o‗qitish yagona shaklda bo‗lib, ijtimoiy
xodim attestatsiyasi sifatida qabul qilindi. Boshqacha aytganda professionallik
mezoni magistr darajasining mavjudligi bo‗ldi.
20-asrning birinchi yarmi ijtimoiy ishning institutsiyalashuvi, davlat
ahamiyatining kuchayishi, davlat yalpi farovonligi nazariyasi va amaliyotining
rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xodim kasb faoliyatining boshlanishi odatda uning asosiy huquq va
majburiyatlarini shakllantirish, rasmiy mehnatga haq to‗lashni kiritish, o‗quv
muassasalari, kasbiy tashkilotlarni yaratish deb hisoblanadi. Ijtimoiy xodim
kasbining ijtimoiy maqomi dastlab AQSh da keyinchalik G‗arbiy yevropa
mamlakatlarida joriy qilindi, ammo dastlabki ixtisoslashgan o‗quv muassasalari,
ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning boshlanishi to‗g‗risida gapiradigan bo‗lsak,
ular dastlab Gollandiya, keyinchalik AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada
tashkil qilindi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig‗idagi davrda ijtimoiy
xizmat maktablari ko‗pgina Osiyo mamlakatlari, yaqin va o‗rta sharq, G‗arbiy
yevropa mamlakatlari va keyinchalik Afrika davlatlarida ochildi.
1910-yilda yangi harakat yevropa va Amerikada 14 ta ijtimoiy xizmat
maktablari shakllanishiga olib keldi. 1920-yilda birinchi Lotin Amerikasidagi
ijtimoiy xizmat maktabi Chilida ochildi.
10
.
30-yillarda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi mamlakatlar
soni o‗sishda davom etdi. Uchinchi dunyo mamlakatlarini bosqichma-bosqich
10
Ижтимоий хизмат касб сифатида (таҳлилий тўплам ) //Ж. Ижтимоий тадқиқот. – М., 1993. №3. – С. 91.
41
vujudga kelishi, ularning an'anaviy iqtisodiyot asoslarini yemirilishi natijasida
ijtimoiy ish sharq mamlakatlarida ham ma'lum bo‗ldi. 1936-yilda Hindistonda
Ijtimoiy fanlar instituti, Misrda ijtimoiy ishning dastlabki kurslari ochildi.
Shunday qilib muhtojlarga yordam ko‗rsatuvchi maxsus tayyorgarlik va moddiy
rag‗batlantirishga mo‗ljallangan kasbga aylandi.
Dastlabki ijtimoiy xodimlar keng turdagi muammolar- immigrantlarni ingliz
tiliga o‗qitishdan tortib, industrial jamiyatda ish topish uchun zarur bo‗lgan
ko‗nikmalarni egallashga yordam ko‗rsatishgan. Ular ijtimoiy adolatsizliklarga
barham berib, insonlarga o‗z muammolarini samarali hal qilishga ko‗mak
berishgan.
Ijtimoiy xodimlarning kasbiy manfaatlarini aks ettiruvchi birinchi tashkilot
Amerika Qo‗shma Shtatlarida paydo bo‗ldi. Bu 1917-yilda tuzilgan Ijtimoiy
xodimlar milliy birjasidir. Keyinchalik ijtimoiy xodimlarning boshqa kasbiy
tashkilotlari paydo bo‗ldi (shifokorlar, o‗qituvchilar). 1921-yilda ular dastlabki
rasmiy ro‗yxatdan o‗tgan ijtimoiy ish Amerika assotsiatsiyasiga birlashdilar.
Ijtimoiy ish tashkiliy tuzilmasini yaratish jarayoni G‗arbning boshqa
mamlakatlaridan ham keng tarqaldi. 1928-yilda Parijda yettita yevropa
mamlakatlari milliy assotsiatsiyalarini birlashtirgan ijtimoiy farovonlik bo‗yicha
Halqaro kengash tuzildi.
Bugungi ijtimoiy xodimlarning o‗tmishdoshlarining kuchi muhtojlarga
yordam ko‗rsatishga qaratilgan edi. Faqatgina 20-asrga kelib, ijtimoiy ta'minot
uslublari, tahlili va tavsiflash yo‗llariga jiddiy e'tibor qaratildi, xayriya va jamoat
tashkilotlari o‗z istaklarini jamiyatning pragmatik maqsadlariga moslashtirdilar.
Dastlab M.Richmond AQSh da buni o‗rgandi. U xayriyani individ va uning
oilasiga e'tibor qaratish uslublari bilan birlashtirdi.
20-30- yillarda Z.Freyd va uning izdoshlarining psixo tahliliy g‗oyalari
natijasida ijtimoiy hizmatning psixodinamik nazariyasi oldinga o‗ringa chiqdi.
V.Robinson o‗zining «Ijtimoiy holatda o‗zgaruvchi psixologiya» asarida ijtimoiy
hizmat uslublarida yangi psixologik tushunchani ko‗rsatib berdi.
42
20-asrning dastlabki choragi psixiatrik uslub va psixo tahlilga asoslangan
davr bo‗ldi. Ijtimoiy xizmat biologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, psixiatriya,
sotsiologiya, antropologiya, statistika, pedagogika, ijtimoiy psixologiyaga
tayanaishi kerak deb hisoblangan.
20-asrning ikkinchi yarmida tizimli, majmuaviy yondashuv asosiy o‗rinni
egalladi. Endi ijtimoiy xodimdan faqatgina bir sohaga ixtisoslashgan tor
mutaxassislik emas, universallik, turli uslub va sohalarni o‗zlashtirish talab qilindi.
Shu bilan bir vaqtda uslubiy madaniyat, ishonchli empirik ma'lumotlarga ehtiyoj
paydo bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: |