O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Maxfiylik va jamoa manfaati. Ijtimoiy xodim mijozga tegishli bo‗lgan 
ma'lumotlarni maxfiy saqlashi lozim. Ammo alohida hollarda masalan mijoz 
uchinchi shaxsga zarar yetkazishi mumkin bo‗lganda ularni oshkor qilish mumkin.
Haqiqatni gapirish va mijoz manfaati zaruriyati. Ijtimoiy ishda mijozning 
holati va farovonligi bilan bog‗liq ishlar to‗g‗risida ishonchli axborot olishda 
mijozning huquqi bilan bog‗liq tamoyillar mavjud. Ammo bir qator ijtimoiy 
xodimlar ba'zi hollarda haqiqatni yashirish va yolg‗on axborot berish mumkinligini 
ko‗rsatib berdi. Masalan, zararlardan mijozni himoya qilish zarur. Ayniqsa 
ko‗pchilik ijtimoiy xodimlar rost ma'luXMTni mijozga ko‗rsatish mumkin 
emasligi xulosasi shakllangan.


53 
Paternalizm va o„zini aniqlash Paternalizm muammosi jiddiy etik ijtimoiy 
xizmat sanaladi. Paternalizm –mijoz xoxishiga aralashuv va uning erkinligini 
cheklash; uning harakatini cheklash, uning xoxishisiz xizmatlarni qabul qilish 
talabi. Bularning barchasi mijoz manfaatini himoya qilish uchun paternalizm 
namunalaridir. Kollegiallik va chaqimchilik. Ijtimoiy xodimlardan biri muassasa 
qonun yoki qoidalarini buzgan hollarda bu haqda jamoa bilishi uchun jiddiy 
muammo bilan to‗qnashadi. O‗z jamoasi qoida buzilishi to‗g‗risida bilsa, ijtimoiy 
xodim etik munozara bilan to‗qnash keladi va o‗z harakatini sinchiklab o‗ylab 
ko‗radi. Do‗stona hissiyotlar, kasbiy javobgarlik va reputatsiyaning buzilish 
ehtimoli uni hal qilishga sabab bo‗ladi.
Cheklangan resurslarning teng va noteng taqsimlanishi tamoyili. Mazkur 
muammo bugungi kunda ham dolzarb sanaladi. Resurslar cheklanganligi yoki 
tanqisligiga oziq-ovqat, turar joy, dasturni amalga oshirish uchun pul mablag‗lari 
yetishmovchiligi kiradi. Mazkur resusrlarni taqsimlanishi tenglik tamoyilini 
hisobga olib yoki mijozga teng imkoniyatlar taqdim etish bilan amalga oshadi. 
Taqsimlashda u yoki bu yordamga ehtiyoj hisobga olinadi, dastlab adolatsizlik 
yoki ajratishdan katta zarar ko‗rgan shasxlarga beriladi.
Shaxsiy va kasbiy qimmat.Amaliy faoliyatda ijtimoiy xodimlar shaxsiy va 
kasbiy qimmatlikning ichki ziddiyatlari bilan to‗qnash keladilar. Masalan, abortga 
qarshi ijtimoiy xodimlar buni homilador yosh qizlar bilan mazkur muammoni 
muhokama qilishda murakkablik duch keladilar. Boshqa misol.
Bemor diniy 
sabablarga ko‗ra tibbiy preparatlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Ijtimoiy xodim 
tibbiy preparatlar bemor sog‗ligini yaxshilashiga ishonchi komil. Bunda mijoz 
huquqini himoya qilish to‗g‗risidagi tushuncha qanday qo‗yilgani to‗g‗risida 
o‗ylash kerak.
Keltirilgan misollar ijtimoiy xodimlar holatining murakkabligi hamda turli 
ma'noga egaligini ko‗rsatadi. Mutaxassislar bilishadiki, murakkab etik masalalarda 
to‗liq va aniq javobni kasbiy kodekslardan topish murakkab bo‗lib, u umumiy 
atamalarda va yuqori darajadagi mavhumlikda tuzilgan. Bundan tashqari ular 
tamoyillar bir qator holatlarda o‗zaro bir-biriga zid ekanligini ham ko‗rsatadilar.


54 
6 .Konsepsiya bilan bir qatorda inson huquqi g‗oyasi SR tushunchalar 
tuzilmasida paydo bo‗ldi. Inson huquqi tushunchasi yaqinda paydo bo‗lgan. 
Dastlab u ikki asr oldin G‗arbiy yevropa va AQSh da yaratilgan. Ammo inson 
huquqi g‗oyasining ildizlari Qadimgi Gretsiya va Rimga borib taqaladi. 
Haqiqatdan ham aynan grek shahar-polislarida to‗g‗ri demokratiya tamoyillari 
bilan bog‗liq fuqarolik to‗g‗risida tushunchalar paydo bo‗lgan. Barcha 
insonlarning prinsipial tengligi to‗g‗risida fikrlar dastlab rim faylasuflari 
tomonidan keltirilgan. Ammo umumiy fuqarolik huquqi yakuniy shaklda 17-18 
asrda shakllanib, amerika va fransuz inqilobidan so‗ng diqqat markazda turgan.
Dastlab G‗arbiy yevropa va AQShda bundan ikki asr oldin paydo bo‗lgan 
mazkur tushuncha keyinchalik jamoa ongida mustahkam o‗rnashdi.Mutloq va 
ilmiy asosli mazkur g‗oyalar asosida urinishlar kuzatilib, shu jumladan utilitarizm 
maktabi vakillari bunda qatnashishdi. Inson huquqi g‗oyasi aynan falsafada qolib, 
mavhum tamoyillar, katgoriya va qimmatliklar bilan mantiqiy bog‗liq tizimda 
mavjud bo‗ldi. Ba'zan u alohida guruh uchun yoki targ‗ibot usuli sifatida 
foydalanildi.
17-18 –asr fuqarolik huquqi falsafasida diqqat markazda qonun oldida 
insonlarning tengligi masalasi turgan. Ammo dasturning amaliyoti kuchsiz bo‗ldi. 
Masalan Amerika va Fransiyadagi siyosiy va yuridik huquqlarni kafolotlovchi 
boshqaruvning respublika shakli shuni ko‗rsatdiki, uning o‗zi amalda fuqarolar 
tengligiga olib kelmaydi. O‗zaro aloqalarning eski tizimining yo‗qolishi ijtimoiy 
himoyaning an'anaviy shakllaridan ko‗pgina odamlarni mahrim qildi va 
kambag‗allikni ko‗paytirdi. Mulkiy belgilar bo‗yicha jamiyatni polyarizatsiyalash 
kuchaydi. Bolee togo, razrushenie staroy sistemы vzaimosvyazey lishalo mnogix 
lyudey prejnix. Sanoat inqilobi, ishchilar sinfining shakllanishi, moddiy 
sharoitlarning yomonlashishi, xarob joylar, ichkilikbozlik, kambag‗allik va 
fohishalikning paydo bo‗lishi eng salohiyatli vakillarni jalb qilish imkonini 
bermadi. 
Keyinchalik inson huquqi to‗g‗risidagi tasavvurlar fuqarolik va ijtimoiy 
jihatlardan tashqari kengayib bordi. Sivilizatsiyalashgan jamiyat sanoatlashish va 


55 
urbanizatsiyaning o‗sib borishi sharoitida o‗zining barcha a'zolarini minimum 
farovonlik va barqarorlik bilan ta'minlashga majburdir. Bu pensiya ta'minoti 
tizimini rivojlanishi, ishsizlar uchun nafaqalar to‗lash, uy-joy ta'minoti, sog‗liqni 
saqlash va ta'limning barcha uchun bo‗lishini ta'minlashni rivojlantirishni ko‗zda 
tutadi.
Fuqarolik huquqiga o‗xshash tushuncha Shvetsiya va Angliyada ikkinchi 
jahon urushi oxirida paydo bo‗lib, keyinchalik boshqa G‗arbiy yevropa 
mamlakatlarida qo‗llanildi. Buyuk Britaniyada bunday tizim ijtimoiy davlat yoki 
umumiy osoyishta davlat nomini oldi. Mualliflar fikricha (Buyuk Britaniyada 
Beverij) tizim ijtimoiy yomon holatlarning barcha shakllari: kasalliklar, ishsizlik, 
kambag‗allik, savodsizlik, maishiy tartibsizlikning bartaraf bo‗lishiga sabab bo‗ldi. 
Shu yillarda AQSh da prezident Ruzvelt tomonidan iqtisodiy huquqlar to‗g‗risida 
qonun qabul qilinib, bunda qo‗rqinchdan ozod bo‗lish bilan bog‗liq 
kambag‗allikdan chiqish to‗g‗risida so‗z boradi.
Demografik o‗zgarishlar va xronik ishsizlik ijtimoiy davlatning byurokratik 
tizimi bilan yanada ko‗p mablag‗ talab etiladigan ijtimoiy dasturlarni amalga 
oshirib, resusrlarning cheklanmagan zaxiralariga ishonch o‗zini oqlamadi. Davlat 
velferizmi va davlat sotsializmi yutuqlaridan foydalangan avlod tajribasi shuni 
ko‗rsatdiki, katta mehnat va mablag‗ga qaramasdan ko‗pgina muhim ijtimoiy 
muammolar tugatilmadi. 
Ijtimoiy xizmat o‗zida zamonaviy timsol sifatida inson huquqi va 
professionalizm g‗oyasini aks ettiradi. Boshqa kasblar kabi u umum insoniy qadr-
qimmatga mo‗ljallangan va shuning uchun narsalarning mos tartibiga shubha 
tug‗ilganda tanqidiy tarzda yondashadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin