59
Ijtimoiy xizmat ko‗rsatish va ijtimoiy ish taqdim etish tizimi
Nafaqa va kompensatsiya ta'minti
Nodavlat shakllari:
Ixtiyoriy ijtimoiy sug‗urta
Hayriya
faoliyati
Sog‗liqni saqlashning xususiy tizimi.
Ijtimoiy himoyaga yondashuvlardagi farqlar to‗g‗risida tasavvurlar
.G.Esping-Andersen tasnifi bo‗yicha olish imkonini beradi.
Unda uchta asosiy
ijtimoiy davlat modellari ajratilgan:
liberal, konservativ (korporativ) va ijtimoiy
demokratik.
Liberal model AQSh, Kanada,
Avstraliya, Buyuk Britaniya kabi
mamlakatlarda
shakllanib, xususiy mudk ustunligi ostida va bozor munosabatlari
hamda liberal mehnat etikasi ta'sirida sodir bo‗ldi.
Mazkur model ishlashining
asosiy shartlari bozor munosabatlarida davlatning minimal ishtiroki va
makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish doirasiga
kirmagan davlat boshqaruv
tadbirlarini qo‗llashning cheklanishi; yalpi ichki mahsulotda iqtisodiyotning davlat
sektori katta bo‗lmagan ulushga ega bo‗lishi.
Fuqarolarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash sug‗artalashning rivojlangan tizimi
va davlatning minimal aralashuvi hisobidan amalga oshiriladi. Sug‗urta to‗lovlari
miqdori qoidaga ko‗ra katta bo‗lmaydi. Moddiy yordam manzilli yo‗naltirilgan
hamda ehtiyoj tekshirilgan asosda taqdim qilinadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
uchun maksimal sharoitlar yaratildi. Mazkur model
iqtisodiy barqarorlik yoki
o‗sish sharoitida o‗zining asosiy vazifalarini to‗liq qanoatlantirib, ammo pasayish
va ishlab chiqarishning qisqarishida ko‗pgina ijtimoiy guruhlar ayniqsa yoshlar,
ayollar, keksalarga ko‗rsatiladigan ijtimoiy dasturlarni kamayishiga olib keladi
Dostları ilə paylaş: