78
12. Bu qadamlarni bajarish natijasida ruhiy uyg‗onishga erishib, boshqa
alkogoloklar bilan tajriba almashib, bizning barcha ishlarimizda bu tamoyillarni
qo‗lladik.
«Anonim Alkogoliklar» harakati hozirda butun dunyoda keng
qo‗llanilmoqda. Bu harakat guruhlari miqdori doimiy o‗smoqda, masalan har yili
AQSh va Kanadada yillik o‗sish taxminan 4 ming guruhlarni tashkil qilmoqda.
12 qadam dasturidan tashqari 60-yillardan boshlab giyohvandlar o‗rtasida
o‗xshash jamiyat Anonim giyohvandlar jamiyati tashkil qilindi.
Xalqaro Qizil Xoch –bu ijtimoiy harakat bo‗lib. barcha irq va dinlarga,
aholining barcha ijtimoiy qatlamlariga taqdim etiladi, millionlab a'zolarga ega.
Mazkur faoliyatning maqsadi- hyech qanday ajratishsiz kim og‗ir ahvolda
bo‗lsa unga yordam berishdir. Bu maqsad ko‗p sonli va turli shakldagi vazifalar
orqali amalga oshadi : urush vaqtida jarohatlanganlarga g‗amxo‗rlik, aqliy va
jismoniy nuqsonli insonlarga yordam, zilzila qurbonlariga yordam, donorlikni
tashkil qilish, bosib olingan hududlardagi aholi himoyasi, ayrilgan oilalarni
birlashtirish
Shu kabi vazifalar qizil xoch tashkiloti oldida 100 yildan ortiq vaqt
davomida turibdi.
Qizil Xoch jamiyatini yaratish tashabbuskori shveytsariyalik jamoat arbobi
Anri Dyunandir (1828-1920). O‗tgan vatq davomida harakat keng doirada
rivojlanib, uning me'yoriy va yuridik asosi, uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
tuzilmalar va organlarni yaratish zarurligini ko‗rsatdi. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil
Yarim Oy jamiyatlari faoliyatining asosiy 7 ta tamoyillari quyidagilar:
insonparvarlik; xolislik; neytrallik; mustaqillik;ixtiyoriylik, yagonalik, universallik.
Dostları ilə paylaş: