48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI
1-Bo‘lim. Ijtimoiy ish tarixi 1-MAVZU. Ijtimoiy ish tarixi o‘quv fani sifatida 1.
«Ijtimoiy ish tarixi» kursining predmeti va vazifalari.
2.
Ijtimoiy yordamning asosiy shakllari.
3.
O‗zbekistonda ijtimoiy yordamning asosiy shakllari.
4.
O‗zbekiston va xorijda ijtimoiy fanlar tarixini davrlashtirish.
1. Ijtimoiy ish – butun dunyoda qabul qilingan, ma'nosiga ko‗ra shaxsga
insoniy munosabatni namoyon qilishni anglatadi. U qadimgi vaqtlarda saxovat,
insonning diniy burchi, insonga zarur bo‗lgan gumanitar xizmatlar tizimi sifatida
paydo bo‗lgan. Ammo faqatgina o‗tgan asrga kelib, ijtimoiy ish maxsus
tayyorgarlikni talab qiluvchi mustaqil faoliyat sifatida tan olindi.
Ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning dastlabki maktablari 19-asr oxiri va 20-
asr boshlarida G‗arbiy yevropa mamlakatlari hamda AQSh da paydo bo‗ldi.
Bugungi kunda hyech bir davlat o‗zini ijtimoiy xodimlarsiz tasavvur qila olmaydi.
Ijtimoiy sohada xorijda to‗plangan tajriba 100 yildan ko‗proq vaqtni o‗z ichiga
olib, turli shaklda va katta miqdordadir.
Ijtimoiy xodim tushunchasi muomalaga 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida
kiritildi. Ammo, mustaqil kasb va akademik fan sifatida ijtimoiy xizmat ikkinchi
jahon urushidan so‗ng ko‗rib chiqildi.
Ijtimoiy ish tarixi bo‗limining asosiy vazifalari quyidagilar :aholi
qatlamlariga yordam berish va qo‗llab-quvvatlash modellari, institutlarini
rivojlantirishning evolyusion yo‗li to‗g‗risida talabalarda tizimli tasavvur
shakllantirish, O‗zbekistonning tarixiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy
masalalarni hal qilishga o‗z yondashuvlarini rivojlantirish uchun xorijiy nazariya
va amaliyotni o‗rganish.
2.Ijtimoiy g‗amxo‗rlik o‗zining tarixiy rivojlanishida xayr-ehsondan jamiyat
va xususiy yordamni aks ettirgan davlat tashkiliy tizimigacha bo‗lgan turli
shakllarni bosib o‗tdi.