O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Hayr-ehson – muhtoj shaxsga pul yoki boshqa moddiy vosita shaklida 
sadaqa berishdir. Bu insonning tabiiy-insonparvarlik sifatlarining dastlabki 
ko‗rinishlaridan bo‗lib, bizning kunimizgacha diniy e'tiqodidan qatiy nazar ko‗mak 
berish shakli sifatida saqlanib qolgan. U uzatilgan qo‗lga berilib, shaxsning shaxsiy 
xususiyatlari, uning sub'ektiv tuyg‗ularini belgilab beradi. Qo‗ldan kelgancha 
yordam berish xayr-ehsonning asosiy maqsadi sanaladi.
Rahm-shafqatboshqa insonga rahmdillik, oliyjanoblik, g‗amxshr 
munosabatda bo‗lish
3
. Rahm-shafqat – bu boshqa insonga amaliy yordamga 
nisbatan ruhiy-hissiy xayrixoxlikdir. Rahm-shafqat faqatgina moddiy shaklda 
emas, balki ma'naviy ko‗mak shaklida ham bo‗ladi.
Rahm-shafqat sub'ektning yordam berish maqsadini anglatib, uning yordam 
ko‗rsatish, qo‗llab-quvvatlashga tayyorligini aks ettiradi, muhtojlarga yordam 
ko‗rsatish esa bu yordamni ko‗rsatishga ma'lum jamoaviy va xususiy kuchlarni 
amalga oshirish bo‗yicha ijtimoiy harakatlarni aks ettiruvchi tushuncha sanaladi.
Xayriya moddiy yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan xayriya faoliyatining 
muhim tarkibiy qismi bo‗lib, muhtojlarga ixtiyoriy va beg‗araz pul, mulk va 
xizmatlarni berishdir. Bu so‗zning sinonimi filantropiya deb ataladi. G‗arb 
mamlakatlarida u odatda karitativ faoliyat deb nomalanadi (lotincha aritas – 
yaqinlarga muhabbat). Bu tushunchalar ma'nosi bir-biriga yaqin ammo bir xil 
emas. Bu tushunchalarni cheklashga urinish tadqiqot ob'ektini almashtirishga 
sabab bo‗lmaydi.
Muhtojlarga yordam berish kasbiy ijtimoiy ishdan farqlanadi. Ammo u 
boshqa tashkiliy asoslarda tuzilgan. Ijtimoiy xizmat me'yoriy-huquqiy asos, 
tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi, maxsus yaratilgan muassasa va tashkilotlar bilan 
aniq tartibga solingan.
Bugungi kunda muhtojlarga yordam berish faoliyatiga juda qattiq talablar 
qo‗yilmagan, bu paydo bo‗ladigan ijtimoiy muammolarga oson moslashish 
imkonini beradi. Davlat ijtimoiy yordami albatta shart bo‗lib, barcha fuqarolar 
davlat va uning ijtimoiy institutlari himoyasida bo‗lish huquqiga egadirlar. 
3
Фалсафий атамалар луғати. В.Г. Кузнецова нинг илмий таҳрири остида - М., ИНФРА-М, 2007.- С. 328-329. 


14 
Muhtojlarga yordam berish majburiy emas va qatiy talablar bilan tartibga 
solinmagan, bu ixtiyoriy yordamdir.
Muhtojlarga yordam berish ijtimoiy xizmat shakli sifatida turli xayriya 
tashkilotlari orqali muhtojlarga bevosita ijtimoiy va moddiy yordam ko‗rsatishga 
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Xayriya ijtimoiy ish amalga oshiradigan turli ijtimoiy 
dasturlarni moliyalashtirishning qo‗shimcha manbasi bo‗ladi. Muhtojlarga yorjam 
berish madaniyatini tarbiyalashga yo‗naltirilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat 
bo‗ladi. 
Ijtimoiy ko‗mak – turli hayotiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga insonning 
yordami bo‗ladi. U ma'lum haq evaziga yoki tekinga ko‗rsatilishi mumkin. Bundan 
tashqari ijtimoiy ko‗mak zarurligiga olib keluvchi hayotiy qiyinchiliklar ko‗lami 
xayriyaga nisbatan ancha kengdir. Ijtimoiy ko‗mak faqatgina moddiy emas, balki, 
jismoniy, ijtimoiy-maishiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqacha bo‗lishi 
mumkin. Shunday qilib xayriya faoliyati ijtimoiy ko‗makka kirib, ammo barcha 
ijtimoiy ko‗mak ham xayriya bo‗lmaydi. Xayriya ijtimoiy yordamning o‗ziga xos 
shakli bo‗lib, muhtojlarga moddiy yordam ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin