O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Fitoviruslarni biologik tozalashning umumiy qoidalari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
1.4. Fitoviruslarni biologik tozalashning umumiy qoidalari 
Viruslarni toza preparatlarini olishni shartli ravishda ikki bosqichga ajratish 
mumkin. Birinchi bosqichda bizni qiziqtirgan narsa virusni biologik tozalash 
ko‗zda tutiladi, ya‘ni mazkur virusni indikator o‗simliklar yordamida boshqa 


2 3
viruslardan, bakteriyalardan, zamburug‗lardan va mikroskopda ko‗rinadigan 
biologik organizmlardan ajratib olinadi (ammo u gohida xo‗jayin o‗simlikning 
nekrozidagi hujayralari ichida, gohida xo‗jayin o‗simlik hujayrasida bo‗ladi).
Bu ish avvaldan xususiyati aniq bo‗lgan virusologiya amaliyotida ishlatilib 
kelinayotgan har bir virus uchun uning spetsifikligiga mos indikator (aniqlagich), 
differensiator (ajratuvchi) va to‗plovchi virus o‗simlikni tizimli kasallantiradi[1].
Demak, virusni birinchi ko‗paytirib olish uchun xo‗jayin o‗simlik kerak, 
ikkinchidan bu virusni nekrozlar hosil qilish bilan kasallanadigan o‗simlik va 
undagi hosil bo‗lgan nekrozdan ajratib olingan mononekrozdagi virus zarralarini 
ko‗paytiradigan virus to‗plovchi o‗simliklar bo‗lishi taqazo etiladi. Agar TMV ni 
oddiy shtammini O-VTM (adabiyotda ―VTM vulgare‖ deb nomlanadi) 
mononekrozdan ajratiladigan bo‗lsa unga Nicotiana sylvestris (differensiator),
Nicotiana glutinosa va Nicotiana tabacum ning Samsun navlari kerak bo‗ladi. 
Masalan, tomat o‗simligidan TMV ning tomat shtammini va oddiy TMV ni 
birinchi Nicotiana sylvestris ga yuqtirilganda TSH-VTM (VTM ning tomat 
shtammi) bu o‗simlikda nekrozlar hosil qiladi, O-VTM esa tizimli kasallantiradi, 
ya‘ni mozaika hosil qiladi, demak ikki shtammni fizik kimyoviy usullarda ajratish
mumkin bo‗lmagan yoki o‗ta mushkul bo‗lgan bo‗lsa, bu ishni indikator o‗simlik 
orqali osongina ajratib olinadi, ya‘ni biologik shtammlarini ham bir-biridan
ajratiladi va tozalanadi. Albatta bu ishni kamida uch marta qaytarilishi maqsadga 
muvofiq bo‗ladi (uch marta mononekrozdan o‗tkaziladi). 
Ikkinchi bosqichda toza preparatni olish uchun fizik-kimyoviy usullar 
qo‗llaniladi, ya‘ni differensial sentrifugalash xromatografiya, elektroforez, gradient 
zichlikda sentrifugalab tozalash metodlari qo‗llaniladi. 
Viruslarni o‗simlikga yuqishiga bir qancha faktorlar ta‘sir qiladi va ular 
virusni dastlabki hujayraga kirishida, kasallikni rivojlanishining keyingi 
jarayonlarida muhim rol o‗ynaydi. Tarr bu omillarni 4 guruhga bo‗ladi: birinchi 
guruhga o‗simlikni xususiyatlari, ikkinchisiga patogenlik xususiyatlari, uchinchisi 
ekologiya va to‗rtinchisi biotik faktorlardir [1]. 


2 4
a) O‗simlikni xususiyatlariga uni irsiy chidamliligi kiradi. Chidamlilik 
darajasi esa o‗simlik to‗qimasining yoshiga va oziqlanishiga (m., 
mikroelementlarni yetishmasligi o‗simlikni virusga chidamliligini pasaytiradi) 
qarab o‗zgaradi. Chidamlilik haroratga qarab ham o‗zgaradi. Virus hujayraga 
kirgandan so‗ng yuqori temperaturaga to‗g‗ri kelib qolsa, o‗simlik barglari va 
boshqa organlarini o‗zgarishisiz, simptomlar yashirin holatda o‗tishi mumkin. 
Nimjon va kuchsiz o‗simliklar kasallikga sezgiroq (chidamsizroq) bo‗lsa, 
baquvvat, yaxshi rivojlanayotgan o‗simliklar virusga ancha chidamli bo‗ladi, ularni 
to‗qimalari ancha qattiq dag‗al bo‗ladi. Ularga virus yuqishi o‗simlikda yengil 
simptomlar hosil bo‗lishiga olib keladi va o‗simlikni butunlay nobud bo‗lmay 
qolishi mumkin. 
O‗simlikni virusga sezgirligi yoki chidamliligi o‗g‗itlar bilan uni 
ta‘minlanishiga ham bog‗liq, masalan, azotli o‗g‗itlarni ko‗pligi o‗simlik 
chidamliligini pasaytiradi. 
O‗simlikni virus bilan kasallanishiga o‗simlikni virusga bo‗lgan "moyilligi" 
ham yordam beradi. Uoker "moyillik" degan tushunchaga o‗simlikni bir yoki bir 
necha faktorlar ta‘siri natijasida virus bilan oson kasallanishini ko‗zda tutadi. 
Chester bu tushunchani boyitib "moyillik" qatoriga sezgirlik yoki "kasallanish 
tendensiyasi borligi" tushunchalarini kiritadi. 
O‗simlikni virus bilan kasallanishiga yana o‗simlikni yoshi, bir sutka 
davomidagi, fasl mobaynidagi chidamliligi, mexanik bosim, o‗g‗it (kaliy, fosfor, 
azot), fungitsdid va pestitsidlar ham ta‘sir qiladi. 
b) Patogenlik xususiyatlari (patogen organizmda parazitlik bilan hayot 
kechiruvchi organizm) uni agressivligiga (o‗simlikni kasallantirib, uni qarshiligini 
engib, unda yashashi, ko‗payishi) bog‗liqdir. Virusni oz miqdori (zarralar soni) tez 
va qisqa muddatda (kasallanishga ketgan vaqt) o‗simlikni kasallantirishga etarli 
bo‗lsa, uni agressivligi yuqori hisoblanadi. 
Patogenni yana bir xususiyati uni virulentligi bo‗lib, bu patogenni (virusni) 
kasallik qo‗zg‗atish xususiyatidir. Bu xususiyat barqaror xususiyat bo‗lib, u 
genotip o‗zgargandagina o‗zgaradi. 


2 5
v) Ekologik omillar. O‗simlikka virus zarralari kirib, ularda simptomlar hosil 
bo‗lishida ekologik omillar - namlik, harorat, yorug‗lik, rN, inokulyum ion kuchi 
va hokazolar ham rol o‗ynaydi. 
g) Biotik omillar. Bunga interferensiya hodisasi misol bo‗lishi mumkin, 
ya‘ni bir turni (shtammni) rivojiga ikkinchi turni (shtammni) yoki bir xil viruslarni 
noinfeksion zarralari o‗simlik retseptorlarini band qilishi sababli virus hujayraga 
kiraolmaydi yoki kam miqdordagi virus zarralari kiradi va yuqumlilik darajasi 
pasayadi. 
S.V.Kustni (4) fikricha o‗simlik virusi yuqishiga 4 xil reaksiya bilan javob 
beradi: 1) immunlik, o‗simlikga virus yuqmaydi; 2) o‗ta sezgirlik, o‗simlikni virus 
kirgan joyidagi to‗qimalar nobud bo‗ladi va nekroz kabi simptomlar hosil bo‗ladi; 
3) tolerantlilik, virus o‗simlik to‗qimalari bo‗ylab tarqaladi, ammo simptomlar 
kuchsiz ko‗rinadi; 4) tizimli kasallanishda organizmni hamma to‗qimalari 
kasallanadi, virus o‗simlikni hamma to‗qimalari va yaruslaridagi barglari va 
o‗simlikni butun tanasi bo‗ylab tarqaladi va kasallik simptomlari yaqqol ko‗ringan 
bo‗ladi

Simptomlar har xil bo‗lishi mumkin, ya‘ni - mozaika (mozaikani 6-7 xili 
mavjud), barg shaklini o‗zgarishi, tomirlarni rangsizlanishi, xlorotik dog‗larni hosil 
bo‗lishi va hokazo. Ba‘zan yuqorida ko‗rsatilgan 4 guruh simptomlar orasida aniq, 
chegara bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, tolerantlik bilan sistemali 
kasallanishni aniq ajratish ba‘zan qiyin bo‗ladi, ba‘zi o‗simliklarda mexanik 
inokulyasiyada avval nekroz hosil bo‗lib (o‗ta sezgarlik), so‗ngra o‗simlikni 
hamma organlari kasallanadi [1]. 
Agar har bir tip kasallanishga misol keltiradigan bo‗lsak, birinchi tip 
immunlik holati. G‗o‗za o‗simligiga arpa mozaikasi virusi yoki jo‗xori pakana 
mozaikasi viruslarini yuqtirilsa, g‗o‗za bu viruslar bilan kasallanmaydi, ya‘ni 
g‗o‗za o‗simligi bu viruslarga chidamli - immundir. Ammo yuqorida keltirilgan 
viruslar bilan arpa yoki jo‗xori kasallantirilsa (o‗ziga mos spetsifik o‗simlikga), 
ularda chiziqli mozaika alomatlari 12—14 kunlardan so‗ng hosil bo‗ladi. Bu holda 
hosil bo‗lgan simptomlarni tizimli kasallanish deyiladi. Agar xuddi shu viruslarni 
sho‗ra o‗simligini ma‘lum naviga yuqtirilsa, 10—12 kunlardan so‗ng 


2 6
kasallantirilgan bargda diametri 2 – 3 mm kattalikdagi sariq dog‗lar - nekrozlar 
hosil bo‗ladi. Bu xildagi kasallanish o‗simlikning o‗ta sezgirligiga misol 
bo‗laoladi. Tolerant o‗simlik deb ataladigan holatga misol qilib kartoshkaning
X-virusi bilan pomidor o‗simligini kasallanishini, ya‘ni virus zarralari kartoshka 
o‗simligida bo‗lsa ham ko‗zga yaqqol tashlanadigan alomat, birinchidan 
sezilmaydi va ikkinchidan bu virusning zarari o‗simlik hosildorligiga uncha 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatmasligi mumkin [1]. 
Virus o‗simlikka yuqorida aytilgan usul bilan yuqtirilgandan so‗ng ma‘lum 
vaqt soya yerda saqlansa, o‗simlik to‗qimalarida abrazivlar ta‘sirida hosil bo‗lgan 
mikrojarohatlarning bitishini, ya‘ni reparatsiyasini tezlatadi. Inokulyasiya qilingan 
(kasallik yuqtirilgan) o‗simliklarda kasallik alomatlarini kuzatish 12 sutkadan to
4 haftagacha va undan ko‗proq vaqt mobaynida olib boriladi. Nekroz kabi 
alomatlarni 3 - 12 kun davomida kuzatilsa, tizimli kasallanish alomatlarini 7 – 15 
kun va undan ko‗proq muddat davomida olib boriladi. 
Aniqlagich o‗simlik yordamida faqat bir o‗simlikdagi birgina virusni ajratib 
va aniqlabgina qolmasdan, balki bir necha viruslar birga aralash holda uchraydigan 
holatlarda ham viruslarni aniqlash, ajratish mumkin. Tabiatda har xil 
o‗simliklarning madaniy va yovvoyi turlari tarqalgan bo‗lib, ularda ham viruslar 
unga ixtisoslashishiga qarab yovvoyi tup o‗simlik shu virusga sezgir bo‗lishi, 
uning madaniylashgan navlarining liniyalari bu virusga turg‗un bo‗lishi mumkin. 
Bir tur ichidagi har xil 
navlar virus turi va shtammlariga nisbatan har xil reaksiya 
bilan javob berishi mumkin. Tabiatda, masalan, arpa o‗simligi bir vaqtning o‗zida 
ikki virus bilan ―Arpa chiziqli mozaikasi‖ va ―Yaltirbosh mozaikasi virus‖lari 
bilan kasallanishi mumkin. Tamaki o‗simligi, ham Tamaki mozaikasi virusi ham 
Bodring mozaikasi virusi bilan kasallangan bo‗lishi mumkin va hokazo. Ana 
shunga o‗xshash viruslar aralashmalaridan ham aniqlagich o‗simliklarni to‗g‗ri 
tanlab toza virusni ajratish va aniqlash mumkin. Masalan, tamaki o‗simligidagi 
bodring mozaikasi virusini aralash viruslar ichidan ajratib olish uchun virusli 
o‗simlik shirasi bilan bodring va tamakining Nicotina sylvestris navini 
kasallantirilsa, bodringda faqat Bodring mozaikasi virusi, tamakida esa faqat 


2 7
Tamaki mozaikasi virusi ko‗payib, mozaika alomatlari namoyon bo‗ladi. Arpani 
kasallantiruvchi Arpa chiziqli mozaikasi virusini shu virusni ushbu o‗simlikdagi 
Yaltirbosh mozaikasi virusidan ajratish uchun esa jo‗xori o‗simligini 
kasallantirilsa, jo‗xorida faqat yaltirbosh mozaikasi virusigina ko‗payadi. 
Viruslarni aralashmalar ichidan ajratib olishda qo‗llaniladigan o‗simliklarni 
differensiator o‗simliklar deyiladi. Xuddi shunga o‗xshash tabiatda kartoshkaning 
viruslarini (kartoshka 20 ga yaqin virus bilan kasallanadi) ajratish uchun har xil 
kartoshka virusini aniqlagich o‗simliklari mavjuddir. Ba‘zan o‗simlikga virus 
yuqtirish va virusni aniqlash hollarida aniqlagich o‗simliklar ham yordam 
beraolmaganda bir qator virus tarqatuvchi yoki yuqtiruvchi hasharotlardan ham 
foydalaniladi [1]. 


2 8

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin