O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


 Kartoshka X-virusi va uning ba‟zi xususiyatlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127914
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
1.2. Kartoshka X-virusi va uning ba‟zi xususiyatlari 
Kartoshkaning 
X-virusi 
(KXV) 
[R/1:2,2/6:E/E:S/O] 
kartoshka 
yetishtiriladigan barcha mamlakatlarda keng tarqalgan bo‗lib, birinchi marta 
Angliyada (1938) Salamon tomonidan aniqlagan, keyinchalik esa Germaniyada 
(1964) kengroq o‗rganilgan [9]. Bu virus o‗simlik bargida xol-xol mozaika 
(krapchatost) va oddiy mozaika kabi kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi [10]. 
KXV poteksviruslar oilasiga mansub bo‗lib, virioni ipsimon ko‗rinishda 
[14,28], o‗lchami 515
×
13 nm
ni tashkil etadi (2-rasm).


1 5
2-rasm. KXV ning elektron mikroskopdagi ko`rinishi. 
 
Virionning 6% RNK, 94% esa oqsildan iboratdir. RNK ning m.m. 2,1
×
10

D, 
oqsilining m.m.
30
×
10

D, sedimentatsiya koeffitsienti esa 118S, E
260
0,1%,
1sm≈2,97 
ni tashkil etadi. Virusning m.m. 35
×
10

D ekanligi bir qator mualliflar tomonidan 
qayd etilgan [25]. Virus xona haroratida quruq bargda 250 kundan 1 yilgacha, 
muzlatilgan bargda esa 4 yilgacha saqlanishi mumkin [17,20]. KXV ning OSD 10
-5 
- 10
-9 
gacha, HTFY darajasi esa virus shtammlariga bog‗liq holda 66
– 76°C gacha 
bo‗ladi [18]. 
Virus tabiiy sharoitda kontakt usulda yuqishini Smit birinchi (1933) bo‗lib 
isbotlab bergan [27], ammo oxirgi yillardagi adabiyotlarda virusning tuproq va 
o‗simlik shirasi (tlya) yordamida tarqalishi haqida ma‘lumotlar bor [5].  
 
Virus mexanik usulda yuqtirilganda Gomphrena globosa o‗simligi bargida 
5-6 kun o‗tgandan so‗ng qizil halqali nekroz [10,16], Datura stramonium L.,
D. tatula L. o‗simliklarida 20-22 kundan so‗ng bargda sistemali mozaika, D. metel 
L. o‗simligida esa yashil mozaika belgilari keltirib chiqaradi [17,21]. 
KXV ning «X-suroviy» (X
s
), «X-kievskiy» (X
k
), «X-polskiy» (X
p
) [21,22], 
«X-xersonskiy» (X
x
), «X-razmetiy» (X
r
) kabi bir qator shtammlari ajratilgan 
bo‗lib, ularning ichida eng yuqumlilari X
s
va X
p
-shtammlari hisoblanadi va 


1 6
bangidevona (Datura stramonium L.) o‗simligida juda tez sistemali kasallik 
alomatlarini keltirib chiqaradi. KXV ning X
k
va X
p
-shtammlari
bangidevona 
o‗simligida aniq mozaika belgilarini namoyon qiladi [16,19]. Gen
injeneriya yo‗li bilan KXV RNK sini skvinirlashga to‗g‗ri keladigan
80 ta nukleotidlarining ketma-ketligi aniqlangan. U quyidagicha: (m
7
GpppG)
AAAACTAAACCATAGAGGAGGAAGAGAAGGAAAGGGAGGACCACGC.. 
CCAATTGTTACACCCGCTTGAGAAAGCAAGTCT….[13]. 
KXV kartoshka hosildorligini Boudenning fikricha 10% [12,26], Ambrosov 
va bir qator mualliflar olib borgan tajribalari asosida bu virus hosildorlikni 29,7-
59% gacha, tuganak tarkibidagi kraxmalni 2,1% pasaytirishi aniqlangan [15]. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin